Olim

BERDIYEV ERKIN TURDALIYEVICH

Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, profеssor

   Berdiyev Erkin Turdaliyevich  1959-yilning 24-noyabrida Toshkent viloyatining Piskent shahrida tug‘ilgan. 1982-yilda Toshkent qishloq xo‘jaligi institutining O‘rmon xo‘jaligi fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini “Uzgiprozem” yer tuzish loyiha institutida injener-agroo‘rmonmeliorator vazifasida boshlagan. 1983-1986 yillarda  O‘rta Osiyo o‘rmon xo‘jaligi ilmiy tadqiqot institutining aspiranturasida o‘qigan. 1992-1997 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasida (OAK) qishloq xo‘jaligi va veterinariya fanlari bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimida ishlagan. 1993 yilda “Агротехника выращивания посадочного материала шиповника Федченко и барбариса продолговатого в лесных питомниках” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan va unga qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi ilmiy darajasi berilgan. 2006-yilda Toshkent davlat agrar universitetining “O‘rmonchilik va ekologiya” kafedrasiga dotsent lavozimiga ishga qabul qilingan.  2015-2020 yillarda ToshDAU “Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish” kafedrasining mudiri bo‘lgan.2018 yilda “Na’matak (Rosa) va chakandani (Hippophae) ko‘paytirish texnologiyasi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan va unga qishloq xo‘jaligi fanlari doktori ilmiy darajasi berilgan. 2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Oliy ta’lim muassasining eng yaxshi pedagogi”  tanlovida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasi oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha tanlov g‘olibi bo‘lgan va faxriy diplom bilan taqdirlangan. 2016-yilda  Turon Fanlari akademiyasi  tomonidan akademik ilmiy unvoni berilgan. 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan professor ilmiy unvoni berilgan.



   lmiy-pedagogik faoliyati davomida 250 ga yaqin ilmiy ishlari chop etilgan, ularning 7 tasi darsliklar, 20 tasi o‘quv qo‘llanmalar, 10 tasi monografiyalar, 15 tasi uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar, 15 tasi tavsiyanomalar va 180 ga yaqini ilmiy maqolalar (shu jumladan 20 taga yaqini xorijiy jurnallarda) hisoblanadi. Pedagogik jarayonda uning “Dendrologiya”(2012), “Dendrologiya”(2016), “Landshaftli qurilish”(2016), Landshaftli qurilish (2020), “Landshaft san'ati va qurilishi”(2021), “Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish” (2022), “Manzarali dendrologiya” (2022) kabi darsliklari, “O‘rmonchilik”(2013),“O‘rmon dorivor o‘simliklari”(2016), “O‘rmon dorivor o‘simliklari” (2016, 2021), “O‘rmon tuzish”(2016), “O‘rmondan qo‘shimcha foydalanish”(2017, 2021), “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi (2017), “Tabiiy dorivor o‘simliklar”(2018), “Tabiiy dorivor o‘simliklar” (2021), “Manzarali daraxt-buta o‘simliklar” (2018), “Вертикальное озеленение”(2017), Vertikal ko‘kalamzorlashtirish (2019), Vertikal ko‘kalamzorlashtirish (2021), Vertical Gardening (2020) “Rezavor mevachilik” (2020), “Manzarali daraxtlarni ko‘paytirish” (2019), “Manzarali daraxtlarni ko‘paytirish” (2020, 2021), “Sanoatda dorivor o‘simlik xomashyosini qayta ishlash” (2021), “Ko‘kalamzorlashtirish va landshaft dizayniga oid ruscha-inglizcha-o‘zbekcha izohli lug‘at” (2020),“Ko‘kalamzorlashtirish va landshaft dizayniga oid nemischa-ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘at” (2021), “Manzarali ko‘chatzor” (2022) kabi o‘quv qo‘llanmalari, “Jiyda va chakanda” (2013), “O‘zbekistonda chakanda o‘stirish” (2015), “Chakanda: ko‘paytirish va parvarishlash” (2016), “Chilonjiyda istiqbolli dorivor o‘simlik” (2017), “Non jiyda” (2016), “Na’matak ¬ tabiiy vitaminlar xazinasi” (2018), “Kalina ham manzara, ham malham” (2018), “Landshaft dizayni uchun mavsumiy  gullovchi butalar” (2018), “Ginkgo daraxti – dinozavrlar zamondoshi” (2022) kabi monografiyalari, “Magistrlik dissertatsiya ishini tayyorlash, rasmiylashtirish va himoya qilish” (2018), “Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish va arxitekturaviy konstruksiyalash, obodonlashtirish tizimini loyihalash, ularni tashkil etish va saqlash”(2019), “Manzarali daraxt-buta o‘simliklar” (2021) kabi uslubiy qo‘llanmalaridan foydalanilmoqda. “Интенсивные технологии размножения посадочного материала в Узбекистане” (2019) jamoaviy monografiya nemis, ingliz, polyak, italyan, niderland, fransuz tillarga tarjima qilingan. Muntazam ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanadi, o‘tgan davrlarda universitetning bir necha ilmiy loyihalarga rahbarlik qilgan. 2010-2011 yillarda PROON “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qizilqum sahrosida tanazzulga yuz tutgan yerlardagi ekotizimlarni barqarorlashiga erishish” xalqaro loyihada o‘rmonchilik bo‘yicha ekspert vazifasida ishlagan. Loyiha doirasida Orol dengizining qurigan tubini va Qizilqum sahrosini qurg‘oqchilikka chidamli saksovul, juzg‘un, cherkez, teresken  kabi buta o‘simliklar bilan o‘rmonlashtirish va o‘rmonzorlar barpo etish orqali Orolbo‘yi mintaqasida ekologik muvozanatni barqarorlashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishda qatnashgan.



