Olim

KIYAMOV NISHON SADIKOVICH

Pedagogika fanlari doktori, professor

   Kiyamov Nishon Sadikovich, 1959-yil 9-may kuni O’zbekiston Respublikasi Samarqand voliyati Pastdarg’om tumanida tug’ilgan. 1966-yilda Samarqand viloyati Pastdarg’om tumani Qori Niyoziy nomli 8 yillik maktabning 1 sinfiga o’qishga qabul qilingan. Maskur maktabning 1974-yilda muvaffaqiyatli tamomlagan. 1974-1976-yillarda  Pastdarg’om tumanidagi Yu.A.Gagarin nomidagi 70- umum ta’lim maktabning 10- sinfini tamomlagan. 1977-1981-yillarda S.Ayni nomidagi  SamDPI, Pedagogika va boshlang’ich ta’lim fakulteti musiqa va ashula bo’limini tamomlagan. 1981-1986-yillargacha mazkur institutning musiqa pedagogikasi fakulteti ‘’Xor-drejorligi’’ kafedrasida o’qituvchi lavozimida ishlab kelgan. 1986-1987-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutida 1 yil stajyor-tadqiqotchi lavozimida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan. 1987-yil 31-dekabrdan 1990-yilgacha Nizomiy nomli ToshDPI, ‘’Umumiy pedagogika’’ kafedrasining maqsadli kunduzgi bo’lim asperanturasiga qabul qilingan va ilmiy rahbari tayinlangan.  Ilmiy rahbari mazkur institutning musiqa-pedagogika dekani, pedagogika fanlari doktori, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan professor Hamidulla Nurmatovning rahbarligida  ‘’Maktab musiqa darslari orqali o’smirlarda  vatanparvarlik va baynanmilal his tuyg’ularini shakllantirish’’ mavzusida ilmiy taqdiqot ishlarini olib borgan. 1992-yil yana S.Ayni nomidagi SamDPI, Musiqa pedagogikasi fakultetining ‘’Xor-drejorligi’’ kafedrasiga ishga qabul qilingan.



   1992-yil 11-iyunda S.Ayni nomidagi SamDPI tugatilgandan keyin u SamDU ga qo’shildi. Mazkur universitetda ishlab kelib, 1995-yil 11-oktyabr kuni Toshkent shahridagi Nizomiy nomli ToshDPI qoshidagi doktorlik ilmiy darajasini berish uchun ixtisoslashgan 13.00.01 Pedagogika nazariya va tarixi yo’nalishi bo’yicha nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 1996-yil O’zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasining 29-fevral, 35/1 sonli bayonnomasi asosida Pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasi berilgan. 2000-yildan Musiqiy ta’lim fakultetining katta o’qituvchisi, 2004-yildan 2006- yilgacha mazkur fakultetning ‘’Musiqa nazariyasi, tarixi va an’anaviy ijrochilik‘’ kafedrasida dotsent lavozimini bajaruvchi, 2006 yildan mazkur kafedraning dotsent lavozimida ishlab kelgan. 2007-yil dekabr oyidan boshla, Samarqand davlat universitetining kunduzgi bo’lim maqsadli doktaranti sifatida faoliyat olib brogan. 2011- yildan boshlab Pedagogika fakulteti ilmiy ishlar bo’yicha dekan muovini lavozimida faoliyat ko’rsatgan.



   Shu kungacha 100 dan ortiq ilmiy maqolalar, ilmiy monografiya va o’quv uslubiy qo’llanmalar chop etilgan.  Bir qator Xalqaro Ilmiy Konferensiyalarida chiqishlar qilgan. 2019- yilda Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.28.03.2018.Ped.02.05 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengashda 2019-yil 18-oktyabr kuni ‘’Oliy ta’lim muassasalari talabalarda musiqiy madaniyatni shakllantirishning pedagogik asoslarini takomillashtirish’’ mavzusidagi 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo’yicha pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Hozirda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti ‘’Fakultetlaro pedagogika’’ kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda.