Sabirov Ulug‘bek Yusupxonovich 1974-yilda tug‘ilgan. Tibbiyot fanlari doktori, professor. Mutaxassislik bo‘yicha 30 yildan ortiq, rahbarlik lavozimida esa 2013-yil 8-iyuldan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. U 2013-yildan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat muassasasi direktori lavozimida ishlab kelmoqda. Ilmiy va tashkiliy faoliyati U.Y. Sabirov rahbarligida Markazning ilmiy faoliyati izchil rivojlanib bormoqda. Jumladan, 2024–2025-yillarda ilmiy tadqiqotlar umumiy summasi 582 978,0 ming so‘mni tashkil etgan 2 ta amaliy va 1 ta innovatsion grant doirasida amalga oshirildi. U.Y. Sabirov respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjuman hamda seminarlarni yuqori saviyada tashkil etib kelmoqda. Uning bevosita tashabbusi va rahbarligida quyidagi yirik xalqaro konferensiyalar o‘tkazilgan: • “Dermatovenerologik va estetik tibbiyotda zamonaviy fanlararo yondashuvlar” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi (Toshkent, 2024-y.); • “Chegara bilmas kosmetologiya” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi (Toshkent, 2024-y.); • “Dermatologiya va kosmetologiyada zamonaviy yondashuvlar” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi (Samarqand, 2025-y.); • “Zamonaviy dermatovenerologiya va kosmetologiya” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi (Jizzax, 2025-y.). Buning yonida, uning rahbarligida respublikaning barcha viloyatlarida dermatovenerologiya va tibbiy kosmetologiya yo‘nalishlari bo‘yicha har oylik mahorat darslari (master-klasslar) o‘tkazib kelinmoqda. Uning bevosita rahbarligida dermatovenerologiya xizmati faoliyatini tartibga soluvchi milliy klinik protokollar va standartlar ishlab chiqilib, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan. Ilmiy-nashriyot ishlari va kadrlar tayyorlash U.Y. Sabirov ilmiy kadrlar tayyorlash va soha ilmini rivojlantirishga katta hissa qo‘shib kelmoqda: • 2024-yilda Markaz xodimlari tomonidan 106 ta ilmiy ish (shundan 2 ta monografiya, 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 5 ta metodik tavsiyanoma) chop etilgan bo‘lsa, 2025-yilning birinchi yarim yilligida 55 ta maqola va tezislar nashr etildi. • Shaxsan U.Y. Sabirov tomonidan 2024-yilda mahalliy va xorijiy nashrlarda 34 ta ilmiy maqola va tezis chop etilgan. U hozirgi kunda 10 nafar izlanuvchiga ilmiy rahbarlik qilmoqda. • Markazda yosh kadrlarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratilgan: 2024-yilda 16 nafar klinik ordinator diplomdan keyingi tayyorgarlikni o‘tagan. Hozirgi kunda Markazda 24 nafar klinik ordinator, 1 nafar doktorant, 10 nafar tayanch doktorant va 17 nafar mustaqil izlanuvchi tahsil olmoqda. U.Y. Sabirov O‘zbekiston Respublikasi OAK tomonidan doktorlik dissertatsiyalari ҳimoyasi uchun tavsiya etilgan yetakchi ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan “Dermatovenerologiya va estetik tibbiyot” ilmiy-amaliy jurnalining bosh muharriri hamda Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi 14.00.11 – “Dermatologiya va venerologiya” ixtisosligi bo‘yicha DSc.04128.02.2023.Tib.158.01 raqamli Ixtisoslashtirilgan kengash raisi hisoblanadi. Xalqaro hamkorlik va muassasa infratuzilmasini rivojlantirish U.Y. Sabirov boshchiligida xalqaro ilmiy hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “Dermatovenerologiya va kosmetologiya davlat ilmiy markazi” FGBU hamda M. F. Vladimirskiy nomidagi “Moskva viloyat ilmiy-tadqiqot klinik instituti” FGBUZ bilan sohada ilmiy-amaliy hamkorlik bo‘yicha memorandumlar imzolangan. Markaz rahbari sifatida u davolash-diagnostika ko‘rsatkichlarini oshirish va muassasaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida tizimli ishlarni amalga oshirmoqda: • Davolash ko‘rsatkichlari: 2013-yilda davolangan bemorlar soni 4 331 nafarni (rejaning 127,7% i), 2014-yilning 6 oyida esa 2 062 nafarni (rejaning 121,4% i) tashkil etdi. • Moddiy-texnik baza va ta’mirlash: 2013–2014-yillarda 304,07 mln so‘mlik tibbiy apparaturalar (jumladan, “HumaCount 60TS” avtomatik gematologik analizatori, “BS-200” avtomatik biobiokimyo analizatori, “UA-66” yarim avtomatik uroanalizator va kislorodli kokteyllar apparati), orgtexnika va mebellar xarid qilindi. • Markaz binolarini joriy va mukammal ta’mirlash ishlari doimiy ravishda olib borilmoqda. Homiylik mablag‘lari hisobidan markazlashtirilgan sterilizatsiya bo‘limi (120 mln so‘m) hamda sochni ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha yangi xo‘jalik hisobidagi bo‘lim (80 mln so‘m) ta’mirlanib, foydalanishga topshirilgan. • Markaz hududida har yili obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilib, yuzlab manzarali, mevali daraxtlar va gul ko‘chatlari ekilmoqda.