Olim

SAFAROVA ROXAT GAYBILLAYEVNA

Pedagogika fanlari doktori, professor


  • O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni (1990, 2008 yil);

  • “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligiga” ko‘krak nishoni (2011 yil);

  • “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligiga” ko‘krak nishoni (2016 yil);

  • “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni (2021yil);

  • “Xalqaro pedagogik ta’lim akademiyasi akademigi” ( 2013 yil).



   Safarova Roxat Gaybillaevna 1958-yilida dunyoga kelgan. 1988-yildan buyon T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida kichik ilmiy xodim, ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim, bo‘lim va ilmiy laboratoriya mudiri lavozimlarida faoliyat olib borgan. Hozirda ham O‘zPFITI “Umumiy pedagogika” laboratoriya mudiri sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.



   R.G.Safarova 2003-2021 yillar davomida (19 marta nashr qilingan) muntazam tarzda chop etilayotgan “Alifbe”  darsligi hamda “O‘qituvchi kitobi” metodik qo‘llanmasining muallifi. Shuningdek, maxsus maktablar uchun Brayl yozuvida ham “Alifbe” darsligini yaratishga muvaffaq bo‘lgan. Shuningdek, “Ona tili o‘qitish”, “Boshlang‘ich ta’lim”, “Pedagogika fani Konsepsiyasi”, “Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standarti”, “Boshlang‘ich ta’lim davlat ta’lim standarti”, “11 yillik o‘rta ta’lim konsepsiyasi”ini yaratishda   asosiy mualliflardan biri sifatida ishtirok etgan. R.Safarova muallifligida 18 ta monografiya, 20 ta metodik qo‘llanma, 5 ta o‘quv dasturi, 3 jildli “Pedagogika” ensiklopediyasi, “Alifbe” darsligi asosida xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha 2ta multimediali qo‘llanma chop etilgan.



   Nashr ishlari soni 500dan ortiq. 38 ta  pedagogika fanlari doktori va fan nomzodlarini tayyorlagan. R.G.Safarova Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSs.03/30.01. 2020.Ped.26.01 raqamli Ilmiy kengash a’zosi, Kengash huzuridagi ilmiy metodologik seminar a’zosi, O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti ilmiy laboratoriyalar huzuridagi ilmiy seminar raisi vazifalarini bajarib kelmoqda.