Yarova Sevara Boxodir qizi 1990-yil 29-avgustda Qarshi shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. 1996–2004-yillari – 75-umumta’lim maktabi, 2005–2007-yillari – Maishiy xizmat kasb-hunar kolleji, 2008–2012-yillari – Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini “Kasbiy ta’lim” (Suv xo‘jaligi melioratsiyasi) ta’lim yo‘nalishida tahsil olgan. 2012–2014-yillar – Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini “Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” mutaxassisligi magistraturasida tahsil olgan, 2014–2021-yillar – “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limida Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi mas’uli bo‘lib faoliyat yuritgan, 2021–2022-yillarda – “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Professional ta’lim” kafedrasi stajyor-tadqiqotchisi bo‘lgan. 2022–2024-yillari TIQXMMI MTUning tayanch doktoranturasida tahsil olgan. 2024-yildan hozirgi kunga qadar – TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetining “Professional ta’lim” kafedrasi Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta o‘qituvchisi lavozimida faoliyat olib bormoqda. Faoliyati davomida S. B. Yarova “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Professional ta’lim” doktoranti, Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 25.10.2007-yil №138-son qarori bilan ro‘yxatga olingan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filiali qoshidagi “Mug‘allim hem uzluksiz bilimlendiriw” ilmiy-metodik jurnallarida tahririyat a’zosi sifatida faoliyat yuritmoqda.
2025-yilda “Talabalarda tayanch kompetentlilikni innovatsion hamkorlik asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusida, 13.00.05- “Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari buyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Universitetda ishlash davrida mavzu bo‘yicha keng ko‘lamli ilmiy ishlar olib borgan. 2015-yil yanvaridan 2018-yil martgacha “Ingliz tili” kursi bo‘yicha “USCHOOL” o‘quv markazida o‘qigan.
Pedagogik ish faoliyati davrida bilimi, kasbiy va pedagogik mahoratini oshirish ustida uzluksiz ish olib bormoqda. 70 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlanmalar muallifi. Ilmiy tadqiqot ishi doirasida erishilgan natijalar: 10 ta respublika ilmiy-uslubiy va 8 ta xorijiy ilmiy jurnallarda maqola; 16 ta xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy kongress va konferensiyalarda maqola (hammualliflikda: Amsterdam, Qozoqiston va Frantsiya); 24 ga yaqin respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda maqola va tezis; 3 ta uslubiy qo‘llanma va 2 ta uslubiy ko‘rsatma (yakka mualliflikda, hammualliflikda); 1 ta monografiya; 2 ta o‘quv qo‘llanma muallifi, 1 ta mobil ilova va 5 ta DGU muallifi. “Boshqaruv psixologiyasi” fanidan o‘quv qo‘llanma nashr etgan va darsda qo’llanilib kelmoqda. “Ta’lim jarayonini boshqarish” fanidan Mobil ilova yaratgan hamda o’quv jarayonida tadbiq etilgan. “Talabalarning ijtimoiy kompetentligini innovatsion hamkorlik asosida takomillashtirishning nazariy asoslari” nomli monografiyasi nashrdan chiqqan hamda amaliyotda foydalanib kelinmoqda. “Akademik ko‘nikmalar va kasbiy kompetentlik” fanidan yakka mualliflikda o‘quv qo‘llanma nashr etgan va darslarda qo’llanilib kelmoqda. Fakultet tarkibidagi “Gidromelioratsiya” va “Kasbiy ta’lim” ta’lim yo‘nalishi namunaviy o‘quv rejalari, fan dasturlari bilan ishlash, kadrlar iste’molchisi hisoblangan korxona va tashkilotlarning talablari asosida ishchi o‘quv rejalari va fan dasturlarini tahlil qilish, takomillashtirish borasida ish tajribasiga ega. S.Yarova ilmiy-ijodiy faoliyat bilan bir qatorda tashkiliy ishlarni ham muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Jumladan, “Professional ta’lim” kafedrasi Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish to‘garagi raxbari sifatida talabalar o‘rtasida turli xil tanlovlar, Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyalar va boshqa bir qator tadbirlarda ishtirok etib kelmoqda. Maxsus fan o‘qituvchilarini doimiy ravishda malakalarini oshirish bo‘yicha tashkil qilingan “Pedagogik mahorat maktabi” kursini takomillashtirishda trener sifatida dars berish bilan birga diplom, faxriy yorliq, sertifikatlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlangan. U o‘ziga topshirilgan ishni mas’uliyat va halollik bilan amalga oshirib kelmokda. Institutning rejali ishlarini bajarishda va jamoat ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Jamoada mas’uliyatliligi, mehnatsevarligi bilan alohida hurmatga ega, doimiy ravishda o‘z malakasini, siyosiy, iqtisodiy va ilmiy-nazariy saviyasini oshirish ustida qat’iyat va sabr-toqat bilan ishlab kelmoqda, ahloqiy-ijtimoiy faoliyat sohasida ham namunali insondir. Yarova Sevara Boxodir qizi hozirgi kunda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Professional ta’lim” kafedrasi katta o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. 2025-yildan S.Yarova Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filiali qoshidagi “Mug‘allim hem uzluksiz bilimlendiriw” ilmiy metodik jurnalida tahririyat a’zosi sifatida faoliyat yuritmoqda.