Musayeva Shoira Azimovna, 1956 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek. 1977-yil Samarqand kooperativ institutining “Tovarshunos” mutaxassisligi diplomiga ega bo‘lgan. 1989-yil 26-dekabrda Moskva kooperativ instituti huzuridagi 08.00.25 - “Noishlab chiqarish sohasi iqtisodiyoti, rejalashtirish va boshqarishni tashkil etish” (iqtisodiyot fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Kooperativnaya torgovlya knigami v Uzbekskoy SSR i puti yeyo sovershenstvovaniya” mavzusida iqtisod fanlari nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. OAKning 1990 yil 30 may 69-sonli bayonnomasiga asosan Musayeva Shoira iqtisodiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi (diplom KD № 015962). OAKning 1997 yil 9 yanvar 42/1-sonli bayonnomasiga asosan Musayeva Shoiraga “Tijorat va savdo logistikasi” kafedrasi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoni berildi (diplom OZ № 002390). 1997 yil 2 sentyabrdan boshlab Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Tijorat va savdo logistikasi” kafedrasi dotsenti lavozimiga o‘tkazildi. Umumiy ish staji 45 yil, ilmiy va pedagogik ish staji 32 yil. 1990-yildan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutida ishlab kelmoqda.
Mehnat faoliyati :
- 04.07.1992-01.09. 1993 - “Marketing” kafedrasi assistenti;
- 01.09.1993-02.09.1997 - “Savdoni tashkil etish” kafedrasi katta o‘qituvchisi;
- 02.09.1997-01.11.1997 - “Tijorat va savdo logistikasi” kafedrasi dotsenti;
- 01.11.1997-03.03.2021 - “Marketing” kafedrasi dotsenti;
- 03.03.2021 h.v. – “Marketing” kafedrasi prof. vazifasini bajaruvchi.
Musayeva Shoira Azimovna 1992-yildan 2003-yillarda Tijorat fakulteti, Buxgalteriya va moliya fakulteti talabalariga “Savdo logistikasi”, “Tadbirkorlik asoslari”, “Bojxona faoliyati asoslari”, “Xalqaro transport operatsiyalari”, “Tijorat tavakkalchigi”, “Marketing”fanlarini o‘tgan. 2005-yildan buyon Bank-moliya xizmatlari, Iqtisodiyot va menejment, Servis va turizm fakultetlarining 5230600-Moliya, 5230900-Buxgalteriya hisobi va audit, 5230100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), 5230200-Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), 5230400-Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), 5610100-Xizmatlar sohasi (restoran ishi) 5610200-Mexmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish, 5610300-Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha), 70412501 – Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalarga “Marketing”, “Xalqaro marketing”, “Bojxona ishi”, “Marketing tadqiqotlari”, “Marketing kommunikatsiyasi”, “Innovatsion marketing”, “Marketingni boshqarish”, “Integrallashtirilgan marketing kommunikatsiyasi” fanlaridan maʼruza va amaliy mashg‘ulotlar olib bormoqda. Musayeva Shoira Azimovna pedagogik faoliyati davomida bir qator fanlardan maʼruza va amaliy mashg‘ulotlar olib bormoqda. Shular qatoriga, magistratura taʼlim yo‘nalishlariga “Xalqaro marketing”, Lizing xizmatlari marketingi”, “Xizmatlar bozorida marketing tadqiqotlari” “Innovatsion marketing”, “Integrallashtirilgan marketing kommunikatsiyasi” fanlarini o‘tgan. Bakalavr taʼlim yo‘nalishlariga “Marketing”, “Marketing tadqiqotlari”, “Marketingni boshqarish” fanlarini kiritish mumkin.
2019-2020 o‘quv yilida “Marketing” fanidan 5230100- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) (80 soat), 5230200 – “Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha),” (80 soat), 5230400 – “Marketing(tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” (128 soat) taʼlim yo‘nalishlarida “Marketing tadqiqotlari” fanidan (152 soat) maʼruza va seminar mashg‘ulotlari olib borgan. Shu bilan birgalikda 22 nafar magistratura talabalarning dissertatsiya ishiga rahbarlik qilgan. 62 ta bitiruv malakaviy ishiga va 62 nafar talabaning bitiruv oldi amaliyotiga rahbarlik qilgan. 1992-2022 o‘quv yillarida 2-kurs va 3-kurs “Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” taʼlim yo‘nalishlari talabalariga “Marketing” va “Marketing tadqiqotlari” fanlaridan kurs ishlariga rahbarlik qilgan. Musayeva Shoira Azimovna maʼruza va amaliy mashg‘ulotlarni axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘tmoqda. Uning pedagogik mahorati o‘quv-uslubiy bo‘limi, institutning taʼlim sifatini nazorat qilish hamda ichki nazorat va monitoring bo‘limlar tomonidan muntazam o‘tkazib kelinadigan “Pedagog – talaba nigohida” so‘rovnomalarida talabalar tomonidan aʼlo baholangan. Kafedra professor-o‘qituvchilari jamoasi, fakultet ilmiy-uslubiy Kengashi aʼzolari va institut o‘quv-uslubiy kengash xodimlari Musayeva Shoira Azimovna maʼruza va amaliy mashg‘ulotlarini olib borish faoliyatini tahlil qilib, uning pedagogik faoliyatiga yuqori baho bergan. Dars jarayonida zamonaviy pedagogik va uslubiy yutuqlardan samarali foydalanib kelayotganligini alohida taʼkidlangan.
Dars mashg‘ulotlarini “ZiyoNet” axborot-resurs portali materiallaridan foydalangan holda o‘tkazishda va talabalar bilan o‘quv-tarbiyaviy, ilmiy-pedagogik, ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazishda tashkilotchi va faol pedagogdir. Musayeva Shoira Azimovna kafedrada o‘qitiladigan fanlardan o‘quv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini yaratish borasida bir qator ishlar olib bormoqda. Xususan:
1. “Tadbirkorlik va biznes asoslari” o‘quv qo‘llanmasi. “Zarafshon” nashriyoti, 1994 yil .
2. “ Tijorat va savdo texnologiyasi” o‘quv qo‘llanmasi. “Zarafshon nashriyoti”, 1995 yil.
3. “Bojxona ishi” o‘quv qo‘llanmasi Samarqand. SKI bosma xonasi, 1997y.
4. “Marketing asoslari va tijorat ishi” o‘quv qo‘llanmasi. 2011yil. ILM-ZIYO nashriyoti, 2011 yil.
5. “Turizmda marketing tadqiqotlari” o‘quv qo‘llanmasi. Samarqand 2018 yil.
6. “Innovatsion marketing” o‘quv qo‘llanmasi. Samarkand “TURON NASHR”, 2021yil.
7. “Integrallashtirilgan marketing kommunikatsiyasi” o‘quv qo‘llanmasi, Samarqand, “Mahorat” nashriyoti-matbaa ijodiy uyi, 2022yil.
8. 5230400 – Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishining IV kurs talabalari uchun bitiruv oldi amaliyot dasturi va uslubiy ko‘rsatmasi, Samarqand, SamISI, 2021y.
9. 5230400 – Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) Marketing tadqiqotlari fanidan kurs ishlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko`rsatma. Samarqand, SamISI, 2021y.
U pedagogik va ilmiy faoliyati davomida respublika va viloyatlarda bo‘lib o‘tgan xalqaro, mintaqaviy ilmiy–amaliy anjumanlarda iqtisodiyot sohalarini rivojlantirishning nazariy masalalari, ichki va xalqaro savdo munosabatlarini tartibga solish masalalariga, isteʼmolchilarning ehtiyojlarini to‘laroq qondirishga oid bir qancha maʼruzalari va ilmiy maqolalari bilan bevosita ishtirok etgan. Musayeva Shoira Azimovna Kafedraning hamkorlik korxonalarida har hafta shanba kunlari talabalar amaliy darsini olib bordi va samrqand viloyati televideniyasiga birnecha bor chiqishlar qildi. Iqtisodiyot fanlari nomzodlik dissertatsiyasi himoyasidan keyin Musayeva Shoira Azimovna tomonidan qator ilmiy ishlar chop etilgan. Jumladan, 5 monografiya, OAK tomonidan tan olingan respublika jurnallarida 6 maqola, xorijiy ilmiy jurnallarda 140 maqola, xalqaro, respublika va hududiy ilmiy-amaliy anjumanlarda 90 maʼruza qilingan, xususan:
a) Monografiyalar:
1. To‘qimachilik korxonalarida maxsulotlar eksporti saloxiyatini oshirish bo‘yicha marketing dasturini ishlab chiqish. Monografiya. Samarqand, Zarafshon nashriyeti, 2019 yil. -103b.
2. Mebel ishlab chiqarish korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha marketing dasturini ishlab chiqish. Monografiya. SamISI nashriyoti, Samarqand SamISI bosma xonasi. 2020yil. – 164 b
Musayeva Shoira Azimovna institut, fakultetda o‘tkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda faol ishtirokchi sifatida faoliyat olib bormoqda. U institut va viloyat miqyosida tashkil etilayotgan tadbirlarda ham faol ishtirok etib kelmoqda. Uzoq muddatli samarali pedagogik faoliyati va vatanimiz rivojiga qo‘shgan hissasini hisobga olgan xolda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlariga binoan Musayeva Shoira Azimovna “O‘zbekiston Mustaqilligining 15 yilligi” va “O‘zbekiston Mustaqilligining 30 yilligi” Ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.
