Ibraimov Xolboy Ibragimovich - pedagogika fanlari doktori, professor. 1979-yildan buyon ilmiy jamoatchilik orasida o‘zining pedagogik va rahbarlik faoliyatlarini olib bormoqda. Ayni vaqtda T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori hamda Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06 raqamli ilmiy kengash raisi hisoblanadi.
Professor Xolboy Ibraimov tomonidan 4 ta monografiya, 10 ta darslik va o‘quv qo‘llanmalar, pedagogika va psixologiyaga oid 500 tan ortiq ilmiy maqolalar, 180 ga yaqin Xalqaro va Respublika miqyosidagi konferensiya maqolalar nashr ettirilgan. Shuningdek, 7 ta patent hujjatlariga mualliflik guvohnomalar olingan. 32 ta pedagogika fanlari doktori va fan nomzodlarini tayyorlagan. Soha mutaxassislari orasida «Uzluksiz ta’lim: Boshqarish, ichki nazorat nazariy asoslari, shakl metodlari va texnologiyasi», «Pedagogika», «Pedagogik psixologiya», «Pedagogika nazariyasi», «Istoriya pedagogika i obrazavaniya» kabi darslik va qo‘llanmalari bilan ma’lum bo‘lib, joriy yilda «Umumiy pedagogika» nomli darsligi nashr etildi.
Ibraimov Xolboy Ibragimovich - g‘amxo‘r murabbiy, ezguli, hayirli ishlarning jonkuyari, talabchan, tinib-tinchimas, tashkilotchi rahbar sifatida alohida hurmatga sazovor.