Olim

NAZAROVA ZULAYXA TURABOVNA

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent

Zulayxa Nazarova 1970-yil 31-avgustda Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan, U “Shuhrat” medali (2006 y.), “Mehnat shuhrat” ordeni (2012-y.), “Xalq ta’limi a’lochisi” (2026-y.), va bir qator Faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. Mehnat faoliyatini 1989-yilda talabalik davridan boshlab Samarqand shahridagi 6-son Mehribonlik uyida pedagog tarbiyachi vazifasi sifatida ilk pedagoglik faoliyatini boshlab 1992-yilda Samarqand davlat pedagogika institutini tugatgan. 1989-2012-yillarda Samarqand shahridagi 6-son Mehribonlik uyida pedagog tarbiyachi vazifasi bilan birgalikda ”Chang navolari” hamda “Raqqosalar guldastasi” badiiy raqs to‘garaklari rahbari vazifasini ham bajarib kelgan. Z.Nazarova o ‘z mashg ‘ulotlarini yuqori saviyada tashkil etishi, doimo o‘z ustida ishlashi, tinimsiz izlanishlari yangi zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanishlari 2005-yilda “Sen yolgʻiz emassan” hamda “Mehr nuri” bolalar jamgʻarmasi tashabbusi bilan oʻtkazilgan “Yuragimni bolalarga bagʻishlayman” koʻrik tanlovining viloyat bosqichida hamda Respublika bosqichlarida faxrli 1-oʻrinni egallab “Eng yaxshi Mehribonlik uyi tarbiyachisi” deb topildi. 2006-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 14 yilligi munosabati bilan “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. 2011-yilda yana “Sen yolgʻiz emassan” hamda “Mehr nuri” bolalar jamgʻarmasi tashabbusi bilan oʻtkazilgan “Yuragimni bolalarga bagʻishlayman” koʻrik tanlovining viloyat bosqichi, hududiy hamda Respublika bosqichlarida faxrli 1-oʻrinni egallab “Yil tarbiyachisi” nominatsiyasini qoʻlga kiritdi va 2012-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi.

Z.Nazarova 2013-yildan “Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi” taʼlim muassasasiga ”Amaliy fanlar va maktabdan tashqari taʼlim metodikasi” kafedrasiga assistent lavozimiga ishga qabul qilindi.

