Qozogʻiston respublikasi siyosiy fanlari Akademiyasining haqiqiy a’zosi Rossiya federatsiyasining fundamental fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zosi Falsafa va hayot xalqaro jurnalining mas’ul muharriri. 1962-yil, 26-martda Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanida ziyolilar oilasida tugʻilgan. Maktabda ilmga chanqoqligi tufayli “Gʻuncha” va “Gulxan” jurnallarida she’r va hikoyalari nashr etilgan. 1977, 1978, 1979-yillarda maktab oʻquvchilarining fan olimpiadalarida ishtirok etgan va til va adabiyot fani boʻyicha 1, 2 oʻrinlarga sazovor boʻlib oliy oʻquv yurtiga oʻqish uchun tavsiyanoma olgan va oʻrta maktabni oltin medal bilan bitirgan. Biroq, u oʻz oilasida faylasuflar an’analarini davom ettirish maqsadida 1979-yilda hozirgi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining (ToshDU) falsafa va siyosiy iqtisod fakulteti falsafa ta’lim yoʻnalishiga oʻqishga kirgan va 1984-yilda imtiyozli diplom bilan bitirib katta hayotga yoʻllanma olgan. U oʻz faoliyatini Toshkent tibbiyot instituti “Falsafa” kafedrasida oʻqituvchi lavozimi bilan boshlagan. 1986-yilda Toshkent davlat pedagogika universitetida aspiranturaga oʻqishga kirib, 1988-yilda uni muddatidan oldin himoya bilan bitirgan.
Nigina Arslanovna oʻzining ilmga chanqoqligi, tashabbuskorligi bilan ajralib turgan. XX yillarning 90-yillarida turmushning muammolari ummonida qolib ketgan boʻlsa-da, lekin oʻzining ilmiy faoliyatini davom ettirishga harakat qilgan va 1997-yilda Oʻzbekiston Milliy universitetiga 09.00.01-Ontologiya, gnoseologiya va mantiq ixtisosligi boʻyicha doktoranturada oʻqigan va 2002-yilda dissertatsiyani himoya qilib, shu univeristetda “Falsafa va fan metodologiyasi” kafedrasining mudiri lavozimiga saylangan. Aynan shu davrdan Nigina Arslanovnaning ilmiy faoliyati serqirra ahamiyat kasb eta boshlagan.
U yangi avlod kadrlarini tayyorlash ilmiy adabiyotlarni yaratish, xalqaro aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratgan. Shu bois hozirgi kunda Nigina Shermuxamedova “Ontologiya, gnoseologiya va mantiq” va “Gʻoyalar tarixi va metodologiyasi ilmiy yoʻnalishlarida 25 nafar shogird tayyorlagan, ular orasida 1 nafar Tojikiston fuqarosi borligi, 3 nafar xorij fuqarolariga opponent boʻlganligi uning faoliyati qamrovining kengligidan dalolat beradi.
Hozirgi kunda Nigina Shermuxamedova 3 nafar xorijlik ilmiy tadqiqotchilarga (Rossiya, Qozon, Sankt Peterburg, Qozogʻiston) ilmiy rahbar sifatida faoliyat olib bormoqda. Nigina Shermuxamedova jami 300dan ortiq ilmiy tadqiqot ishlarining muallifi, jumladan 30 ta yakka mualliflikdagi darsliklar, 17 ta xalqaro monografiyalarning hammualiflikdagi monografiyalarni, xalqaro va respublika jurnallarida ilmiy maqolalar nashr etgan va uning ilmiy ishlarining salmogʻi xaqaro jamoatchilik tomonidan tan olinmoqda, zero hozirgi kunda N.Shermuxamedovaning xalqaro Hirsh indeksi 14 ga va scopus bazasidagi Hirsh indeksi 1ga tengdir. Nigina Shermuxamedova jamoatchilik ishlarida ham doim faol ishtirok etadi. U OʻzMU huzuridagi ilmiy kengashning raisi va ilmiy seminar a’zosi boʻlish bilan bir qatorda “Falsafa va hayot” xalqaro jurnalining bosh muharriri hamdir. Shuningdek, Rossiyada 2ta, Qozogʻistonda 4 ta, Ozarbayjonda 2 ta, Qirgʻizistonda 1ta, Oʻzbekistonda 2 ta xalqaro jurnallarning tahrir hay’ati a’zosidir. U 2018-yilda Rossiya fundamental fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi, 2022-yilda Qozogʻiston siyosiy fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylangan. Nigina Shermuxamedova AQSH, Yaponiya, Xitoy, Koreya, Shvetsiya, Shvesariya, Rossiya, Ozarbayjon, Turkiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Tojikiston, Dogʻiston, Tatariston, Iron, Belgiya, Gollandiya, Germaniya, Gretsiya davlatlarining turli shaharlarida oʻtkazilgan xalqaro kongresslar, simpoziumlar, konferensiyalarda ishtirok qilgan va shu konferensiyalarning tashkiliy qoʻmitasi a’zosi boʻlgan. 2022-yilda Ozarbayjonning Baku shahrida oʻtkazilgan 1 turkiy xalqlar adabiyoti kitob festivalida oʻzining falsafa boʻyicha yaratgan turkum kitoblari bilan ishtirok etgan va 1 darajali mukofot bilan taqdirlangan.
2022-yildan OʻzMU huzuridagi Falsafa bakalavr ta’lim yoʻnalishi oʻquv rejasiga “Turkiy xalqlar falsafasi”, “Barqaror taraqqiyot va globallashuv jarayonlari”, “Tarbiya va ta’lim” fanlarini kiritgani va shu sohalarga tegishli turkum adabiyotlarni tayyorlashda xorij olimlarini jalb etayotganligi xalqaro jamoatchilik tomonidan tan olinmoqda. Nigina Shermuxamedova mohir tashkilotchi hamdir. U yoshlarda vatanparvarlik, va milliy gʻurur tuygʻusini shalklantirish maqsadida “Alla”, “Hech kimga bermaymiz seni Oʻzbekiston”, “Yoshlik bahori” kabi talaba yoshlarning festivallarini tashkil etgan. Nigina Shermuxamedovaning pedagogik, ilmiy va tashkilotchilik faoliyati respublika va xalqaro darajada munosib taqdirlagan. Eng avvalo uning 5 ta darsligi Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining “Yilning eng yaxshi darsligi va oʻquv adabiyoti” respublika tanlovida 1, 2, 3, darajali diplomlar va 2 ta ragʻbatlantiruvchi mukofotlar bilan taqdirlangan. Nigina Shermuxamedova Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining “2017-yilning eng yaxshi pedagogi” tanlovida gʻolib boʻlgan. Shuningdek, Nigina Shermuxamedova “Oʻzbekiston Respublikasining 20 yilligi”, “Oʻzbekiston Respublikasining 30 yilligi”, “Oʻzbekiston Respublikasining mehnat faxriysi” “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 30 yilligi” koʻkrak nishoni, Ozarbayjonning “Nizomiy Ganjaviy”, “Ashik dede Ali Esker” medali, Turkiyaning “Turksoy” xalqaro tashkilotining “Nizomiy Ganjaviy oltin medali”, Qozogʻistonning oʻzbek etnomadaniy birlashmasining “Doʻstlik” medali bilan taqdirlagan. Nigina Shermuxamedova ikki bolaning onasi va 2 nabiraning buvijonisi va 30dan ortiq shogirdlarning ustozi sifatida hayot falsafasini faqat birinchilar qatorida boʻlish hatto oʻzidan ham oldinda boʻlishga intilishga bagʻishlagan zamondosh olamadir.