Olim

PARDAYEV OLIM MAMAYUNUSOVICH

Iqtisodiyot fanlari doktori, professor

   Olim Pardayev 1976-yil 20-mayda Jizzax viloyatida  tavallud topgan. O‘rta maktabni a’lo baholarga tamomlab, Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga o‘qishga qabul qilingan.  1997-1998-yillarda O‘zbekistan Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qoshidagi Vatan-LTD auditorlik firmasi Samarqand filiali hisobchisi sifatida faoliyat yuritgan. 1998-2003-yillarda esa O‘zbekistan Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qoshidagi Vatan-LTD auditorlik firmasi Samarqand filiali yetakchi mutaxassisi; Samarqand kooperativ tijorat kolleji ikkinchi toifali muhandisi bo‘lib ishlagan. Shu yillar mobaynida Jizzax viloyati Baxmal tumani “Baxmal standart” xususiy korxonasi rahbari ham bo‘lgan. Shundan so‘ng ish faoliyatini Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing bo‘limi yetakchi mutaxassisi sifatida davom ettirib, shu o‘quv dargohida Menejment va statistika kafedrasi assistenti, katta ilmiy-xodim izlanuvchi, kafedra dotsenti va professori lavozimlarida ishlagan. 2017-2018-yillarda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti magistratura bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan va hozirgi kunda Bank-moliya xizmatlari fakulteti dekani sifatida o‘z ish faoliyatini yuritmoqda.



   Olimning shu kunga qadar 141 ta  ilmiy  ishi chop etilgan, jumladan, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta uslubiy qo‘llanma, 1 ta uslubiy tavsiya va 1ta monografiya, 10dan ortiq OAK  e’tirof etgan va bir qancha xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar muallifidir. “Marketing  tadqiqotlarida  statistik  tahlili”, “Menejment”, “Makroiqtisodiy  tahlil” o‘quv qo‘llanmalari; “Raqamli  iqtisodiyotning  nazariy  va  amaliy  masalalari” monografiyasi; “O‘zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy  taraqqiyotining  ustuvor  yo‘nalishlari” uslubiy qo‘llanmasi; “O‘zini o‘zi band qilish yo‘llari” uslubiy tavsiyalari chop etilgan. O.Pardayev  2021-yil  yanvardan – 2024-yil  yanvargacha  mo‘ljallangan “ERASMUS+”  dasturi  AgroDev  loyihasi ishtirokchisi hamdir.