Olim

RAHIMOV RAHIMBOY ATAJANOVICH

Texnika fanlari doktori, professor

   “Qurilish materiallari va buyumlari” va “Silikatlar va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari doktori, Urganch davlat universiteti professori, Rossiya tabiiy fanlar akademiyasining (haqiqiy a`zosi) Akademigi, Urganch Innovatsiyalar universiteti rektori maslahatchisi Rahimboy Atajanovich qurilish va silikat sohasida yangi ixtirolar yaratib texnika sohasini uyg‘un rivojlantirish borasida ibratli ishlarni amalga oshirayotgan faol va tajribali olimlardan biri hisoblanadi. R.A.Rahimov 1965 yil Xorazm viloyatining Xiva shahrida tug`ilgan. 1982-1989 yillar Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini “Muxandis-quruvchi” mutaxassisligi bo`yicha tamomlagan. Litva respublikasining Vilnyus shahridagi Qurolli kucnlari safida (1983-1985) xizmat qilgan. 1990-yil Ukraina respublikasi Kiev injinerlik-qurilish instituti aspiranturasida ilmiy izlanishlarni boshlagan.



   O‘zR Fanlar akademiyasi mintaqaviy bo‘limi Xorazm Ma`mun akademiyasining “Janubiy Orolbo‘yi tarixiy me`moriy yodgorliklarning qurilish materiallarini sinash va ta`mirlash” laboratoriyasi mudiri lavozimidagi faoliyati natijasidagi ixtirolari va tadqiqotlari bo‘yicha 5 ta O‘zR patenti sohibi Rahimboy Atajanovichning Ilmiy izlanishlari natijalari Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining Arxitektura-qurilish nazorati bosh boshqarmasi, Standartlashtirish va sertifiqatlashtirish Respublika Markazi tomonidan O‘zR standarti 379-95 “Silikat g‘isht va toshlar”ga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflar kiritilib tasdiqlangan. 1-10-sentyabr 1998-yil intellektual mulk bo`yicha Jeneva (Shveysariya) da bo`lib o`tgan “Butun dunyo fanlari kuni” XXVI- Xalqaro ko`rgazmasida ilmiy ishlanmalari yuksak baholanib Bronza Меdаli va sifat diplomi bilan taqdirlangan.



   Professor R.A.Raximov innovatsiya tadqiqot ishlarini amaliyotga tadbiq qilishga katta axamiyat berib kelmoqda. Uning tashabbusi bilan tajriba-eksperimental aniqlash usullarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Ilmiy ishlanmalar natijasida mahalliy mineral xom-ashyolar va ularning chiqindilarini faollashtirishning istiqbolli texnologiyalari ishlab-chiqarishga tadbiq etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini  07.08.2006-yildagi PQ-436-sonli “Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiya markazi yangi texnologiyalarni amaliyotda qo‘llash, mamlakat ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalarini hal etish mavjud ilmiy-texnologik salohiyatdan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan amaliy, ilmiy-texnika loyihalari tanlovlarida qatnashib 2 ta amaliy va 8 ta innovatsion Davlat grantlarida g‘olib bo‘lgan. 2009-11- yillarga mo`ljallangan Davlat Amaliy ilmiy-texnikaviy loyihalar (Er to`g`risidagi fanlar (geologiya, geofizika, seysmologiya va mineral хоm-аshyoni qayta ishlash)) Seysmologiya, binolar va inshootlar seysmik xavfsiligi va qurilish yo`nalishidagi ITD.16-002 raqamli Davlat loyihasi rahbari.



   2012-13- yillarga mo`ljallangan Davlat Innovatsiya ilmiy-texnikaviy loyihalar (Kimyo-texnologiyalari va nanotexnologiyalar  (organik, noorganik, polimer va boshqa tabiiy materiallar olishning yangi texnologiyalari)) IOT-2012-7-05 raqamli Davlat loyiha rahbari.



