Olim

ABDULLAYEV MIRSALIM ILYOSOVICH

Turon fanlar akademiyasining akademigi, tibbiyot fanlari doktori, professor

Abdullayev Mirsalim Ilyosovich 1960-yil 20-aprelda Toshkent viloyatining Parkent qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. 1977-yil o‘rta maktabni tugatgach, O‘rta Osiyo pediatriya meditsina institutiga (SAMPI) o‘qishga kirgan. 1984-yili uni muvaffaqiyatli tugatib 1984-1985-yillarda Toshkent viloyati teri va tanosil kasalliklari dispanserida internatura o‘tgan. 1985-1986-yillarida Toshkent viloyati Parkent noxiyasi markaziy poliklinikasida vrach dermatovenerolog bo‘lib ishlagan. 1986-yili SAMPIning teri va tanosil kasalliklari kafedrasiga kata laborant bo‘lib ishga qabul qilingan. 1986-1990-yy davomida bir necha bor Moskvada Markaziy Dermatologiya va Venerologiya Institutida (SKVI) maqsadli o‘quv kurslariga borib Akademik Skripkin Yu.K., prof.: Mardovsev V.N., prof.: Kalamkaryan A.A., prof.: Koshevenko Yu.N. va V.N. Grebenyuk qo‘l ostida dermatovenerologiya fani asoslarini o‘rgangan va ilk ilmiy izlanishlari va ularni xulosalari bilan ilmiy seminarlarda faol qatnashib kelgan. O‘zbek olimlaridan professorlar K.S. Suleymanovni, X.K. Shodiyevni, R.A. Kapkayevni, A.Sh. Vaisovni o‘zini ustozlari deb hisoblaydi va har doim ulardek inson, olim va ustoz bo‘lishga harakat qilgan. Ustozni ta’kidlashicha bu ustozlarini har birida shunday xislatlari borki bu faqatgina yetuk yaratganni nazari tushgan insonlardagina bo‘lishi mumkin deydi.

Meni ilk ustozlarim: O‘rtada prof. Suleymanov K.S., ikkinchi qatorda o‘rtada prof. Shodiyev X.K. 1989-yili konkurs bilan SAMPIni dermatovenerologiya kafedrasiga assistentlik lavozimiga konkurs orqali ishga qabul qilingan. Ustoz “Bu men uchun hayotimdagi eng quvonchli yillardan biri bo‘lgan chunki o‘sha davrlarda oliygohda domla bo‘lib ishlash katta sharafli ish hisoblanar va o‘z ustida har doim ishlashga va ilmiy ishlar qilish uchun katta imkoniyatlar yaratar edi” deb xotirlaydi. Ustoz o‘quv ishlar bilan birgalikda o‘lkamizda ko‘plab uchraydigan va kelib chiqishi noma’lum dermatologik kasalliklar ustida ilmiy ishlar olib bordi. Shunday kasalliklardan biri “Vitiligo” (oq dog‘ kasalligi) bo‘lib bemorlarni hayot tarziga salbiy ta’sir qilganligi uchun markaziy osiyo xalqlari orasida katta ijtimoiy kasalliklardan biri hisoblanadi. Professorlar K.S. Suleymanov va Bodnya I.A. ilmiy rahbarligida 1993-yili «Морфофункциональное состояние желудка у детей, больных витилиго, в процессе лечения». mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1998-99-yillari mobaynida kafedra dotsenti va kafedra o‘quv ishlarini boshqargan. 1997-99-yillarda kurs dekani lavozimida ham ishlagan. Ilmiy ishlarga qiziqishi sababli 1999-yili TashPMI dermatovenerologiya kafedrasiga doktoranturaga o‘qishga kirib 2002yili tugatgan va shu yilning sentyabr oyidan kafedraga dotsentlik lavozimiga ishga qabul qilingan. 2005-yili «Значение биоценоза кишечника и эндогенных фенольных групп в развитии и течении витилиго у детей» mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. O‘zbekiston OAK tomonidan 1999-yili dotsent, 2008-yili professor ilmiy unvonlari berilgan, 2024-yili Turon Fanlar Akademiyasining Akademigi ilmiy unvoni berilgan. Ustoz 1986-yildan tibbiy oliy ta’lim sohasida ishlab minglab shifokorlar tayyorlashga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Oxirgi 12 yil davomida dermatologiya kafedrasining magistratura ishlariga boshchilik qilib mamlakatimizni dermatovenerolog vrachlarga bo‘lgan talabini qondirishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Kafedrada bajarilgan va bajarilayotgan ilmiy ishlarga o‘zlarini hayotiy tajribalari asosida amaliy yordam berib kelmoqda. Mirsalim Ilyosovich ilmiy rahbarligida o‘nlab magistrlik va 4ta kandidatlik dissertatsiya ishlari himoya qilingan.

