Olim

ZAKIROV XOLMAT XURRAMOVICH

Qishloq xoʻjalik fanlari nomzodi, professor

   Zakirov Xolmat Xurramovich, 1954 -yil 23 - avgustda Surxondaryo vil. Shoʻrchi tumanida tug‘ilgan.1971-yilda Samarqand davlat universitetining kimyo fakultetiga o‘qishga kirgan va 1976-yili kimyo mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan. Zakirov Xolmat Xurramovich 1984-yil 4-iyuldan buyon qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi. 1984-yil 4-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tuproqshunoslik va agrokimyo instituti huzuridagi Kengashda 06.01.04-Agrokimyo ixtisosligi bo‘yicha «Разработка эффективных норм минералных удобрений под тонковолокнистый хлопчатник в зависимости от режимов орошения на такырно-луговых почвах Сурхан-Шерабадской долины» mavzusida fan nomzodi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.



   1989-1994 yillar davomida Termiz davlat universiteti umumiy kimyo va ekologiya kafedrasi o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi, 1994-2002 yillar Termiz davlat universiteti umumiy kimyo va ekologiya kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi, 2002-2011 yillar Termiz davlat universiteti ekologiya kafedrasi dotsenti, 2011-2018 yillarda Termiz davlat universiteti ekologiya kafedrasi mudiri, 2019-yildan hozirgacha Termiz davlat universiteti ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi professori vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelmoqda.



   Zakirov Xolmat Xurramovich 45 yil umumiy ish stajiga, 31 yil ilmiy-pedagogik ish stajiga ega. Termiz davlat universitetidagi ilmiy-pedagogik staji 31 yil. 2019-yildan buyon X.X.Zakirov Termiz Davlat Universiteti huzuridagi PhD.03/30.2019.T.78.01 raqamli ilmiy kengash huzuridagi Ilmiy seminar a’zosi. Zokirov X.X. 2008-2009 yillarda bajarilgan Davlat innovatsion-tadqiqot dasturlari doirasidagi IDK-6-sonli «Xonjiza polimetall koni rudalari tarkibidagi mis va kumush metallarini kontsentrlash va ajratib olish texnologiyasini yaratish», 2007-2011 yillarda bajarilgan Davlat fundamental-tadqiqot dasturlari doirasidagi OT-F3-081-sonli «Tarkibida kislorod, oltingugurt va fosfor bo‘lgan ekstragentlar sintezi va ularning nodir metallar bilan koordinatsion birikmalari», 2011-2012 yillarga bajarilgan «Portland sement sanoati uchun Beshbuloq ohaktoshlari va Xo‘jaikon gips zahiralari asosida kimyoviy xom-ashyolar tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish», 2012-2014 yillarda bajarilgan Davlat amaliy tadqiqot dasturlari doirasidagi «Zamonaviy yadro-fizikaviy metodlar yordamida gidrometallurgiya korxonalari chiqindi eritmalari tarkibidagi nodir metallarni kontsentrlash va ajratish» va ayni paytda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilayotgan 2012-2016 yillarga mo‘ljallangan Davlat fundamental tadqiqot dasturlari doirasidagi «To‘rtlamchi azot va fosfor birikmalari asosida binar ekstragentlar sintezi va ularning nodir metallar bilan koordinatsion birikmalari» va bajarilishi 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan OT-F7-34-sonli «Kompleks hosil qiluvchi polifunksional ionitlar sintezi va ular yordamida ba’zid- metallarni ajratishning nazariy asoslari » mavzusidagi fundamental va bajarilishi 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan PZ-20170926176 –sonli «Surxondaryo viloyatida еrosti sho‘r suvlari tarkibidagi yod va uning birikmalarini ajratib olish» mavzusidagi maqsadli amaliy davlat grantlari katta ilmiy xodim lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda. Zakirov Xolmat Xurramovich Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti va Universitet Kengashi a’zosi. Termiz davlat universiteti Oqsoqollar Kengashi raisi. Universitet Korrupsiyaga qarshi kurashuvchi «Adolat» komissiyasining a’zosi. Hozirda u Termiz davlat universiteti yosh olimlarini ilmiy ishlarga jalb qilishda va ular bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. Muntazam ravishda professor-o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan monografiya, o‘quv-qo‘llanma, o‘quv-uslubiy qo‘llanma va ishchi-o‘quv dasturlariga hamda talabalar tomonidan tayyorlangan Bitiruv malakaviy ishlariga o‘z taqrizlarini bergan. Jumladan, X.X.Zakirov Termiz davlat universiteti Ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi katta o‘qituvchisi Normuratov Oybek Ulug‘berdievichning «Taqir-o‘tloq tuproqlar sharoitida pomidordan yuqori hosil olishda azotli o‘g‘itlar va biologik preparatlar me’yorini aniqlash» mavzusidagi qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishiga ilmiy rahbarlik qilmoqda.



   2016-yil 15-mart kuni «O‘zbekistonning biogeoekologik muammolari» mavzusidagi Respublika ilmiy va ilmiy-texnik anjumani, 2020- yil 16 -oktyabr kuni «Tuproq va atrof-muhit muhofazasi masalalari» Respublika ilmiy amaliy konferensiyalarida  ma’sul muharriri va tahrir hay’ati sifatida faoliyat ko‘rsatdi. 2011-yilda Nyu-York fanlar akademiyasining faxriy professori unvonini olgan. Zakirov Xolmat Xurramovich hozirgacha 180 ta ilmiy maqola va tezislari, shu jumladan, OAK e’tirof etgan ilmiy  jurnallarda 40 ta maqolasi chop etilgan. Zakirov Xolmat Xurramovich «Mustaqillikning 25 yilligi», 2021-yil «Mustaqillikning 30 yilligi», 2017-yil «Konstitutsiyamizning 25 yilligi» ko‘krak nishonlari sohibi bo‘lgan. Viloyatda ta’lim sohasini rivojlantirishdagi ko‘p yillik samarali va yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi xizmatlari uchun Surxondaryo viloyati hokimining 2012-2013 yillarda Faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan. 2019-yilda Ko‘p yillik samarali mehnati hamda o‘z xizmat vazifasiga bo‘lgan sadoqati uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan.