Olim

XANBABAYEV XAKIMJON IKRAMOVICH

Pedagogika fanlari doktori, professor

Xanbabayev Xakimjon Ikramovich 1966-yil 15-martda Fargʻona viloyati Dangʻara tumanida tugʻilgan. U Oʻzbekiston Respublikasi “Xalq ta’limi a’lochisi” koʻkrak nishoni (2005-y.), “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 26 yil” koʻkrak nishoni (2017-y.) va bir qator Faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. Mehnat faoliyatini 1990-yilda Muqimiy nomidagi Qoʻqon davlat pedagogika institutining fizika-matematika fakultetini tamomlagandan soʻng Qoʻqon davlat pedagogika institutida stajyor-oʻqituvchi sifatida boshlagan. 2006-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Zamonaviy informatsion texnologiyalari” ilmiy-texnikaviy markazi Informatika institutida “Texnologik modul komponentlarini boshqarishda maqbul yechimni tanlashning matematik modeli va algoritmlarini ishlab chiqish” mavzusida 05.13.12 – Loyihalashning avtomatlashtirilgan tizimlari ixtisosligi boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 1990–1996-yillarda Qoʻqon davlat pedagogika instituti “Informatika va elektron hisoblash mashinalari” kafedrasi stajyor-oʻqituvchisi, 1996–2001-yillarda Qoʻqon davlat pedagogika instituti Matematika-informatika fakulteti oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari, 2001–2005-yillarda Qoʻqon davlat pedagogika instituti rektor yordamchisi, 2005–2006-yillarda Qoʻqon davlat pedagogika instituti akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash prorektori, 2006–2011-yillarda Qoʻqon davlat pedagogika instituti Fizika-matematika fakulteti dekani, 2011–2012-yillarda Qoʻqon davlat pedagogika instituti rektori vazifasini bajaruvchisi, 2012–2016-yillarda Qoʻqon davlat pedagogika instituti oʻquv ishlari boʻyicha prorektor, 2016-yilda Qoʻqon davlat pedagogika instituti rektori vazifasini bajaruvchisi, 2016–2023-yillarda Qoʻqon davlat pedagogika instituti Fizika-matematika fakulteti dekani lavozimlarida ishlagan. Bu davrda uning rahbarligida o’quv jarayoni va o’quv-uslubiy faoliyatini modernizatsiyalash hamda innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etish maqsadida elektron ta’lim tizimi joriy etildi. Barcha kafedralar qoshida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan o’quv xonalar tashkil etildi va bu xonalarda professor-o’qituvchilar tomonidan yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llab mashg’ulotlar o’tkazilishi yo’lga qo’yildi. 2023-yildan hozirgacha – Qo‘qon davlat universitetining raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt kafedrasi professori lavozimida ishlamoqda. Umumiy mehnat faoliyati 36 yil. Xakimjon Xanbabayev 2004-yilda "Pedagogika yo‘nalishi talabalarining raqamli texnologiyalarga oid kompetentligini rivojlantirishning metodik asoslarini takomillashtirish" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.