   2015-16- yillarga mo`ljallangan Davlat Innovatsiya ilmiy-texnikaviy loyihalar (Er to`g`risidagi fanlar (geologiya, geofizika, seysmologiya va mineral хоm-аshyoni qayta ishlash)) Seysmologiya, binolar va inshootlar seysmik xavfsiligi va qurilish yo`nalishidagi IОТ-2015-8-7 raqamli Davlat loyihasi rahbari.



   2017-18- yillarga mo`ljallangan Davlat Innovatsiya ilmiy-texnikaviy loyihalar (Er to`g`risidagi fanlar (geologiya, geofizika, seysmologiya va mineral хоm-аshyoni qayta ishlash)) Seysmologiya, binolar va inshootlar seysmik xavfsiligi va qurilish yo`nalishidagi IОТ-2017-8-1 raqamli Davlat loyihasi rahbari.



   Uning raxbarligida maxalliy va ikkilamchi xom-ashyolar asosida qurilish materiallarining yangi avlodini yaratish ustida olib borilayotgan Davlat grantlari asosida bajarayotgan ilmiy-amaliy va innovatsion ishlanmalari qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasi rivojiga, mamlakatimiz iqtisodiyoti yuksalishiga va sanoat korxonalari chiqindilarini ishlatish hisobiga istiqbolli va dolzarb ekologik muammolarning xal etilishiga katta hissa qo‘shmoqda. O`zbekiston mahsuloti raqobatdoshligi oshirish va jaxon bozorlarida mavqeini mustahkamlashga yo`naltirilgan mahalliy va ikkilamchi xom-ashyolarni qayta ishlash  innovasion loyihalar Respublika ko`rik tanlovida "Qurilish materiallari sanoatida eksportbop mahsulot ishlab chiqarish yo`nalishi bo`yicha" 3-o`ringa sazovor bo`lib, mahsus diplom bilan tadirlangan. Professor R.A.Raximov ilmiy rahbarligida doktorlik dissertatsiyalari himoya qilinmoqda. Shuningdek 50 dan ortiq nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari avtoreferatlariga taqrizlar bergan, shunihgdek 5 ta doktorlik va 13 ta nomzodlik dissertatsiyalariga rasmiy opponentlik qilgan.



   O‘zbekiston Respubliksi Prezidentining “Iste`dod” jamg‘armasi granti sovrindori sifatida Malayziya Davlatining Mara Texnologiya universitetida, O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi mutaxassislarni xorijda tayyorlash bo`yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati sifatida Rossiya Federatsiyasining Moskva Davlat Qurilish universitetida, I.M.Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neft va gaz universitetida, hamda M.Aуеzov nomidagi Janubiy Qozoqiston Davlat universitetida mutaxassisligi bo‘yicha o‘z malakasini oshirib qaytgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ta`lim tizimini darslik va o‘quv adabiyotlari bilan ta`minlashni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq yangicha pedogogik texnologiyalar asosida Oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligining grifi asosida oliy o‘quv yurtlarining qurilish ta`lim yo‘nalishlari uchun 8 ta darslik va o‘quv qo‘llanma chop qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Iste`dod” jamg`armasi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, hamda Xalq ta`limi vazirligining "Yilning eng yahshi darsligi va o`quv adabiyoti muallifi" Respublika tanlovlarida 2007-yil "Silikat qurilish ashyolari" o`quv qo`llanmasi, 2012-yil "Jihozlar va loyihalash asoslari" darsligi, 2016-yil "Devorbop ashyolarni ishlab chiqarish tehnologiyasi" o`quv qo`llanmasi g`olib bo`lib "Diplom va Fahriy yorliq"lar bilan taqdirlangan.