   2015-yil 15-17 iyulda Mo‘g‘ulistonda cho‘llashuvga qarshi kurashish bo‘yicha o‘tkazilgan regional seminarda ishtirok etgan. Ushbu regional seminar Xitoy Xalq Respublikasining “O‘rmonlarni barqaror boshqarish va qayta tiklash Osiyo-Tinch okeani tizim tashkilotlari” (Asian-Pacific Forest Network - AHFNet) xalqaro tashkiloti hamkorligida Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida o‘tkazilgan. Seminarda  “Опустынивание в Узбекистане и лесомелиоративные методы борьбы с ними” vа “Разведение облепихи крушиновидной в Узбекистане” mavzularida taqdimotli ma’ruzalar bilan qatnashgan. 2016-yilda “O‘zbekiston Respublikasi o‘rmon fondi yerlarida hamkorlikda o‘rmon xo‘jaligi faoliyatini yuritish modellarini ishlab chiqishda chakanda plantatsiyalarini barpo etish“ (Participatory Forest Management in Uzbekistan) xalqaro O‘zbekiston-Germaniya loyihasida ilmiy maslahatchi sifatida faoliyat yuritgan. 2015-2016 yillarda Manzarali bog‘dorchilik va Respublika o‘rmon xo‘jaligi ilmiy ishlab chiqarish Markazi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan QXI-5-029-2015 “Chakandanining istiqbolli shakllari ko‘chatlarini yetishtirish va ona plantatsiyasini barpo etish” innovatsion loyihaga rahbarlik qilgan. 2017-2018 yillarda Toshkent davlat agrar universiteti “Manzarali bog‘dorchilik” kafedrasida ishlangan I–QX–2017–5–42 raqamli “Landshaft dizayni uchun mavsumiy gullovchi butalar asosida ona kolleksiya yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihaga va VA–QXA–9–007 raqamli “Oddiy kalinaning (Viburnum opulus L.) manzaraviylik xususiyatlari hamda ko‘paytirish texnologiyasi” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihalarga rahbarlik qilgan. 2020-yildan boshlab FAO GEF «Ustoychivoye upravleniye lesami v gornix i dolinnix rayonax Uzbekistana» (O‘zbekiston-Germaniya) xalqaro loyihasi Kordinatsion boshqaruvi Kengash a’zosi hamda milliy ekspert sifatida faoliyat yuritmoqda.



