Olim

NAZAROV XUDOYBERDI QO‘YDIMURODOVICH

Qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, dotsent

Xudoyberdi Nazarov Qoʻydimuratovich 1979-yilning 21-aprel sanasida Toshkent viloyatining Bekobod tumanida ziyolilar oilasida dunyoga kelgan. 1985-yildan 1996-yilgacha Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi 40-sonli oʻrta maktabni aʼlo baholarga tugatgan. 1996–1998-yillardagi tumandagi Kasb-hunar tehnikumini, 1999–2003-yillarda Toshkent davlat agrar universiteti Agronomiya fakultetini bakalavr darajasini imtiyozli diplomga, 2003–2005-yillarda mazkur universitetda Qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi ihtisosligi boʻyicha magistratura bosqichini imtiyozli diplomga yakunlab, oʻsha yili kafedraga assistent lavozimiga ishga qabul qilingan.

Xudoyberdi Nazarov uzoq yillik pedagogik-ilmiy faoliyatini oʻz ichiga olgan 2005–2019-yillar davomida mazkur kafedrada assistent, katta oʻqituvchi, dotsent va kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. Hozirda, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, dotsent Xudoyberdi Nazarov Toshkent davlat agrar universitetining Qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat yuritmoqda. Kafedradagi ilmiy-pedagogik faoliyati davomida bakalavriat talabalariga “Biologiya va genetika”, “Donli ekinlar genetikasi”, “Umumiy seleksiya va urugʻchilik”, “Donli ekinlar seleksiyasi va urugʻchiligi”, “Qishloq xoʻjalik ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi”, “Seleksiya va urugʻchilikda xorijiy tajribalar” hamda magistratura talabalariga “Qishloq xoʻjalik ekinlari mahsulotini sifatini oshirish seleksiyasi”, “Donli ekinlar urugʻchiligining ilmiy asoslari” kabi fanlardan maʼruza va amaliy mashgʻulotlarini fan-texnika yutuqlaridan foydalanib, zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qoʻllagan holda oʻtmoqda.



Ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 20 dan ortiq bitiruv malakaviy ishi va 10 dan ortiq magistr tayyorlagan. Xudoyberdi Nazarov oʻzining pedagogik faoliyati bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot izlanishlarini ham muvaffaqiyatli davom ettirmoqda. Jumladan: ilk ilmiy faoliyatining boshlarida marhum, professor Igor Massino Vsevolodovichning ilmiy rahbarligida makkajoʻxori seleksiyasi va urugʻchiligi boʻyicha olib borgan ilmiy izlanishlar natijasida 2012-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan boʻlsa, keyingi ilmiy-tadqiqotlarni qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, professor Rashidova Dilbar Karimovna ilmiy rahbarligida davom ettirib, makkajoʻxorining yuqori don va yashil massa hosildorligiga biologik faol preparatlarning taʼsirini chuqur oʻrganib, tadqiqot natijalari ilmiy asoslandi. Ilmiy yoʻnalishi donli ekinlar seleksiyasi va birlamchi urugʻchiligi boʻlib, makkajoʻxorining don hosildorligi yuqori boʻlgan yangi, istiqbolli “Kelajak 100”, yashil massa hosildorligi yuqori “Esdalik 80” navlarining hammuallifidir. Shuningdek, ilmiy maslahatchi professor Dilbar Rashidovaning hammuallifligida bir nechta davlat standartlari va ilmiy tavsiyanomalar ishlab chiqildi. Shuningdek, professor Dilbar Rashidovaning rahbarligida 2024-yilda doktorlik (DSc) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, 2025-yilda OAK tomonidan qishloq xoʻjaligi fanlari doktori ilmiy darajasiga ega boʻlgan. Xudoyberdi Nazarov mahalliy va xorijiy olimlar hammuallifligida nufuzli mahalliy va Scopus, Web of Science bazasiga kiruvchi xorijiy jurnallarda 130 dan ortiq maqolalari, 3 ta monografiya va 18 dan ortiq oʻquv-uslubiy qoʻllanmalari chop etilgan. Xudoyberdi Nazarovning fundamental, innovatsion, ilmiy-amaliy hamda xalqaro loyihalardagi ishtiroki ham alohida tahsinga loyiq. U, shu vaqtgacha loyiha rahbari yoki katta ilmiy xodim sifatida ishtirok etmoqda. Jumladan: 2025–2026-yillarga moʻljallangan innovatsion tadqiqotlar davlat ilmiy-texnika dasturi (xalqaro) Xitoy-Oʻzbekiston AL-8724052977-R1 “Xitoy duragay bugʻdoyini Oʻzbekiston iqlim sharoitida qurgʻoqchilikka chidamliligining fiziologik va agronomik baholash”, 2025–2026-yillarga moʻljallangan innovatsion tadqiqotlar davlat ilmiy-texnika dasturi (xalqaro) Belarus-Oʻzbekiston IL-79230518519 “Tabiiy xomashyolar asosidagi biologik faol birikmalarining soya oʻsimligini (Leguminosae oilasi) dukkakli-rizobial simbiozlarning adaptatsiya va shakllanishi jarayonlariga oʻsishni boshqaruvchanlik taʼsiri”, 2023–2024-yillarga moʻljallangan amaliy tadqiqotlar davlat ilmiy-texnik dasturi IL - 632204156 “Orolboʻyi hududining tuproq-iqlim sharoitlariga mos qishloq xoʻjalik ekinlari turlarini (navlarini) tanlash, ularni qayta joylashtirish (rayonlashtirish) va yetishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish”, 2021–2023-yillarga moʻljallangan innovatsion tadqiqotlar davlat ilmiy-texnik dasturi, Hindiston-Oʻzbekiston (xalqaro) UZB-IND-2021-93 “Stressli agroekotizimlarda ekologik toza mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun yangi biochar va rizobakteriyalarga asoslangan bioinokulyant yaratish”, 2019–2021-yillarga moʻljallangan fundamental tadqiqotlar davlat ilmiy-texnik dasturi I-QX-2019-17 “Xalqaro standartlar talabiga javob beradigan qishloq xoʻjaligi urugʻlarining navdorligi, genetik va ekish sifatlarini baholash uchun ichki urugʻ nazorat xizmatlarini shakllantirishning innovatsion tizimini yaratish va joriy etish”, 2018–2019-yillarga moʻljallangan amaliy tadqiqotlar davlat ilmiy-texnik dasturi QX-I-QX-2018-31 “Sirdaryo viloyati sharoitida makkajoʻxori va joʻxori navlarining birlamchi urugʻchiligini tashkil etish”, 2017–2018-yillarga moʻljallangan amaliy tadqiqotlar davlat ilmiy-texnik dasturi VA-QXA-9-009 “Moyli (maxsar, zigʻir va kunjut) ekinlar urugʻlarining sifatini biologik faol polimer birikmalar bilan oshirishning qonuniyatlarini asoslash va ularning birlamchi urugʻchilik tizimini shakllantirish”, 2015–2017-yillarga moʻljallangan amaliy tadqiqotlar davlat ilmiy-texnik dasturi, KA-9-003 “Создание ресурсосберегающих экологически чистых технологий возделывания Cucurbita moschata Duchesne, Cucurbita maxima Duchesne, Cucurbita pepo L., Linum brevimulticaule, Brassica napus L., Carthamus tinctorius L. oʻsimliklarini tajriba uchastkalarida seleksiya ishlarini oʻtkazish” shular jumlasidandir. Shuningdek, q.x.f.d., dotsent X.K.Nazarov: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti qoshidagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar DSc.03/14.07.2022.81 Qx.10.0ff raqamli Ilmiy kengash qoshidagi 03.00.04 - Mikrobiologiya va virusologiya hamda 03.00.12 - Biotexnologiya ihtisosliklari boʻyicha ilmiy seminar aʼzosi, Toshkent davlat agrar universitetining Qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi kafedrasida (PhD) va (DSc) oʻqishga kirish, Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimda malakaviy va qoʻshimcha imtihonlarda komissiya aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasi QXV Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida nashr etilayotgan “PAXTACHILIK VA DONCHILIK” ilmiy-ommabop jurnalida tahririyat aʼzosi hamda Toshkent davlat agrar universiteti negizida faoliyat yuritadigan Zangiota agrotexnologiyalari tehnikumida kengash aʼzosi sifatida samarali faoliyat koʻrsatib kelmoqda.



