Qo‘chqarova Feruza Maxammatqosimovna 1979-yil 6-noyabrda Andijon viloyatida tavallud topgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. F.M. Qo‘chqarovaning umumiy ish staji – 30 yil. Pedagogik ish staji – 30 yil. 1997-yildan pedagogik faoliyatini boshlagan bo‘lib, 1997-2005-yillarda Andijon viloyati umumta’lim maktablarida faoliyat olib borgan. 2000-2004-yillarda Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universitetining bakalavriat talabasi; 2004-2006-yillarda Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universitetining magistranti; 2005-2008-yillarda Andijon davlat universiteti pedagogika kafedrasi assistenti; 2008-2010-yillarda T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti aspiranti; 2011-2018-yillarda Andijon davlat universiteti pedagogika kafedrasi katta o‘qituvchisi; 2018-2020-yillarda Andijon viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazining Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi mudiri; 2021-2023-yillarda Andijon davlat universiteti Umumiy pedagogika kafedrasi dotsenti; 2023-2024-yillarda Andijon davlat universiteti Umumiy pedagogika kafedrasi professori; 2024-2026-yillarda Qo‘qon universiteti “Ta’lim” va “Pedagogika va psixologiya” kafedralari professori; 2026-yildan hozirgi vaqtgacha “University of Economics and Pedagogy” universiteti professori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. 2018-yil 7-avgustda Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.Ped.26.01 raqamli Ilmiy kengashda “Yangi avlod darsliklarida taqdim etiladigan o‘quv materiallarini konsentrizm prinsipi asosida strukturalashtirishning didaktik parametrlari” mavzusida 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasini himoya qilgan. 2021-yil 30 noyabrda 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligidan dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan.(OAKning 309/1 – sonli bayonnomasi) 2024-yil 8-mayda 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha Professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan. (OAKning 354/1 – sonli bayonnomasi). 2025-yil 24-iyulda Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2021.P.26.02 raqamli Ilmiy kengashda “Bo‘lajak o‘qituvchilarning sanogen tafakkurini rivojlantirishning psixologik xususiyatlari” mavzusida 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi ixtisosligidan psixologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasini himoya qilgan. 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan FZ-2016-0909111822 raqamli “Darsliklar va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda, ommaviy madaniyatga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” mavzusidagi fundamental grant loyihasida, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining 2021-2022-yillar davomida Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg'armasi tomonidan ajratilgan mablag'lar hisobidan amalga oshirilgan qisqa muddatli JHBL-83-sonli "Mahallalarda etnosportni rivojlantirishning nazariy metodologik asoslari" mavzusidagi ilmiy loyihalarda ishtirok etgan. Feruza Qo‘chqarova o‘z ustida mustaqil izlanib, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, hamda IT Park qoshidagi IT-akademiya hamkorligida amalga oshirilgan “One million uzbek coders” (“Bir million o‘zbek dasturchilari”) vebinarlarida faol ishtirok etgan. Masofaviy kursni muvaffaqiyatli tamomlab tegishli sertifikatga ega bo‘lgan. Besh million Sun’iy intellekt yetakchilari kursini tugatib sertifikatga ega bo‘lgan. Linguaskill from Cambridge xorijiy tillarni bilishlik darajasini aniqlash testini topshirib sertifikatga ega bo‘lgan. Shuningdek, Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari uchun tashkil etilgan "English (Beginner)" masofaviy kursini, “Raqamli texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot” masofaviy kursini, “Yoshlarning odam savdosi va majburiy mehnat bilan bog‘liq jinoyatlarini oldini olish” masofaviy kursini, “Kredit-modul tizimi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish” masofaviy kursini to‘liq o‘zlashtirib mazkur kurslardan sertifikatlarga ega bo‘lgan. Feruza Maxammatqosimovna Coursera platformasida jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlarining bir necha o’quv kurslarida tahsil olgan. Jumladan, “Writing and Editing: Word Choice and Word Order”, “Основы поиска дела жизни. Как перестать откладывать дела на потом” “Learn to Speak korean”, “Практика разрешения конфликтов. Я – семья – работа – общество”, “Introduction to Generative AI” kabi o’quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlab sertifikatlarga ega bo’lgan. F.Qo‘chqarova A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish markaziy institutida 720 soatga mo‘ljallangan Ingliz tili o‘qituvchilari qayta tayyorlash kursida ta’lim olib, “The main parts of sentences in English” mavzusida bitiruv ishini himoya qilib ingliz tili fanidan dars berish huquqini olgan. Qo‘chqarova Feruza Maxammatqosimovnaning hozirgi kunga qadar 200 dan ziyod ilmiy ishlari e’lon