Olim

JOMONOV RAVSHAN ORIPOVICH

Filologiya fanlari nomzodi, professor

   Jomonov Ravshan Oripovich, 1960-yil 1-martda Samarqand viloyati Narpay tumanidagi Bolg‘ali qishlog‘ida tug‘ilgan. 1967-1977 yillarda shu qishloqdagi 38-maktabda tahsil oldi va uni 1977-yilda oltin medal bilan tugatdi. 1978-1984 yillarda О‘zbekiston Milliy universiteti (sobiq ToshdU) ning Roman-german filologiyasi fakultetida tahsil oldi.  1984-yilda  universitetni “Filolog, Fransuz tili о‘qituvchisi” ixtisosligi bо‘yicha imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1984-1991 yillarda О‘zbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot institutida ishladi. 1991-yilda “О‘zbek tilining izohli lug‘atiga dialektizmlardan sо‘z tanlash” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1991-yilda filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasi, 1996-yilda “О‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi bо‘yicha dotsent ilmiy unvoni  berilgan.



   1991-2012-yillarda Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutida katta о‘qituvchi, dotsent, “О‘zbek va xorijiy filologiya” kafedrasi mudiri lavozimlarida ishladi. 1992-2008-yillarda mazkur institut Ilmiy kengashining kotibi vazifasini ham bajardi. 2012-2015-yillarda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Tillar va adabiyot” kafedrasi mudiri, dotsenti vazifalarida ishlagan. 2015-yil sentabrdan hozirga qadar О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “О‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti, professori  lavozimlarida ishlab kelmoqda. Shu paytga qadar о‘zbek tili, nutq madaniyati, ma’naviyat va ma’rifat masalalari bо‘yicha 200 dan oshiq maqolalari e’lon qilingan.



   1994-2005-yillarda О‘zbekiston televideniyesining “О‘zbekiston” telekanalida “Alifbo saboqlari” kо‘rsatuvining boshlovchisi bо‘lgan, radio va televideniyeda qator kо‘rsatuvlarda ishtirok etgan. Respublika gazeta va jurnallarida ona tilimizning lug‘aviy, uslubiy imkoniyatlari, sо‘z о‘zlashtirish va sо‘z qо‘llash bо‘yicha ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalari bosilib chiqdi. Ozarbayjon, Turkiya, Germaniya, Rossiya va Qozog‘istonda nashr etiladigan jurnal va ilmiy tо‘plamlarda maqolalari chop etilgan. Oilali 2 nafar farzandi, 5 nafar nevaralari bor.



   Hozirga qadar nashr etilgan asosiy ishlari:





  1. О‘zlashgan sо‘zlar imlo lug‘ati. - Toshkent: Fan, 1998.




  2. Yangi о‘zbek alifbosi va imlo qoidalari. - Toshkent: 2003.




  3. Ona tili – davlat tili. - Toshkent: Adolat, 2004.




  4. Sо‘z va mas’uliyat. - Toshkent: Nishon-noshir, 2010.




  5. X mi H. Qisqacha imlo lug‘ati. - Toshkent: Nishon-noshir, 2010.




  6. О‘zbek tilida sо‘z о‘zlashtirish va imlo muammolari. Monografiya. - Toshkent: О‘zbekiston, 2013.




  7. X va H harfli sо‘zlar imlo lug‘ati. Toshkent: О‘zbekiston, 2015.




  8. Uch ne’mat sohibi. Toshkent: Tamaddun, 2018.



  9. < > fransuzcha-о‘zbekcha anatomik terminlar lug‘ati. -Toshkent: Navrо‘z, 2020.



     10. О‘zbek raqs terminlarining izohli lug‘ati. -Toshkent: Navrо‘z, 2021.