Kafedra bakalavrlari bilan mashg‘ulot ustida Kafedra magistrantlarining ilmiy ma’ruzalari va magistrlik dissertatsiyalari muhokamasi

Mirsalim Ilyosovich kafedra ishlaridan tashqari Respublikamiz amaliy va ilmiy tibbiyotini rivojlanishiga ham o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan ustoz hisoblanadi. 1994-2020y.y. davomida O‘z.R.SSV bosh bolalar dermatovenerologi, O‘z.RIDvaVIATM qoshidagi ilmiy kordinatsion kengashi hay’ati a’zosi, TashPMI qoshidagi “Pediatriya” ilmiy aprobatsiya kengash hay’ati a’zosi, O‘zRSSV huzuridagi vrachlar va farmatsevtlarga litsenziya berish va attestatsiyadan o‘tkazish respublika markazi hay’ati a’zosi sifatida ishlagan va ishlab kelmoqda. Mirsalim Ilyosovich 27 yil davomida O‘z.R.SSV bosh bolalar dermatovenerologi sifatida ish olib borganida har yili reja asosida respublikamizni barcha viloyatlarida bo‘lib joylarda og‘ir bemorlarga o‘z yordamini ayamagan, Viloyat vrachlari orasida joylarda respublikamizda ko‘p uchraydigan og‘ir kechadigan davoga qiyin beriladigan kasalliklarni zamonaviy diagnostikasi va davolash yo‘nalishlarida tez tez ko‘rgazmali ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazib ularni zamonaviy davolash va tashxisot uslublari bilan muntazam tanishtirib kelgan va kelmoqda.

Respublikamizni turli viloyatlarida joylarda bemorlarni ko‘ruvi va vrachlar orasida master klass o‘quv mashg‘ulotlari olib borilishi. Jizzax viloyati TTKD KKAR TTKD O‘zRSSV topshirig‘i bilan respublikamizni turli viloyatlarga amaliy yordam uchun tashriflar. KOVID pandemiyasi davrida aholi orasidagi ishlar.

