Olim

PARDAYEV MAMAYUNUS QARSHIBOYEVICH

Iqtisod fanlari doktori, professor

   Pardayev Mamayunus 1948-yil 12-fevralda tug‘ilgan.  O‘rta maktab va oliy o‘quv yurtini a’lo baholarga tamomlab, ilmiy ishlar qilib, ilmiy maqola va kitoblar nashr ettirgan. “Yosh pedagoglar mahorat maktabi” va “Tahlilchi” ilmiy-ma’rifiy to‘garakka rahbarlik qiladi va yoshlarning pedogogik va ilmiy mahoratini oshirishga, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga faol xizmat qilmoqda. O‘zi ham homiylik qilib, institut Axborot-resurs markaziga kitoblarni olib kelib topshirishda faollik ko‘rsatib kelmoqda. “Iqtisodiy tahlil va statistika” kafedrasida o‘z mablag‘i hisobidan Mini kutubxona tashkil qilib, uni eng nodir adabiyotlar bilan ta’minlab kelmoqda. “Iqtisodiy tahlil” fanidan yaratilgan maktabni ijodiy davom ettirib, uni korxona iqtisodiyoti, turizm iqtisodiyoti, savdo iqtisodiyoti, xizmat ko‘rsatish iqtisodiyoti fanlarigacha kengaytirishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu fanlardan respublika OO‘Yu uchun o‘nlab darslik va o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar yaratgan. Bular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin. “Matlubot kooperasiyasining xo‘jalik faoliyatini analiz qilish”, “Moliyaviy tahlil”, “Iqtisodiy tahlil nazariyasi”, “Loyiha tahlili”, “Iqtisodiy tahlil”, “Boshqaruv tahlili”, “Korxona iqtisodiyoti”, “Turizmni rejalashtirish”, “Statistika”, “Moliyaviy va boshqaruv tahlili”, “Funksional qiymat tahlili”, “Iqtisodiy fanlarda pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot”,“Korxona iqtisodiyoti” , “Iqtisodiy tahlil nazariyasi” , “Xizmatlar sohasi iqtisodiyoti”, “Marketing tadqiqotlarida statistik tahlil”, “Savdo iqtisodiyoti muammolari”, “Iqtisodiy tahlil”, “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Marketing tadqiqotlarida statistik tahlil”,“Xizmatlar sohasi menejmenti”, “Investision loyihalar tahlili”, “Soha marketingi”, “Makroiqtisodiy tahlil”, “Iqtisodiyotga oid atamalarning ta’riflari” kabi fanlardan o‘quv qo‘llanmalari va dasrliklari yaratgan. Nottinggem Trenig universiteti dasturi bo‘yicha “O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini o‘qitish bo‘yicha trenirlarni tayyorlash kursi”da, Konrad Adinauer Fondining O‘zbekiston Respublikasi Vakolatxonasining “Ommaviy-huquqiy tadqiqotlar markazi”da 2021-2022 yillar davomida ekspert sifatida malaka oshirgan. Uning  “Loyiha tahlili” ma’ruza matni “Yilning eng yaxshi ma’ruza matni” ko‘rik tanlovida g‘olib bo‘lgan. U 200dan ziyod darslik. O‘quv qo‘llanma, ma’ruza matnlari muallifidir. Yosh avlod ongiga MIGʻni singdirish va yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida, iymonli, diyonatli va barkamol qilib tarbiyalashga qaratilgan qator uslubiy qo‘llanmalar va badiiy asarlar chop ettirishga muvoffaq bo‘ldi. “Maktab yaratgan olim”,“Hayot saboqlari”, “Hikmatnoma”, “Talabalar yo‘ldoshi”, “Istiqlol farzandi”, “Demokratik o‘zgarishlar va fuqorolik jamiyati”, “Tug‘yonli qalb”,“Hayot hikmatlari”, “Sabrnoma”, “Mehrnoma”, “Muhabbatnoma”, “Ustoz otangdan ulug‘”, “Ibratnoma”, “Hayotnoma”, “Biznesnoma”, “Baxtnoma”, “Ko‘zgu”, “Diyonat va xiyonat”, “O‘zingizni faqatgina o‘zingiz takomillashtirasiz” “Hikmat axtarganga hikmatdir dunyo” , “Kim edigu kim bo‘ldik” ,“Do‘stim deb yurganing aslo dushman bo‘lmasin” ,“Komillik kushandasi” ,“Eng murakkab fan: o‘zini o‘rganish va o‘zini boshqarish haqida” “Hasad” ,“Liderlik” ,“Dunyo obodligi ilm bilan” , “Qadrin bilgan kekslar e’zozga loyiq” ,“Muhabbating bo‘lsa pok saqla doimi” ,“Tafakkur nuri”, “O‘zini anglagan o‘zini o‘nglaydi”, “O‘ynab gapirsang ham o‘ylab gapir”, “Pul oqimlari tahlili”, “COVID-19 Pandemiyaning xizmat ko‘rsatish sohasiga ta’siri va uni bartaraf qilish yo‘nalishlari” shular jumlasidandir.



   O‘nlab ilmiy tavsiyalari amaliyotga tadbiq qilingan va O‘zbekiston Respublikasining bir qancha Qonunlarining ishlab chiqilishida va ularning takomillashishida bevosita o‘zining taklif va tavsiyalari bilan ishtirok etib kelmoqda. Xususan, O‘z.R Oliy majlisiga birqancha qonunlarni ishlab chiqishda, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda o‘z taklif va tavsiyalari bilan ishtirok etdi.





  • “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”;




  • “Aholini suv bilan ta’minlash to‘g‘risida”;




  • “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”;




  • “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”;




  • “Fuqorolarning daromadlarini deklorasiyalash to‘g‘risida”;




  • “Tadbirkorlik faoliyati erkinliklarining kafolatlari to‘g‘risida”;




  • “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”;




  • “Statistik to‘g‘risida”;




  • “Soliq kodeksi” ning yangi tahririni qabul qilishda,“Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida” kabi qonunlarning qabul qilinishida takliflari inobatga olingan.





   O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zbekbirlashuv”, Viloyatlar hokimliklari, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rahbariyatining o‘nlab “Faxriy yorliqlari”, “Tashakkurnoma”lari va qimmatbaho mukofotlariga sazovor bo‘lgan. Olim ishchan, o‘ziga va atrofdagilarga talabchan, odamlarga mehribon, e’tiborli, shoshmaydi lekin hamma ishga ulguradi,  chuqur mushohadali, bosiq, qat’iyyatli, tashkilotchi rahbar, bilimdon, yangilikka intiluvchan, boshlagan ishini oxiriga yetkazadigan, zukko, qobiliyatli, notiq, kamtarin shaxs. Chuqur mantiqiy fikrlash qobiliyatiga ega. Respublika viloyat va Samarqand shahar ilmiy-pedogogik jamoatchiligi orasida yuqori obru-e’tiborga ega, taniqli olim, o‘z sohasidan tashqari ma’naviy-ma’rifiy, umumiqtisodiy, psixologiya va falsafaga oid fanlarni ham yaxshi o‘zlashtirgan, shu sohada ko‘plab kitoblarni nashr qilgan yetuk qomusiy mutaxassis.