Muntazam ravishda taʼlim-tarbiya va maʼnaviy-maʼrifiy sohaga oid qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari mazmuni bilan talabalarni va keng aholini tanishtirib borishda ham faol o‘qituvchilardan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 22 dekabrdagi, 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomalaridan kelib chiqadigan vazifalarni keng jamoatchilikka targ‘ib qilishda faol ishtirok etdi. Xususan, 2018 yil 6 yanvar kuni Samarqand viloyati Urgut tumani agrosanoat va servis kasb-hunar kolleji, 2020 yil 2 fevral kuni Charxin iqtisodiyot kasb-hunar kollejida bo‘lib, maʼruzalar qildi. Musayeva Shoira Azimovna 2022 yil 13 yanvar kuni “O‘zbekiston Qurolli kuchlarining tashkil topganligining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan institutimizda tashkillashtirilgan davra suhbatida, “Ogohlik – davr talabi” tadbiri doirasida bo‘lib o‘tgan “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash” mavzusidagi davra suhbatida faol ishtirok etdi. “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi” mavzusida bakalavr bosqichi talabalariga maʼruzalar o‘qib, rivojlanish strategiyamiz bo‘yicha kerakli maʼlumotlar berdi. Musayeva Shoira Azimovna institut miqyosida tashkillashtirilgan xotin-qizlar o‘rtasida sport musobaqalarini tashkil etish va terma jamoalarni shakllantirish bo‘yicha keng ko‘lamdagi ishlarni olib bormoqda. SamISI fakultetlar kesimida har haftaning payshanba kunida bo‘lib o‘tadigan “Maʼnaviyat kuni” tadbirlarida mafkuraviy tarbiya ishlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari bo‘yicha MR-118 akademik guruhiga murabbiylik asosida tushuntirish ishlari olib borgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 8 noyabrdagi 08-32-31 son xatida belgilangan vazifalar ijrosiga ko‘ra 2021 yil 18 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 30 yilligini munosib o‘tkazish maqsadida Mr-118 guruh murabbiysi Musayeva Shoira Azimovna talabalari tomonidan sheʼrxonlik kechalari, shuningdek, insholar tanlovi ham o‘tkazish rejalari haqida gapirib berdilar. Shuningdek, “Iftihorim - Bayrog‘im” mavzusidagi tadbirda aktiv ishtirok etdilar. Musayeva Shoira Azimovna “Marketing” kafedrasida talabalar ilmiy izlanish ishlari bo’yicha rahbarlik qilib kelmoqda. Musayeva Shoira Azimovna rahbarligida Mr-117 guruh talabasi Tursunmurodov.S xalqaro fan olipiadalarda ikki marta 1 darajali diplomga sazovor bo‘ldi. Tursunmurodov.S “Marketing” fanidan Respublika olimpiadasining uchinchi bosqichida ishtirok etib III-darajali diplomga sazovor bo’ldi. Ik-219 talabasi Usmanov F.SH. Musayeva Shoira Azimovna rahbarligida «Nekotorie voprosi otsenki masshtabov tenevoy ekonomiki» ilmiy maqolasi bilan tanlovga ishtirok etib, 1-darajali “Student goda – 2020” diplomga sazovor bo‘ldi.
Musayeva Shoira Azimovna Samarqand viloyati Jomboy tuman “Samarqand” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan tadbirlar faol ishtirokchisidir. Musayeva Shoira Azimovna “Samarqand” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi o‘rtasida maʼrifiy, maʼnaviy-mafkuraviy muhitni yanada yaxshilash va rivojlantirish borasida ko‘plab davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etgan. SamISI miqyosida olib borilayotgan yoshlar siyosati yuzasidan amalga oshiriladigan tadbirlarida faol ishtirok etadi. Yoshlar o‘rtasida diniy, maʼrifiy, maʼnaviy-mafkuraviy muhitni yanada yaxshilash va rivojlantirish borasida ko‘plab davra suhbatlari, uchrashuvlar, maʼruzalarda ishtirok etgan. Xususan, 2019 yil Samarqand moliya va iqtisodiyot kolleji va Charxin ijtimoiy iqtisodiy kasb-hunar kollejida davra suhbatida ishtirok etgan. 2020 yil yanvar-fevral oylarida “Samarkand APPAREL XK MChJda” stajirovka o‘tagan va u yerda uchrashuvlar o‘tkazgan. 2020 yil 26 may “Gulobod mebel” MChJda uchrashuv o‘tkazgan. Musayeva Shoira Azimovna institut bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, 2017 yil 18 may, 2018 yil 16 may, 2019 yil 20 may va 2022yil 14 may sanalarida institutda tashkil etilgan “Karera kuni” tadbirlarini tashkil qilishda faol ishtirok etgan. Institutning maʼnaviy maʼrifiy tadbirlarida, xususan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining eʼlon qilingan kun, 9-fevral – Alisher Navoiyning tug‘ilgan kuni, 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni, buyuk ajdodlarimiz tavallud kunlariga bag‘ishlab o‘tkaziladigan tadbirlarda, 8 Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni, 21 mart – Navro‘z va boshqa tantanali bayramlarda birgalikda faol qatnashadi va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar olib boradi.