O‘zRSSV bosh bolalar dermatovenerologi bo‘lib ishlagan yillarida ko‘plab me’yoriy hujjatlar va yo‘riqnomalar ishlab chiqishda faol qatnashgan, shulardan biri ustoz tomonidan ishlab chiqilgan, vazirlik tomonidan tasdiqlanib amaliyotga kiritilgan : “Bolalarda teri va tanosil kasalliklarini standart tekshirish va davolash standartlari” amaliy yo‘riqnomasi bo‘lib bugungi kunda dermatovenerologlar ishining asosiy o‘zagi va me’yoriy hujjati hisoblanadi. O‘tgan yillar davomida Mirsalim Ilyosovich tomonidan 219 ta ilmiy maqolalar chop qilingan ularni asosini vrachlar, magistrlar va klinik ordinatorlar uchun mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy maqolalar va monografiya tashkil qiladi. Bundan tashqari tibbiyotning zamonaviy davolash uslublariga bag‘ishlangan uchta ratsionalizatorlik taklifini amaliyotga kiritilgan. Har yili mahalliy va xorijiy mamlakatlarda uyushtiriladigan ilmiy amaliy konferensiyalarda erishgan ilmiy yangiliklariga asoslangan dokladlar bilan qatnashib keladi. Oxirgi 5-6 yil ichida ustoz boshchiligida butun dunyoda keng tarqalib borayotgan va ko‘plab insonlarni yostig‘ini quritayotgan OITS (SPID) kasalligini erta tashxislash va uni oldini olishga qaratilgan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Kasallik insonga yuqqandan keyin yillar davomida immunitetni tushirib boradi va sezilarli belgilarsiz rivojlanib boradi lekin bu infeksiya boshqa teri kasalliklarining klinik ko‘rinishiga va kechishiga ta’sir qilishi mumkin. Mana shu teri kasalliklari bilan bemorlar dermatolog qabuliga murojaat qilganda ularni klinikasini o‘ziga xos kechishini va maqsadga yo‘naltirilgan tahlillarni o‘tkazib ularda OITSni erta bosqichlarida tashxislash mumkinligi aniqlandi va buni asosida OITSni turli infeksion va noinfeksion teri kasalliklarda erta tashxislash algoritmi ishlab chiqildi amaliyotga taqdim qilindi va olingan natijalar asosida ustoz ilmiy rahbarligida falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoya qilindi. Bu erta tashxislash uslubi OITS bemorlari hayotini bir necha o‘n yillab cho‘zishga, kasallikni boshqalarga yuqish ehtimolini sezilarli kamayishiga va millionlab davlat byudjetini tejash imkonini beradi. Bu yo‘nalishdagi ilmiy izlanishlar davom ettirilmoqda, ustozni ma’lumotiga qaraganda OITS infeksiyasini tarqalishiga asosiy sabab bu aholini bu infeksiya haqidagi bilimini yetarli emasligi deb hisoblaydi. Agar balog‘at yoshidagi har bir inson bu kasallikni qanday yo‘llar orqali yuqishini, yuqqandan keyin uni oqibati o‘lim ekanligini tushunsa, yuqmaslik choralari haqida tasavvuri bo‘lsa albatta bu inson o‘zini bu kasallikdan himoya qila oladi. Bugungi butun dunyoda rivojlanib va yildan yilga kuchayib borayotgan migratsiya jarayoni bunday jinsiy yo‘l orqali yuqadigan kasalliklarni ko‘payishiga katta yo‘l ochib beryapti deydi. Shu sababli domlani hozirgi olib borayotgan ilmiy va amaliy ishlarini o‘zagini respublikamiz aholisini har birini jinsiy yo‘llar orqali yuqadigan (shu jumladan OITS) kasalliklar haqidagi nazariy bilimlar bilan boyitish hisoblanadi. Bu maqsadga erishish uchun Oliy va O‘rta ta’lim, Sog‘liqni saqlash vazirligi, mehnat vazirligi va matbuot bir yoqadan bosh chiqarib ishlash lozimligini va bu yo‘nalishda amaliy ishlar boshlanganini ta’kidlaydi. Ustoz boshchiligida olib borilayotgan yana bir ilmiy izlanish bu turli surunkali teri kasalliklarini kechishiga o‘tkazgan KOVID-19 infeksiyasini ta’sirini o‘rganish va bunday insonlarda tegishli teri kasalliklarini davolash uslublarini mukammallashtirishdan iborat. Hozirgi ilmiy ma’lumotlarga qaraganda KOVID-19 infeksiyasidan keyin inson immun, gormonal va boshqa tizimlarida uzoq davom etadigan salbiy o‘zgarishlar qoldirib bu organizmni turli boshqa kasalliklarga moyil qilib qo‘yadi, turli infeksion va zamburug‘li kasalliklarni og‘ir kechishiga va asoratli kechishiga sabab bo‘ladi. Hozirgi kunda bu yo‘nalishda falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi ilmiy ishi tasdiqlanib tugallanish jarayonida. Bundan tashqari Mirsalim Ilyosovich bir necha ilmiy kengash va seminar hay’ati a’zosi: Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash qoshidagi seminar a’zosi, O‘z.RIDvaVIATM qoshidagi ilmiy kengashi a’zosi, O‘zR OAK ning № 01-07/1100/ 31 5.07. 2023-yildagi qarori, hamda tibbiy-terapevtik tadqiqotlar bo‘yicha ekspert kengashining 14.00.11 – “Dermatologiya va venerologiya” ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihon qabul qilish komissiyasi a’zosi. Bir nechta xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallari redaksiyasining hay’at a’zosi: 1. Международный научно-практический журнал «Дерматовенерология. Косметология», г. Минск, Республика Беларусь.. 2.“ Новости дерматовенерологии и репродуктивного здоровья». Центральноазиатский научно-практический журнал. 3.“Dermatovenerologiya va estetik tibbiyot” ilmiy-amaliy jurnali hay’ati a’zosi. 4.“Tibbiyotda yangi kun” ilmiy referativ, ma’rifiy-ma’naviy jurnali. Hozirgi kunda M.I. Abdullayev Toshkent Davlat tibbiyot Universitetining dermatovenerologiya kafedrasida magistratura moderatori va shu yo‘nalish bo‘yicha mas’ul hisoblanadi. Respublikamizni kadrlar tayyorlash siyosati yo‘nalishida o‘zining ko‘p yillik amaliy va nazariy bilimlarini yoshlarga o‘rgatib kelmoqda. Abdullayev M.I. bugungi kunda faol jamoatchi, ustoz, mehribon murabbiy, malakali shifokor va yetakchi ilmiy xodim sifatida hamkasabalari, talabalar, magistrlar, klinik ordinatorlar orasida o‘z o‘rniga va hurmatiga ega inson. Ustozni keyingi ilmiy va o‘quv-tarbiyaviy ishlariga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.