   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.02.2015-yildagi "Oliy ta`lim muassasasining eng yahshi pedagogi" tanlovi to`g`risidagi nizomga asosan "Eng yahshi pedagog-tadqiqotchi" nominasiyasining universitet bosqichida 2016-2021 yillarda birinchi o`ringa sazovor bo`lgan. Xalqaro fondlar tomonidan qurilish sohasida tashkil qilinadigan anjumanlar, ko‘rgazma va seminarlarda faol ishtiroq qilib ma`ruzalar o‘qigan. Uning ilmiy maqolalari Shveysariya, Germaniya, Turkiya, Xitoy, Chexiya, Rossiya, Kozog‘iston, Kirg‘iziston kabi bir qancha xorijiy davlatlar va respublikamizning markaziy nashrlarida 20 dan ortiq ilmiy maqola, shundan 18 ta OAK e`tirof etgan jurnallarda, 26 ta tezislar, 16 ta  nufuzli chet el jurnallarida ilmiy maqolalari chop etilgan. Hozirgi kungacha talabgorning 120 bosma taboqdan ortiq ilmiy-uslubiy va o‘quv ishlari chop qilingan. 2015 yildan hozirgi kungacha Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi prezidiumi qaroriga asosan Toshkent kimyo-texnologiya instituti xuzuridagi texnika fanlari  ixtisosliklari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi DSc.16.07.2013.T.08.01 raqamli ilmiy Kengash a`zosi sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. 2017 yildan Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi OAK prezidiumi qaroriga asosan Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Toshkent temir yo‘l muxandislari instituti, Samarqand Davlat arxitektura-qurilish instituti va Namangan muhandislik-qurilish instituti huzuridagi “Qurilish materiallari va buyumlari” va “Qurilish konstruksiyalari, binolar va inshootlar” ixtisosliklari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) DSc.27.06.2017.T.11.01 raqamli ilmiy darajasi beruvchi Kengash a`zosi.



   Samararkand arxitektura-qurilish instituti huzuridagi “Qurilish materiallari va buyumlari” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi Seminar raisi. Xorazm arxitektura va qurilish texnikimi professor-o`qituvchilarining ilmiy-pedogogik Kengashi raisi. O‘zR Prezidentining “Oliy ta`lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustaxkamlash va yuqori malakali mutaxassis tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash to‘g‘risida”gi qaror ijrosini ta`minlash maqsadida Toshkent arxitektura-qurilish instituti «Energiya tejamkor qurilish материаллари» ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi ilmiy seminarining doimiy a'zosidir. O‘zR Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Fan va texnologiyalar agentligining Davlat ilmiy-texnika dasturlari bo‘yicha Idoralararo ilmiy-texnikaviy kengashining ekspert guruhi a`zosi sifatida faoliyat olib borgan.



   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.12.2020 yildagi №215-sonli buyrug‘iga asosan “Ilmiy-tadkikot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-xuquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tugrisida”gi qarori bilan Innovatsion rivojlanish vazirligi xuzuridagi “Arxitektura, Qurilish, dizayn va shaharsozlik” fanlari bo‘yicha ilmiy-texnik kengash a`zosi sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda va bir qancha Davlat ilmiy-texnika dasturlarining innovatsion ishlanmalar tanlov loyixalariga ekspert xulosalarini bergan. Vazirlik huzuridagi ilmiy-texnik kengashdagi faoliyati, davlat dasturlari doirasida o`tkazilgan innovatsion hamda amaliy loyihalar ekspertizalaridagi faol ishtiroqi va fidokorona mehnatlari uchun Faxriy Yorliq va Tashakkurnomalar bilan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion Rivojlanish vazirligi tomonidan taqdirlangan.



   Professor R.A.Raximov tashabbusi bilan Xorazm viloyati tarixida birinchi bo`lib 2021 yil “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarish” mutaxas-sisligi bo’yicha magistratura ochildi, hamda O‘zR Prezidenti Administratsiyasi 16.09.2021 yil 02-PA 2/1-2084-sonli topshirig`iga asosan tadbirkorlik sub`ektlari hamda manfaatdor aholi vakillarini “Qurilish materiallari ishlab chiqarish” sohasida biznesni tashkil qilishga o`qitish uchun “O`zQurilishMaterialLITI” MCHJ ilmiy tadqiot va injinering markazi huzuridagi “Tadbirkorlar maktabi” ning qisqa muddatli o`quv kurslari filiali Urganch davlat universitetida ochildi.



