Xatamov Farxod Faxritdinovich 1984-yil 30-mayda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida tavallud topdi. Yoshligidan, bobosini (Xatamov Maxmudjon 1941-1945-yillar ulug‘ Vatan urushi qatnashchisi bo‘lgan, 1-guruh nogironi 1996-yilda vafot etgan) harbiy formasiga qiziqib, Ichki ishlar organlari sohasiga qiziqishi ortib bordi va vatan himoyachisi bo‘lishga intildi. Xatamov Farxod Faxritdinovich Mustaqilligimizning ilk kunlari 1991-yilning 1-sentyabr kunidan Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanidagi 36-o‘rta maktabga 1-sinfga o‘qishga bordi. Ushbu maktabda 9-sinfgacha tahsil olib, 10-11 sinflarni Boyovut tumanidagi Abu Ali ibn Sino nomli iqtidorli bolalar litseyida davom ettirdi. Xatamov Farxod Faxritdinovich 2001-yilda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasiga o‘qishga kirib, 2005-yilda IIV Akademiyasini “Tezkor qidiruv faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha tamomladi. 2005-yildan O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining “Tezkor qidiruv huquqi” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ilk faoliyatini boshladi. Shundan so‘ng, 2010-2017-yillarda Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Shaxsiy tarkib bo‘yicha maxsus inspeksiyasi tezkor vakili, katta tezkor vakili, O‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakili, 2017-2018-yillarda Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi O‘z xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i, 2018-2020-yillarda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari- Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i, 2020-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi IIV IIOXBT va MO Markazida Tsikl boshlig‘i lavozimlarida, 2021-yildan hozirgi kunga qadar, O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti Maxsus-kasbiy fanlari kafedrasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Xatamov Farxod Faxritdinovich IIVdagi amaliy faoliyati bilan birga ilmiy pedagogik faoliyatni ham olib bordi. Xatamov Farxod Faxritdinovich 2019-yil oktyabr oyida “09.00.04”- “Ijtimoiy falsafa” ixtisosligi bo‘yicha falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishini (Falsafa fanlari doktori (DSc), professor Xajieva Maqsuda Sultonovna ilmiy rahbarligida) muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2021-yil may oyida falsafa fanlari bo‘yicha “Dotsent” ilmiy unvonini olgan. 2022-yil oktyabr oyida “23.00.02”- “Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar” ixtisosligi bo‘yicha (Siyosiy fanlari doktori, professor Jo‘raev Narzullo Qosimovich ilmiy maslahatchiligida) Siyosiy fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2024-yilda Yuridik fanlari bo‘yicha “Professor” ilmiy unvoniga ega bo‘lgan. Xatamov Farxod Faxritdinovich tomonidan Ichki ishlar organlari xodimlari uchun, 4 ta darslik, 8 o‘quv qo‘llanma, 2 ta monografiya 40 dan ortiq milliy va xorijiy jurnallarda ilmiy maqolalar, shuningdek, 30 dan ortiq Respublika va xorijiy konferensiyalarda tezis hamda ma’ruzalari bilan chop etilgan. Ichki ishlar sohasidagi faolligi va mehnatsеvarligi, liderlik qobiliyati, ko‘p yillik samarali va halol mehnati hamda o‘z xizmat vazifalariga bo‘lgan sadoqati, ichki ishlar organlarida yosh xodimlarni tarbiyalashda qo‘shayotgan munosib hissasi, jamoat ishlaridagi faolligi uchun Xatamov Farxod Faxritdinovich O‘zbekiston Mustaqilligining 25 va 30-yilligi ko‘krak nishonlari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “A’lo xizmatlari”, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “Oliy ta’lim a’lochisi”, Ichki ishlar vazirligining “TVBSOdagi a’lo xizmatlari”, Ichki ishlar vazirligining III darajali “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari” va II darajali “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari”, ko‘krak nishonlari, “Ichki ishlar vazirligining 30-yilligi” esdalik nishoni bilan hamda 10 dan ortiq jamoat tashkilotlarining esdalik ko‘krak nishonlari, bir qancha idora va tashkilot rahbarlarining faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlangan. Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti huzuridagi Siyosiy fanlar bo‘yicha 23.00.02-“Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar”; 23.00.03-“Siyosiy madaniyat va mafkura”; 23.00.05-“Milliy xavfsizlik muammolarining tizimli tahlili va prognozlashtirish” ixtisosliklaridan ilmiy darajalar beruvchi DSc.20/2025.27.12.Ss.01.01-raqamli ilmiy kengash raisining o‘rinbosari – Seminar raisi hisoblandi. Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti huzuridagi Yuridik fanlar bo‘yicha 12.00.03-“Fuqarolik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq”; 12.00.12-“Korrupsiya muammolari”; ixtisosliklaridan ilmiy darajalar beruvchi PhD.20/2025.27.12.Yu.01.02-raqamli ilmiy kengash raisining o‘rinbosari – Seminar raisi hisoblandi. Undan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 01-06/269/1-son qarori bilan IIV Malaka oshirish institutida “Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligi, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish hamda ijtimoiy rivojlanishning ilmiy asoslari va amaliy yo‘nalishlari” fanidan maxsus imtihon komissiyasining o‘rinbosari hisoblanadi. Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutidagi huzuridagi Siyosiy fanlar bo‘yicha 23.00.05-“Milliy xavfsizlik muammolarining tizimli tahlili va prognozlashtirish” ixtisosligidan imtihon komissiyasi raisi hisoblanadi. Xatamov Farxod Faxritdinovich ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarga nazariy va amaliy bilimlarni berish bilan birga tadqiqot olib borayotgan xodimlarning 6 nafariga ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda. Hozirgi kunga qadar 2 nafar ichki ishlar xodimlari F.F.Xatamov rahbarligi dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilib, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘ldi. Shuningdek F.F.Xatamov ilmiy rahbarligida 15 dan ortiq IIV Akademiyasi tinglovchilarining bitiruv diplom ishlariga rahbarlik qilgan. Xatamov Farxod Faxritdinovich xizmat faoliyati davomida xalqaro loyihalarda ham ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, Janubiy Koreya Politsiya Akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti o‘rtasidagi 2024-2027-yillarga mo‘ljallangan 6.000.000 dollarlik loyihasi doirasida Malaka oshirish institutida Simulyatsion Markaz qurilishida faol ishtirok etib kelmoqda. Xatamov Farxod Faxritdinovich Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti AXBOROTNOMASI hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Akademiyasining XALQ VA ARMIYA – BIR TANU BIR JON ilmiy jurnallarining hay’at a’zosi hisoblanadi. Xatamov Farxod Faxritdinovich o‘z xizmat vazifalaridan kelib chiqib, bir qancha xorijiy davlatlarning Politsiya tizimi rahbarlari bilan uchrashib ularning faoliyati bilan tanishdi, jumladan; - 2019-yil Germaniya Politsiyasi, 2021-yil Turkiya Politsiyasi, 2022-yil AQSH Politsiyasi, 2023-yil Rossiya Politsiyasi, 2024-yil Janubiy Koreya Politsiyalarining faoliyati bilan tanishib, o‘zining tajribasini orttirib kelmoqda. Xatamov Farxod Faxritdinovich tashabbuskor, yangilikka intiluvchan, yurtimizda olib borilayotgan islohotlardan xabardor, vatanparvar, o‘z kasbiga sadoqatli, qat’iyatli, jamoani boshqara oladigan, talabchan, qo‘yilgan vazifalarga tezkorlik bilan yondasha oladigan rahbar hisoblanadi.