Olim

USMANOV ILXOM ACHILOVICH

Texnika fanlari nomzodi, professor

   Usmanov Ilxom Achilovich 1955-yilda Samarqand viloyati Jomboy tumanida tug‘ilgan. 1977-yilda Samarqand Davlat arxitektura-qurilish institutini muhandis quruvchi mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan. Texnika fanlari nomzodi, 1988-yilda Moskva shaxrida  nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan. 1977-1981-yillarda “Samzagotxlopkoprom” birlashmasi muhandisi va bosh muhandisi, 1981-1982-yillarda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti eksperimental loyiha tashkiloti muhandisi, 1982-2000-yillarda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti “Qurilishni tashkil etish va rejalashtirish” kafedra assistenti va dotsenti, 2000-2001-yillarda Samarqand kooperativ instituti “Menejment va axborotlar texnologiyasi” kafedrasi dosenti, kafedra mudiri lavozimlarida ishlab kelgan. Keyinchalik Samarqand iqtisodiyot va servis institut akademik lisey va kasb-hunar kollejlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor, shu institutning “Menejment” kafedrasi dotsent lavozimlarida ishlagan. 2016-yil sentabr oyidan Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutining “Qurilishda menejment”  (keyinchalik “Qurilish iqtisodiyoti va menejment” deb nomlangan) kafedrasining dotsenti, 2022-yil mart oyidan mazkur kafedraning professor vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlab kelmoqda. U 200dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar muallifi, shulardan 3ta monografiya, 3ta o‘quv qo‘llanma va 20dan ortiq ilmiy maqolalardir. Usmanov.I.A doimiy ravishda pedagogik ko‘nikmalarini va mahoratini oshirish ustida ishlab keladi. Mashg‘ulotlarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida olib boradi, talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatiga rahbarlik qiladi. Institutda va respublikada o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlarda ma’ruzalar bilan chiqish qilib boradi.