Rossiya tabiiy fanlar Akademiyasi O‘rta Osiyo bo‘limining "Fan va ishlab-chiqarishdagi dolzarb muammolar" Xalqaro jurnalida muxarrir o‘rinbosari.



Rossiya tabiiy fanlar Akademiyasining Halqaro olimlar, o‘qituvchilar va mutaxasislar assotsiyasiyasining –“Qurilish materiallari va buyumlari” ixtisosligi bo‘yicha Ekspert Kengashi a`zosi.



Rossiya tabiiy fanlar akademiyaning “Fundamental тадқиқотлар” jurnali (Oliy Attestatsiya komissiyasi ro‘yxatiga kirgan) da xorijiy taxrir hay`ati a`zosi.



Problems of Architcture and Construction Scientific and technical Journal.  Editorial Board taxrir hay`ati a`zosi.



2022 –yildan Kazan davlat arxitektura-qurilish universiteti “Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar” ilmiy jurnalida taxrir hay`ati a`zosi. (https://structures-kgasu.ru/).



Xorazm Ma`mun Akademiyasi Axborotnomasining taxrir hay`ati a`zosi.



Samarkand davlat arxitektura qurilish instituti “Me`morchilik va qurilish muammolari” ilmiy-texnik jurnalining taxrir hay`ati a`zosi.



"O'zbekistonning taniqli olimlari" ensiklopediyasining texnik muhariri.



   Uning biografiyasi taniqliolimlar.uz platformasida va Wikipedia.org onlayn ochiq ensiklopediyasida joylashtirilgan. Ilmiy-tadqiqot ishlari yuqori baholanib “Taniqli olimlar” internet-ensiklopediyasida WWW.famous-scientists  /8325/ ro‘yxatga olinib XXI asrning etakchi olimlari qatorida R.A.Rahimov haqida ma`lumotlar «Rossiyalik олимлар» kitobining VI tomiga kiritilgan va “Famous-scientists.ru MEMBER” ko`krak nishoni bilan taqdirlangan. Malayziya Davlatining Mara Texnologiya universiteti tamonidan ta`sis etilgan ko`krak nishoni bilan taqdirlangan. “O‘zbekiston madaniyati va san`ati forumi” jamg‘armasining Pedagogik grantlar dasturi tanlov g‘olibi bo`lgan Fond Forumning I-darajali Diplom bilan taqdirlangan. Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi professor-o‘qituvchilarining ilmiy yo‘nalishida o‘tkazilgan “Лучщие педагог СНГ-2022” tanlovi g‘olibi. Xalqaro standartlar ISBN medal bilan taqdirlangan. Ko`p yillik samarali mehnati, o`quv jarayonini sifatli tashkil etish, yuqori malakali mutahasislar tayyorlashdagi fidoiyligi uchun Oliy va o`rta mahsus ta`lim vazirligining "Diplom va Fahriy Yorliq" lari bilan bir necha bor taqdirlangan.



   Davlatimiz mustaqilligi, yosh avlodini tarbiyalash ishida fidokorlik namunalarini ko‘rsatayotgan ziyolilar qatorida "O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 20 yil" va mamlakatimiz yoshlarini vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qo‘shganligi uchun “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 25 yil” estalik nishoni bilan O‘zR Prezidenti tomonidan taqdirlangan. Hozirgi kunda Rossiya tabiiy fanlar akademiyasining haqiqiy a`zosi Rahimov Rahimboy Atajanovich Qaraqalpog`iston respublikasi va Xorazm viloyatida “Qurilish” ixtisosliklarii bo‘yicha yagona texnika fanlari doktori, professor hisoblanadi. Ilmiy yo`nаlishi: Sаmаrаli vа uzоqqа chidаmli qurilish аshyolаrini yarаtish, ulаrni ishlаb chiqаrishdа sаnоаt vа qishlоq хo`jаlik chiqindilаrini qo`llаsh. Rahimov Rahimboy Atajanovich oilali 3 ta o`g`il, 1 ta qizning sevimli adajonisi.