X.Nazarov xorijiy tillardan ingliz tilini yaxshi oʻzlashtirganligi natijasida, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo davlatlari uchun ajratilgan “ERASMUS MUNDUS” xalqaro granti gʻolibi boʻlib, 2015–2017-yillar davomida Yevropaning rivojlangan Avstriya (BOKU), Germaniya (Berlin), Chexiya (G.Mendel), Gollandiya (Wageningen) va Slovakiya (NITRA) kabi davlatlarining turli universitetlarida mutaxassisligi boʻyicha malaka oshirgan.



X.Nazarov faoliyati davomida bir nechta xalqaro konferensiya va seminarlarda jumladan “Qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat xavfsizligi va organik mahsulotlar yetishtirish istiqbollari” mavzusi doirasida 2018-yilda Xitoy (Changsha), Pokiston (Lohur), 2019-yilda Qozogʻiston (Olmaota), Rossiya (Krasnodar), Hindiston (Yangi Dehli), 2022-yilda Qozogʻiston (Olmaota), 2023-yilda Xitoy (Si-Yan), 2024-yilda Qirgʻiziston (Bishkek), Xitoy (Pekin), 2025-yilda Ozarbayjon (Ganja) hamda Xitoy (Dalyan) oʻz taqdimotlari bilan ishtirok etgan. Shuningdek, bir nechta mahalliy va xorijiy loyihalarda katta ilmiy xodim sifatida ishtirok etmoqda. Toshkent davlat agrar universitetida 2019–2024-oʻquv yillari davomida bakalavr va magistratura bosqichida taʼlim olgan xitoylik 4 nafar talabaga ilmiy rahbar boʻlganligi hamda Xitoy qishloq va oʻrmon xoʻjaligi fanlari akademiyasi tasarrufidagi (Anxuy, NWAFU, Qingagroy hamda BAAFS) agrar universitetlarning professor-oʻqituvchilari bilan oʻquv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlaridagi faol hamkorligi uchun 2024-yilda Xitoy qishloq va oʻrmon xoʻjaligi fanlari akademiyasining “Faxriy professori” unvoniga sazovor boʻlgan. 2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Qishloq xoʻjaligi oliy taʼlim muassasalarida faoliyat yurituvchi professor-oʻqituvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan respublika tanlovida mutaxassisligi boʻyicha “Eng yaxshi pedagog” nominatsiyasi gʻolibi boʻlgan va vazirlik tomonidan guvohnoma bilan taqdirlangan.



X.K.Nazarov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti olib borayotgan ichki va tashqi siyosatni toʻgʻri tushunadi va qoʻllab-quvvatlaydi. U jismonan sogʻlom, mehnatsatsevar, mustaqil fikrga ega, maʼnaviy etuk, toʻgʻri soʻz xodim, koʻrsatma va topshiriqlarni oʻz vaqtida, masʼuliyatni his qilib bajaradi. Oilali, 3 ta farzandi bor.