Olim

NORQULOV UCHQUN MUNAVVAROVICH

Kimyo fanlari nomzodi, professor

Kimyo fanlari nomzodi, professor Norqulov Uchqun Munavvarovich 1963-yil 25-mayda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. 1980-yilda o‘rta maktabni oltin medal bilan tugatib, Samarqand Davlat universitetiga o‘qishga kirgan va uni 1985-yilda kimyogar mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan. Norqulov Uchqun Munavvarovich hozirgi kunda o‘z ilmiy va pedagogik faoliyatini noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasida professor lavozimida davom ettirib kelmoqda. 1993-2002-yillarda fakultetda tarbiyaviy ishlar, keyinchalik fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. 2007-2010-yillarda tabiiy fanlar fakulteti kimyo bo‘limi dekan o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Norqulov U. M. 1994-yilda ToshDU kimyo fakultetidagi D 067.02.22 maxsus ilmiy kengashda “Vodorod va metanni termokatalitik usulda avtomatik aniqlash” mavzusida 02.00.02-analitik kimyo mutaxassisligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini muvаffaqiyatli himoya qilgan. 2019-yil 30-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi kengashining tavsiyasiga ko‘ra dotsent unvoni bilan tasdiqladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi 05№ 006159 2025-yil, 25-avgust,374/1-son bayonnomasiga asosan Norqulov Uchqun Munavvarovichga professor ilmiy unvoni berildi. Uning ilm-fan yo‘lidagi ustozi prof. E.A.Abduraxmonov hisoblanadi. Norqulov U. M. 1988-yilda O‘zbekiston Respublikasi iste’dodli yoshlarni qo‘llab- quvvatlash Ulug‘bek jamg‘armasi “Ixtiro qil, sinab ko‘r, tatbiq et” ko‘rik tanlovining g‘olibi deb topilib, I darajali diplom bilan taqdirlangan. Norqulov U. M. 2013-2014-o‘quv-yilida SamDU ma’muriyati va ustoz-murabbiylar kengashi tomonidan o‘tkazilgan “ENG YAXSHI MURABBIY” ko‘rik tanlovida ishtirok etib, faxrli I o‘rinni egallagan hamda 2017-yilda “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovining SamDU bosqichida “Eng yaxshi pedagog-tadqiqotchi” nominatsiyasi bo‘yicha II o‘ringa, 2021-yilda “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovining SamDU bosqichida “Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi pedagog” nominatsiyasi bo‘yicha I o‘ringa loyiq deb topilgan ва I darajali diplom bilan taqdirlangan. 2009-yilda “Fanlarni o‘qitishda zamonaviy usullardan foydalanish” yo‘nalishi bo‘yicha Germaniya davlatida xorij safarida bo‘lib qaytgan. Norqulov U. M. SamDU huzuridagi PhD.28.02.2018.K.02.05. shifrli ilmiy kengashning “Analitik kimyo” bo‘yicha seminar a’zosi. 2021-yil Hindiston ilmiy jurnalida, 2023-yildan “For editorial board member of Eurasian journal of medical and natural sciences for the subject of chemistry” ilmiy jurnalida tahrir kengash a’zosi sifatida faoliyat olib bormoqda. Norqulov U. M. “Research and Publications” ilmiy nashrlar markazi ilmiy kengashining 2022-yil 26-avgust oyining 5-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan xalqaro konferensiya doirasida “TA’LIM FIDOYISI” nomli esdalik nishoni bilan taqdirlangan. Bugungi kunga qadar 200 dan ortiq ilmiy, 15 dan ortiq uslubiy, 10 dan ortiq o‘quv qo‘llanmalar shuningdek, 4 ta darsliklar muallifidir. 