   2022-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Genomika va Bioinformatika markazida A-FA-2021 145 –“Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Amaliy Ekologiya va BT bo‘limi qoshidagi IL-492104180 – “Agroo‘rmon xo‘jaligini boshqarish  vositalaridan foydalanilgan holda Amudaryo deltasida qurg‘oqchil ekotizimlar landshaftlarini tiklash va saqlash  agrotexnologiyalarini ishlab chiqish” mavzusidagi O‘zbekiston-Yaponiya amaliy grantida – yetakchi ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritmoqda. O‘zR FA Genomika va Bioinformatika Ilmiy Markazida “Dorivor o‘simliklarni in-vitro ko‘chatchiligini tashkil qilish va ko‘paytirish texnologiyasini yaratish” mavzusidagi ilmiy-amaliy  loyihada katta ilmiy xodim lavozimida faoliyat yuritmoqda. Qishloq xo‘jaligi fanlari bo’yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.05/29.04.2022.Qx. 13.04 raqamli ilmiy kengash raisi sifatida faoliyat yuritmoqda. Ilmiy kengashga quyidagi ixtisosliklar bo’yicha dissertatsiyalar himoyasini o’tkazishga ruxsat berilgan: 06.01.06 – Sabzavotchilik; 06.01.07 – Mevachilik va uzumchilik; 06.01.11 – Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash (qishloq; xo’jaligi fanlari); 06.03.01 – O’rmon ekinlari. Seleksiya, urug’chilik va shaharlarni ko’kalamzorlashtirish. O’rmonlar agromelioratsiyasi va himoya o’rmonlarini barpo etish (qishloq xo’jaligi fanlari). 2022 yildan O‘zR Innovatsion rivojlantirish vazirligi huzuridagi “O‘rmon ho‘jaligi, tuproqshunoslik va o‘simliklarni himoya qilish fanlari” bo‘yicha  Ilmiy-Texnik Kengashi raisi sifatida faoliyat yuritgan.



   Barqaror o‘rmonchilik (International Conference on Sustainable Foresty–2021) mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyani tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida ToshdAU rektorining 2021 yil 24 noyabrdagi №1-9-6/539 buyrug‘i asosida tashkiliy qo‘mita a’zosi va moderator sifatida faoliyat yuritgan. Doimiy ravishda xalqaro ilmiy konferensiyalarga ma’ruzalar bilan qatnashib kelmoqda. “Mevali daraxt turlari va ularning yovvoyi ajdodlari bioxilmaxilligini saqlab qolish va ulardan oqilona foydalanish”: (Tashkent, 2011), “Mevali, manzarali va sabzavot ekin turlari genofondi va seleksiyasi” mavzusidagi  I - Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada (Novosibirsk, 2013), “Mintaqaviy mevachilik va sabzavotchilik: muammolari, holati va istiqbollari” mavzusidagi regional ilmiy-amaliy konferensiyasida (Omsk, 2014), “Qishloq xo‘jalik ekinlarining genetik resurslari: holati va ulardan foydalanish istiqbollari” (Tashkent, 2014), “O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarining ustunligi” (Tashkent 2016) va “Agrar fani ¬ qishloq xo‘jaligi uchun” (Barnaul, 2017), “O‘rmon resurslari va o‘rmon xo‘jaligi sohasini kadrlar bilan ta’minlashning dolzarb muammolari” (Almati, 2018), “Barqaror o‘rmonchilik” (Toshkent 2021) mavzularidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda qatnashgan. 2021 yilda “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Bugungi kunda u Toshkent davlat agrar universitetining “O‘rmonchilik va landshaft dizayni” kafedrasining professori  lavozimida faoliyat yuritmoqda.