Surayyo Sharipova 1974-yil 10 fevralda Samarqand viloyatining Narpay tumanida tug‘ilgan, millati – o‘zbek. 1980-1991-yillarda Samarqand viloyati, Narpay tumanidagi 17-o‘rta maktabini imtiyozli tamomlagan. Umumiy ish staji 35 yil. Shundan oliy oʻquv yurtidagi staji 29 yil. S. Sharipova mehnat faoliyatini 1991-yildan Samarqand viloyati Narpay tumani 48-sonli texnika litseyida mashinist-sekretar lavozimida ish yuritishdan boshlagan. 1992-1997-yillari - O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining roman-german filologiyasi fakultetini tugatgan. Filolog, romanist, ispan va ingliz tillari o‘qituvchisi. 1997-1998-yillarda - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti lotin tili kafedrasi o‘qituvchisi, 1998-2001-yillarda - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti aspiranti (pedagogika ixtisosligi bo‘yicha) hamda ikkinchi chet tili kafedrasi o‘rindosh o‘qituvchisi, 2001-2019-yillarda - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2020-2021-yillarda – O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi v.b. dotsenti 2021-yildan - hozirgi vaqtgacha - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat koʻrsatib kelmoqda. 2006-yildan Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahri Yakkasaroy tuman Kengashi a’zosi. 2019-yilda Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.28.03.2018.Ped.02.05 raqamli ilmiy kengashida, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ishini, “Bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarida umummadaniy dunyoqarashni shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusi bo‘yicha muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2021-yil dekabr oyida dotsent ilmiy unvonini olgan.
Sharipova Surayyo Burxanovna tomonidan 150 dan ortiq ilmiy ishlar yozilgan jumladan 3 ta darslik, 4 ta oʻquv qoʻllanma, 3 ta uslubiy qoʻllanma, 40 ta maqola (xorijiy jurnallarda), 35 ta ilmiy maqolalar, respublika konferensiyalarida 26 ta, xalqaro konferensiyalarda 30 ta ilmiy ishlari nashr ettirilgan, “Umumiy pedagogika” va “Ijtimoiy pedagogika” fanlari darsliklariga, “Me’yоrdаn оg‘ish vа deviаnt xulq-ijtimоiy pedаgоgik muаmmо sifаtidа. Deviаnt xulqning nаmоyоn bо‘lish shаkllаri. Inklyuziv tа’lim pedаgоgikаsi” o‘quv qo‘llanmasiga 4 ta mualliflik guvohnomalari olishga erishgan. Xalqaro eʼtirof etilgan SCOPUS hamda Web of Science xalqaro maʼlumotlar bazalarida mavjud ilmiy jurnallarda maqolalar chop etgan “Xirsh indeksi”ga ega. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazi davlat muassasasi tomonidan "INNOVATIVE MECHANISMS FOR THE FORMATION OF A PERSON'S WORLDVIEW IN FAMILY RELATIONS" nomli xalqaro maqolaga, hamda “Ijtimoiy pedagogika” darsligiga, “Me’yоrdаn оg‘ish vа deviаnt xulq-ijtimоiy pedаgоgik muаmmо sifаtidа. Deviаnt xulqning nаmоyоn bо‘lish shаkllаri. Inklyuziv tа`lim pedаgоgikаsi” o‘quv qo‘llanmasiga mualliflik huquqini olgan.
S.B.Sharipova iqtidorli talabalarni ilmiy- tadqiqot ishiga jalb etish va ularning ilmiy- nazariy bilim salohiyatini yanada oshirish maqsadida iqtidorli talabalarning ilmiy- tadqiqot ishlariga rahbarlik qilib kelmoqda. Rahbarligida 3 nafar Navoiy nomidagi davlat stipendianti va 2 nafar Islom Karimov nomidagi davlat stipendiati va sport bo‘yicha sovrindorlar boʻlgan. O‘zbekistonda pedagogika fanlari taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, ilmiy-tadqiqotlar asosida olingan natijalar, olg‘a surilgan g‘oyalarni ta’lim-tarbiya amaliyotiga tatbiq etilishi dunyo miqyosida mazmunan mukammalligini ta’minlashda hamda pedagogika sohasidagi faolligi va mehnatsevarligi, liderlik qobiliyati, koʻp yillik samarali va halol mehnati hamda oʻz xizmat vazifasiga boʻlgan sadoqati, yosh avlodni tarbiyalashda qoʻshayotgan munosib hissasi, hamda jamoat ishlaridagi faolligi uchun Sharipova Surayyo Burxanovna bir qator tashakkurnoma va faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. Sharipova Surayyo Burxanovna oʻz faoliyati davomida bir qator loyihalarda koordinator hamda ishchi guruh aʼzosi sifatida ham faol ishtirok etib kelmoqda, jumladan “JHBL75 - sonli “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashovchi keksalarning ijtimoiy reabelitasiyasi” mavzusidagi ilmiy loyihada, “O‘zbekistonning geografik obyektlari uchun ko‘p tildagi elektron lug’at yaratish” AL-412104145 raqamli loyihada ham ishtirokchi sifatida va 2020-2021-yillarga mо‘ljallangan JHBL-33-sonli "Mahalla va oila tizimida oilaviy ajrimlarning oldini olishning innovatsion andragogik texnologiyalari" ilmiy loyiha a’zosi sifatida ko‘rishimiz mumkin. Mahalla va oila ilmiy tadqiqot instituti huzuridagi PhD.21/30.10/2020/Ped/S.127/01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi 13.00.09 - Ijtimoiy pedagogika, 22.00.02 - Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi, 09.00.04 - Ijtimoiy falsafa, 19.00.05 - Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya, 13.00.06 - Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy seminar a’zosi (kotib). 