5 ta mualliflik guvohnomasi hamda 1ta dastlabki patent sohibidir. U.M.Norqulovning hammualliflikda kimyo ta’limi yo‘nalishida o‘qitiladigan fanlar doirasida talabalarning kimyoviy bilimini yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladigan “Kimyo fanidan tipik va murakkab masalalarning yechimlari keltirilgan masala va mashqlar to‘plami”, “Organik kimyo fanidan dasturlashtirilgan masala va mashqlar to‘plami”, “Texnik analiz bo‘yicha masala va mashqlar to‘plami”, “Gazlar tahlili” nomli uslubiy qo‘llanmalari, “Miqdoriy tahlil”, “Noorganik kimyo fanidan mustaqil ishlarini tashkil etish bo‘yicha” uslubiy ko‘rsatmalari, “Umumiy va noorganik kimyodan laboratoriya mashg‘ulotlari”, “Kimyo fanini o‘qitishda innovatsion texnologiyalar”, “Malakaviy pedagogik amaliyot” uslubiy qo‘llanmalari, “Umumiy kimyo” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi, “Maxsus fanlarni o‘qitish uslubiyati” nomli o‘quv qo‘llanmasi hamda “Kimyo asoslari” va “Organik kimyo” nomli darsliklari nashrdan chiqarilib, o‘quv jarayoniga tatbiq etib kelinmoqda. U.M.Norqulov noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasida malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratib keladi. Uning rahbarligida bir nafar mustaqil tadqiqotchi Boboyarova Nilufar Saydullayevna 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Virtual ta’lim muhitida yosh kimyogarlar to‘garagi faoliyatini takomillashtirish metodikasi” (umumiy va o‘rta ta’lim maktablar misolida) mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktorligi (PhD) dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda. U 5140500 – “Kimyo” yo‘nalishi talabalaridan 13 nafarining bitiruv malakaviy ishiga, 5A140501 – “Kimyo” (noorganik kimyo) mutaxassisligi magistrantlaridan 10 nafarining dissertatsiyasiga ilmiy rahbarlik va maslahatchilik qilgan. Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi tadqiqot ishlari bilan ham shug‘ullanib kelmoqda. Jumladan, 2007-yil 1-apreldan 2008-yil 31-dekabrgacha “Gaz qurilmalaridan tabiiy gaz chiqib ketishini aniqlovchi va uni bartaraf qiluvchi import mahsulotlarining o‘rnini bosadigan analizatorlar ishlab chiqarishni tashkil qilish” nomli OID-1-5 raqamli ilmiy tadqiqot loyihasiga rahbarlik qilgan, 2017-2020-yillarga mo‘ljallangan fundamental, 2018-2020-yillarga mo‘ljallangan amaliy loyiha BA-FA-F-7-004 raqamli “Ikki geteraatomli biofaol geterosiklik birikmalar sintezi” mavzusidagi davlat fundamental granti, 2023-yil 1-apreldan 31-dekabrgacha mo‘ljallangan “Mahalliy xom-ashyolar asosida metanol va dimetilefirdan quyi molekulyar olefinlar sintezi uchun katalizatorlar ishlab chiqarish” mavzusidagi hamda “Mahalliy xom-ashyolar asosida metan va is gazidan metanol va dimetilefiri sintezi uchun katalizatorlar yaratish” mavzusidagi xo‘jalik shartnomalarida, (xo‘jalik shartnomaning bajarilishi davrida quyidagi ishlar: mahalliy xom ashyolar asosida metanol va dimetilefirdan olingan etilen, propilen va butilenlar sintezi reaksiyasi uchun yangi tarkibdagi katalizatorlar yaratildi, termik barqarorligi, unumdorligi, yuqori faolligi va selektivligi bilan xarakterlanadigan katalizatorlarning maqbul tarkibini tanlash ishlari olib borildi). 2024-yil 1-iyuldan FZ– 20200929385 raqamli “Biologik obyektlarning nanoo‘lchamli molekulyar klasterlarini o‘rganish va tatbiq qilishning spektroskopik hamda noempirik tahlil usullarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihada jamoatchilik asosida MIJ a’zosi sifatida faoliyat olib bormoqda. U.M.Norqulov universitetda ish faoliyatidan ajralmagan holda viloyat, shahar va universitet miqyosida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda bevosita faol ishtirok etish bilan birga, ta’lim-tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy sohaga oid vaqtli matbuotda chop etilgan qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari mazmuni bilan talabalarni tanishtirib boradi. U.M.Norqulov tomonidan: tashkiliy-tarbiyaviy ishlar, ma’naviy-tarbiyaviy ishlar, mehnat va kasbiy-tarbiyaviy ishlar, huquqiy-tarbiyaviy ishlar, jismoniy-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha bir qancha maqolalar chop ettirgan. Jumladan: “Kimyo darslarida ekologik tarbiya” mavzusidagi maqolasi (Xalq ta’limi jurnali. 