2022-2023 yillarda uning “Tarmoq texnologiyalari” nomli darsligi, “Ta'limda axborot texnologiyalari” va «Mutaxassislik fanlarini o'qitish metodikasi” nomli o’quv qo’llanmalari chop etilgan. Professor X.I.Xanbabayev 150 ga ilmiy maqola va tezislar, 3 ta monografiya, 2 ta darslik, 7 ta oʻquv qoʻllanmalar muallifi, respublika miqyosidagi va chet el nashriyotlarida chop etilgan 50 dan ortiq maqolalari, tezis, o‘quv-uslubiy va o‘quv qo‘llanmalari dars jarayonida foydalanish uchun tavsiya etilgan, Scopus, chet el va OAK hamda impakt faktori yuqori bo‘lgan ilmiy jurnallarda, xalqaro va respublika anjumanlarida tezis va maqolalari bilan faol ishtirok etib kelmoqda. Hozirgi kunda 1 nafar doktorant, 3 nafar tayanch doktorant, 2 nafar mustaqil izlanuvchi tadqiqotchilarga ilmiy rahbarlik qilmoqda.. Qoʻqon davlat pedagogika institutida uning rahbarligida 18 yo‘nalishda bakalavr, 12 mutaxassislikda magistratura ochishga erishildi va zamon talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Davlat ilmiy-texnika dasturlarida bajariladigan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar bo‘yicha 10 dan ortiq davlat va 7 dan ortiq xalqaro grantlar olishga erishildi. Uning tashabbusi va rahbarligida universitetda 8 dan ortiq xalqaro, 17 ga yaqin ilmiy-nazariy konferensiyalar o‘tkazildi. Xalqaro ilmiy anjumanlarda dunyoning ko’pgina davlatlaridan mashhur olimlar, shu sohaning mutaxassislari qatnashib, chuqur ilmiy ma’ruzalar qilinib, muhim yechimlarga erishildi. Elektron kutubxona tashkil qilish, nufuzli chet el davlatlarining kutubxonalaridan (Fransiya, Germani-ya) elektron nusxalarni foydalanish yo‘lga qo‘yildi. Buxoro davlat universiteti Respublika oliy o‘quv yurtlari ichida reyting bo‘yicha kuchli beshlikka kiritildi. “Технологик модул компоненталарини бошқаришда мақбул ечимни танлашнинг математик модели ва алгоритмлари” hamda “Pedagogika yo‘nalishi talabalarining raqamli texnologiyalarga oid kompetentligini rivojlantirishning metodik asoslarini takomillashtirish” nomli 2 monografiya va o‘quv qo‘llanma chop etildi.

Informatika o‘qitish samaradorligini oshirish uchun yangi pedagogik texnologiyalardan, shu jumladan, interfaol usullardan foydalanish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi. Ushbu yo‘nalishda 2 doktorlik va 4 nomzodlik ishlari himoya qilindi, 10 dan ortiq dasturiy mahsulotlar uchun guvohnomalar olindi, darslik va o‘quv qo‘llanma chop etildi;

X.I.Xanbabayevning tashabbusi bilan universitetda bajarilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining samaradorligi va natijalarini xalq xo‘jaligining turli sohalarida qo‘llash fan va ishlab chiqarishning innovatsion korporativ (o‘zaro manfaatli) hamkorligining samarali mexanizmini yo‘lga qo‘yish yuzasidan yaxshi natijalarga erishildi.

Yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ularni ish o‘rinlari bilan ta’minlash jarayonida ishlab chiqarishning rolini kuchaytirish, institut tizimida amalga oshirilayotgan tadqiqotlarning natijaviy samaradorligini yanada oshirish, professor-o‘qituvchilar va mutaxassis-olimlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot faoliyati natijasida yaratilayotgan ilmiy-texnologik ishlanmalarning tegishli sohalarga korporativ hamkorligini ta’minlash borasida institut huzurida “Informatika muammolari”, “Quyosh energiyasidan foydalanish” kabi ilmiy laboratoriyalari tashkil etildi.



Bugungi kunda u Qo‘qon davlat universitetining raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt kafedrasi professori lavozimida ishlar ekan, o‘zining kasbiy tajribasi va innovatsion texnologiyalar sohasida to‘plangan bilimidan foydalanib, 1 nafar doktorant, 3 nafar tayanch doktorant, 2 nafar mustaqil izlanuvchi tadqiqotchilarga ilmiy rahbarlik qilmoqda.

X.I.Xanbabayev “World scientific research journal” va “Nafosat olami” jurnali tahririyati a’zosi. Qo‘qon davlat universiteti qoshidagi PhD ilmiy darajalarini berish bo‘yicha ilmiy kengash a’zosi. Qo’qon shahri va Farg’ona viloyatidagi maktablarda keng ko‘lamli o‘quv va kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini olib boradi, turli davlat tadbirlarida faol ishtirok etadi, seminar-treninglar o‘tkazadi, bilim va tajribasi bilan o‘rtoqlashadi.

X.I.Xanbabayev uzoq yillar davomida fan va innovatsion texnologiyalar sohasida xalqaro ilmiy aloqalarni rivojlantirishga ham faol yordam berib kelmoqda.