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bо‘yicha tayanch doktoranturaga qabul komissiyasi a’zosi. 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi, ixtisoslik bо‘yicha dissertatsiya mavzularini tasdiqlash bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash a’zosi. Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.29/2025.27.12.Ped.01.01 raqamli seminar kengash aʼzosi hisoblanadi. Pedagogika va metodika fanlari boʻyicha falsafa doktori talabgorlariga rasmiy opponent va Ilmiy seminarlarda taqrizchi sifatida ishtirok etgan. S.B.Sharipova oʻz faoliyati jarayonida yangi innovatsion - pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalarni taʼlim jarayoniga qoʻllash bilan bir qatorda, doimiy ravishda Respublikamiz hamda xorijiy oliy taʼlim muassasalarida oʻz malakasini oshirib kelmoqda:
Har 3 yilda TDPU huzuridagi PK, QT va ularning MO tarmoq markazi, O‘zMPU huzuridagi tarmoq markazida, TDTU qoshidagi oliy injenerlik pedagogika institutida, O‘zMU huzuridagi Mintaqaviy markazida hamda O‘zMU qoshidagi oliy pedagogika instituti “Ijtimoiy – gumanitar fanlar (psixologiya)”, “Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat” “Pedagogika”, “Pedagogika va psixologiya”, “Pedagogik mahorat asoslari”, “Pedagogik texnologiyalar” kursi bo‘yicha malakasini oshirib kelmoqda.
S.B.Sharipova Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetidagi faoliyati davomida universitet xalqaro aloqalarini rivojlantirishda, jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi yetakchi universitetlar va oliy oʻquv yurtlari bilan ilm-fan, taʼlim va madaniyat sohalarida hamkorlik shartnomalari va memorandumlari asosida malaka oshirishga va xalqaro tajriba almashish uchun Yevropa, Rossiya, Koreya, Turkiya va Qirg‘iziston davlatlarida xalqaro konferensiyalarda ishtirok etgan. Jumladan, Yevropa ispan tili o‘qituvchilari assotsiatsiyasi 2014-yil 19-iyuldan 10-avgustgacha Ispaniyaning Avila shahrida o‘tkaziladigan XLIX xalqaro kongressida qatnashgan. Qirg‘iz – o‘zbek universitetida “Mexanika va kon mashinasozligi, fanni rivojlantirish va oliy oʻquv yurtlari integratsiyasining dolzarb masalalari” - Qirgʻiz-Oʻzbek universitetining 15 yilligi va uning birinchi rektori, akademik M.T. Mamasaidov tavalludining 60 yilligiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy konferensiyada faol ishtiroki uchun diplom bilan taqdirlangan. O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasining dotsenti, PhD, Sharipova Surayyoning Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida madaniyatlararo kompetensiyalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan “Metodologik seminarlar va dastur” da ishtirok etganligi uchun sertifikat bilan taqdirlangan. Dastur 2025-yil 16–23-iyun kunlari Turkiyaning Istanbul shahridagi Marmara Universiteti Gumanitar va ijtimoiy fanlar fakulteti huzuridagi Tarjimashunoslik hamda Ingliz tili va adabiyoti bo‘limlarida bo‘lib o‘tdi. Dastur davomida ishtirokchi mazkur bo‘limlarning professor-o‘qituvchilari va hamkasblari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, o‘zaro tajriba almashdi hamda ilmiy-pedagogik masalalar yuzasidan fikr almashdi. Ushbu sertifikat ishtirokchining dasturdagi faol ishtirokini tasdiqlash maqsadida berildi. Prof. Dr. Nuri Tinaz Sotsiologiya professori Xalqaro aloqalar va akademik hamkorlik bo‘yicha boshqarma bosh direktori Marmara Universiteti Istanbul, Turkiya 2025-yil 20-iyun. S.B.Sharipova talabchan, chuqur mulohazali, jamoa aʼzolariga nisbatan gʻamxoʻr, adolatli, kafedra mudirlari hamda talabalar tomonidan taklif qilinadigan innovatsion yangiliklarni qoʻllab-quvvatlaydigan ustozlardan biridir. S.B.Sharipova universitet jamoasi orasida xalqimizning urf-odat va anʼanalari, milliy qadriyatlarini, jamiyatdagi oʻrni va nufuzini mustahkamlashga, universitet va fakultetda talabalar va professor-oʻqituvchilar orasida ijtimoiy muhitni yanada sogʻlomlashtirish yoʻlida oʻzining hissasini qoʻshib kelayotgan ustoz-olim sifatida hurmat qozongan. Oʻzining koʻp yillik tajriba va ilmiy salohiyati bilan yosh pedagog kadrlarga shaxsiy namuna boʻlib kelmoqda. Uning Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlardagi ishtiroki, siyosiy faolligi va jamoa ishlarida tashkilotchiligi alohida tahsinga sazovordir. S.B.Sharipova oʻz bilimini va malakasini oshirish ustida tinimsiz izlanishlar olib boradigan fidoyi olimlardandir. U orttirgan bilim va tajribalarini ta’lim jarayonida qoʻllanib kelayotgan yangilikka intiluvchan ustozdir.