2003. 1-son), “Kimyo darslarida ta’lim oluvchilarga ekologik bilimlar berishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish”, “Uzluksiz ta’limda yangi pedagogik informatsion texnologiyalar” mavzusidagi maqolalari (Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. Samarqand. 2003. II qism.), “Yoshlar tarbiyasida kimyo fanining roli” mavzusidagi maqolasi (“Zamon, islohot va ma’naviy ma’rifiy tarbiya”, respublika ilmiy-amaliy konferensiya. Samarqand. 2003.), “Ma’naviy madaniyat va kimyo fani” mavzusidagi maqolasi (Ziyokor ilmiy, uslubiy, ijtimoiy va badiiy oynoma 2004. 4-son.). U.M.Norqulov Biokimyo institutida mavjud akademik guruhlarning ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar rejasini ishlab chiqish va bajarilishini tashkil etishda jonbozlik ko‘rsatgan faol pedagog sifatida e’tirof etish mumkin. O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand shahar bo‘limi bilan birgalikda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning ham faol ishtirokchisidir. Yoshlar o‘rtasida mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni targ‘ib qilish borasida davra suhbatlari, uchrashuvlarda o‘z ma’ruzalari bilan qatnashgan. Ma’naviyat soatlarida respublikada, viloyatda va universitetda o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv-uslubiy tadbirlar yuzasidan tushuntirish ishlari olib boradi. Kafedra a’zosi sifatida talabalar turar joylarida yashayotgan talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va to‘g‘ri tashkillashtirish maqsadida muntazam ravishda sport musobaqalari, davra suhbatlari o‘tkazilishiga mas’ul bo‘lib kelmoqda. Doimiy ravishda yotoqxonada va ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlari bilan tanishib, ularning ota-onalari bilan suhbatlar o‘tkazib kelmoqda. U.M.Norqulov o‘zining ko‘p yillik mehnat faoliyati davomida Samarqand shahri va viloyati jamoat tashkilotlarida turli tadbirlar, kechalar, davra suhbatlari va seminarlar tashkil etish va o‘tkazishda faol qatnashib keladi. Samarali ilmiy-pedaogogik faoliyatni amalga oshirish bilan birga jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikka ham alohida e’tibor qaratadi. Turli tashkilotlar bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tayyorlash va o‘tkazishda faol ishtirok etadi. Shuning uchun turli jamoat tashkilotlari uning bu ishlarini tasdiqlagan holda faoliyatiga ijobiy baho berib, tavsiyanomalar taqdim etishgan. Maktab o‘quvchilari va talabalarning kimyo fani bo‘yicha o‘tkazilgan olimpiadalarida shahar va Respublika bosqichlarida hay’at raisi, a’zosi sifatida faol ishtirok etadi. Jumladan, Samarqand viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Z.N.Karimov, Qisqa muddatli trenerlar tayyorlash kursi direktori T.Shoymardonov, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi rahbari, professor M.Quronov, Qarshi davlat universiteti rektori L.H.Yoziyev, Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori O.O.Mamatkarimov, Toshkent farmatsevtika instituti rektori professor A.N.Yunusxo‘jayevlarning ijobiy sertifikat, tavsiyanoma, diplom va faxriy yorliqlari mavjud. U.M.Norqulov ma’naviy yetuk, madaniyatli, vatanparvar, kamtarin, yuksak odob-axloqli inson. U o‘z bilim va malakasini doimo oshirib boradi. Talabalar va