Pedagoglik faoliyatini davom ettirib, Samarqand viloyati xalq taʼlimida umumtaʼlim maktabi fan oʻqituvchilarini kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishda, dars berish mahoratini oshirishda, kadrlar ilmiy salohiyatini takomillashtirishda, ularga bilimlarni berish bilan birgalikda darslarni zamonaviy usullar bilan oʻtkazish yuzasidan metodik tavsiyalar va mahorat darslari oʻtishda hamda taʼlimda sogʻlom maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash borasida yoshlarning vatanparvarlik va milliy istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda bir qator salmoqli ishlarni amalga oshirdi Jumladan viloyat va tuman miqyoslarida ta’limning zamonaviy usullaridan dars faoliyatida unumli foydalanishning samarali texnologiyalari, ta’lim usullari va fan metodikalari hamda kasbiy mahoratni rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-amaliy seminarlar, treninglar, ma’ruzalar va davra suhbatlarini tashkil etib keldi 2014-2019-yillarda “O‘quvchi yoshlarning ijodkorlik kompetensiyasini shakllantirishda hamkorlik texnologiyasi“, ”Ta’lim-tarbiya jarayonida interfaol ta’limning o‘rni”, “Sinfdan va maktabdan tashqari to‘garaklarda o‘quvchilarda insonparvarlik tuyg ‘ularini shakllantirish”, ”Malaka oshirish tizimida o‘qituvchi kasbiy mahoratini rivojlantirishda innovatsion yondashuv”,” STEAM dasturi va uning afzalliklari” va boshqa bir qator mavzularda Respublika va viloyat miqyoslarida “Mahorat darsi” tashkil etib o‘qituvchilar kasbiy kompetentligini takomillashtirishga o‘z hissasini qo‘shib kelgan. O‘z tajribasini boyitish va xorijiy tajribalarni o‘rganish maqsadida 2018-yil Germaniyalik professor D.Smetana, 2019-yilda Amerikadan tashrif buyurgan professor A.Miller tomonlaridan o‘tkazilgan o‘quv-seminarlariga ishtirok etib maxsus sertifikatlarga ega bo‘lgan. Z.Nazarova oʻz kasbini fidoyisi bilan bir qatorda tashkilotchiligi, mehnatsevarligi berilgan topshiriq va vazifalarni oʼz vaqtida bajarishi bilan markaz jamoasi oʻrtasida oʻz oʼrnini topa olgan. Markaz maʼnaviy-maʼrifiy ishlarini olib boruvchi yetakchi xodim hisoblanib, oʻtkaziladigan bayram va tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishda faollik bilan ishtirok barcha tadbirlarni koʻtarinki ruh va shukuhli boʻlib oʻtishida oʼz hissasini qoʼshib kelgan. 2019-yillarda bir necha bor “Munosabat” koʻrsatuvida spektr, viloyat teleradiokompaniyasida eng dolzarb mavzularda va amaldagi islohotlar hamda shaxsiy takliflari yuzasidan radio va televideniye eshittirishlarda, 40 ga yaqin chiqish qilgan. Z.Nazarovaning faoliyatini ommalashtirish maqsadida viloyat teleradio kompaniyasi orqali 2016-yilda “Ayol qalbi”, 2019-yili “Dil daftari” koʻrsatuvlari namoyish etildi. 2022-yilda Z.Nazarova A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining xalq ta’limi tizimidagi pedagog xodimlarning uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish-2022” mavzusidagi amaliy loyihaga 50 dan ortiq video darslari bilan ishtirok etgan. 2020-2022-yillarda Z.Nazarova 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi ixtisosligi boʻyicha “Malaka oshirish jarayonida tarbiya fani oʻqituvchilarining ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish” (Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasi) asosida mavzusida ilmiy tadqiqot ishini boshlab 2023-yilda muvaffaqiyatli himoya qilib, oʻsha yili “Samarqand davlat universitetining kattaqoʻrgʻon filiali” davlat muassasasiga “Maktabgacha va boshlang ʼich taʼlim, sport kafedrasiga v/b dotsent lavozimiga ishga qabul qilindi. Z.Nazarova oʻz ilmiy maqolalarida “Tarbiya” fanining bosqichma-bosqich joriy etilishi taʼlim tizimida alohida masʼuliyatli bosqich ekanligini his qilib, bu sohada ham muayyan taklif va mulohazalarini bayon etib kelmoqda. Jumladan, Web of Science bazasiga kiruvchi “Rivista Italiana Filosofia Analitica” jurnalida (2023) “Sinergitek oʻrganish” Zamonaviy taʼlimda hamkorlikni rivojlantirish” mavzusidagi maqolasidagi taklif qiziquvchilar tomonidan oʻrganilgan. 2023-oʻquv yilida ustoz-shogird ishlari boʻyicha talaba Abdullaeva G. bilan ”Olisdagi insonim” nomli she’rlar toʻplami Toshkent el-kitob nashriyoti orqali chop etildi. Ayni paytda Z.Nazarova talabalarni ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida fakultetda “Ilmiy faoliyat” toʻgaragini olib boradi, hozirda bu toʻgarakda 50 dan ortiq talaba qatnashib, talabalar maqolalari xalqaro, respublika va xorij jurnallarida chop etilib kelinmoqda.Ayni paytda 5 nafar taʼlim va tarbiya nazariyasi yoʻnalishidagi magistrantlarga ilmiy rahbarlik ham qilib kelmoqda. Ustoz sifatida bir necha shogirdlar tayyorlab hozirda shogirdlaridan 2022-2025-yillardagi ko‘rsatkichlar bilan 2 nafari “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, 2 nafari “Do‘stlik” ordeni sohibi, 7 nafari Xalq ta’limi a’lochisi, 7 nafari maxsus ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan. 5 nafar shogirdlari ”Yil o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi Respublika bosqichi g‘olibliklarini qo‘lga kiritgan. Z.Nazarova pedagoglik faoliyatini rivojlantirish maqsadida 2022-2023-o‘quv yilida Rossiya davlatining K.Minina universitetida, 2023-2024-o‘quv yilida Xitoy davlatining Shenyan universitetida o‘z malakasini oshirib keldi.





Z.Nazarova pedagoglik ilmiy faoliyati davomida san’atshunoslik va pedagogika yo‘nalishlarida 200 ga yaqin ilmiy ishlar, jumladan darsliklar o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar, ilmiy-metodik qo‘llanmalar va ilmiy risolalar yaratgan. Xorij davlatlarida 30 dan ortiq maqolalari chop etilgan.