qilingan. Jumladan, 5 ta monografiya, 7 ta darslik, 6 ta o‘quv qo‘llanma, shuningdek “Suicide Prevention Among Adolescents: Integrating Psychological Assistance with Legal and Social Frameworks” mavzusidagi hammualliflikdagi tadqiqoti nufuzli xalqaro Scopus ilmiy bazasida indekslangan Q1 darajadagi Qubahan Academic Journalda; Impakt-faktorga ega Xorijiy ilmiy jurnallarda hamda OAK tasarrufidagi jurnallarda ilmiy maqolalari nashr etilgan. Xalqaro va Respublika miqyosida o‘tkazilgan konferensiyalarda maqola va tezislari bilan ishtirok etgan. Shuningdek, Elektron ishlanmalar yaratib Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligidan bir necha guvohnomalarga ega bo‘lgan. Qo‘chqarova Feruza Maxammatqosimovna 2025-yilning yanvar oyida Turkiya davlatining Istanbul shahrida joylashgan Yıldız Technical Universitetida “Improving teaching practices in higher education institutions and pedagogical strategies for organizing the educational process” doirasida 144 soatlik malaka oshirish kursini o‘tagan. Shuningdek, Yıldız Technical Universitetida 1. Management psychology 2. General pedagogy modullaridan 18 soatlik ma’ruza mashg‘ulotlarini olib borgan. F.M. Qo‘chqarova 2026-yildan buyon “University of Economics and Pedagogy” universitetida olib borilayotgan istiqbolli rejada belgilangan ilmiy-tashkiliy ishlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Feruza Maxammatqosimovna pedagogik faoliyati o‘rganilganda ma’lum bo‘ldiki, u har bir ma’ruza va amaliy mashg‘ulotni yuqori ilmiy va metodik saviyada olib boradi. Mashg‘ulotlarda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar, multimediali ta’lim resurslari, talabalarning ilmiy-nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida zamonaviy o‘qitish usullari, elektron resurslardan keng foydalanadi. Talabalarni pedagogik va psixologik fanlarga oid ma’lumotlarni puxta egallashlarini ta’minlash maqsadida taqdimot, audio-videomateriallar, pedagogik texnologiyalar asosida tayyorlangan tarqatma materiallardan unumli foydalanadi. Jumladan, dars jarayonida “Insert”, “Blits so‘rov”, “Assesment”, “T-chizma”, “Keys-stadi”, “Davra suhbati”, “Bumerang”, “Matbuot konferensiyasi”, “FSMU”, “Chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar”, “FSMU”, “SWOT” tahlil, “Rolli o‘yin” kabi interfaol metodlarni qo‘llab keladi. F.Qo‘chqarova universitet ravnaqi yo‘lida yosh hamkasblariga innovatsion texnologiyalardan ta’lim jarayonida samarali foydalanish yo‘llarini o‘rgatish, hamda ularni innovatsion bilimlarini oshirish va rivojlantirish uchun keng targ‘ib qilib kelmoqda. Shuningdek, fakultet professor - o‘qituvchilari o‘rtasida o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar, ilmiy maqolalar, tezislar, zamonaviy o‘quv adabiyotlarini zamon talablari asosida yaratish uchun o‘z bilim va malakalarini yosh pedagoglarga o‘rgatib kelmoqda. F. Qo‘chqarova pedagogik faoliyat bilan birga doimo ilmiy izlanishda. U xalqaro va Respublika miqyosidagi konferensiyalarda o‘z ma’ruzalari bilan faol qatnashib kelmoqda. Natijada bir necha sertifikatlarni qo‘lga kiritgan. O‘z ilmiy-pedagogik faoliyatida davlatimiz ichki va tashqi siyosatini to‘la qo‘llab-quvvatlaydigan sog‘lom fikrli Pedagog - psixolog. Feruza Maxammatqosimovna madaniyatli, maqsad sari intiluvchan, tashabbuskor shaxsdir. O‘ziga va o‘zgalarga nisbatan talabchan, talaba shaxsiga hurmat bilan qaraydigan pedagog sifatida universitet, fakultet miqyosida tashkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etmoqda. Shuningdek, o‘quv jarayonini samarali tashkil etishda mas’uliyat bilan yondashib, talabalarning o‘quv va malakaviy amaliyotlarini tashkil etishda, yosh bitiruvchi mutaxassislarni ishga joylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatmoqda. Feruza Qo‘chqarovani keng dunyoqarashga ega, kamtar, halol, o‘z kasbiga sadoqatli, ma’nan yetuk, o‘tkir zehnli, ijodkorlik va yaratuvchanlik qobiliyatiga ega inson ekanligini alohida ta’kidlash joiz. Jamoada do‘stona munosabat va sog‘lom ma’naviy muhit yaratishga e’tiborli, o‘z fikriga ega, har bir ishga, har bir insonga individual yondashadi. Qo‘chqarova Feruza Maxammatqosimovna fakultet, universitet va viloyat ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarida faol qatnashadi. Talabalar turar joylarida “Qomusimiz - baxtimiz”, “Giyohvandlik – asr vabosi”, “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” kabi mavzularda davra suhbatlari o‘tkazib keladi. F.M. Qo‘chqarova hozirgi kunda 9 nafar tadqiqotchilariga (PhD) ilmiy rahbar, 15 dan ziyod magistrlarga ilmiy rahbar, 30 dan ortiq bakalavr diplom ishlariga rahbarlik qilib kelmoqda. Feruza Maxammatqosimovna rahbarligidagi shogirtlaridan 3 nafari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini, 1 nafar shogirti dotsent ilmiy unvonini, 1 nafar shogirti Navoiy Nomli Davlat stipendianti va 20 yaqin shogirtlari turli hil nufuzli Xalqaro va Respublika tanlovlarida sovrindorliklarini qo‘lga kiritishgan. Feruza Maxammatqosimovnaning kelgusidagi faoliyatlariga muvaffaqiyatli bardavomlik tilaymiz.