Olim

ZIYODULLAYEV ODILJON EGAMBERDIYEVICH

Kimyo fanlari doktori, dotsent

   Ziyadullayev Odiljon Egamberdiyevich, 1979-yilda Jizzax viloyati, Baxmal tumani ishchilar oilasida tug‘ilgan, millati o‘zbek. Ziyadullayev O.E. 2000-yilda Samarqand Davlat universiteti Kimyo fakultetini (bakalavriatura), 2003-yilda O‘zbekiston Milliy universiteti “Neft va tabiiy gaz kimyosi” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tamomlagan. 2003-2006 yillarda O‘zbekiston Milliy universitetida “Organik kimyo” ixtisosligi bo‘yicha aspiranturada ta’lim olgan. 2006-2011 yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti kimyo fakultetida muhandis-texnik, 2011-2012 yillarda Toshkent kimyo texnologiya instituti assistenti, 2012-2012 yillarda (may-dekabr) Toshkent kimyo texnologiya instituti, Yoqilg‘i va organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini, 2012-2017 yillarda Toshkent kimyo texnologiya instituti “Neft va gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi” kafedrasi mudiri, 2017-yil (may-avgust) O‘zbekiston Milliy universiteti Ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan, 2017-2019 yillarda Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti o‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori, 2019-yil mart oyidan hozirgi kungacha Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.



   Ziyadullayev O.E. 05.17.04-Organik moddalar texnologiyasi ixtisosligi bo‘yicha kimyo fanlari nomzodi (2011 y.), 02.00.03-Organik kimyo ixtisosligi bo‘yicha kimyo fanlari doktori (2016 y.) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan. O‘zR OAK tomonidan dotsent ilmiy unvonini olgan (2016 y.). Ilmiy tadqiqot ishlarini Moskva, Novosibirsk, Samara, Qozon (Rossiya), Lodz (Polsha), Baku (Ozorbayjon), Buxoro, Muborak va Toshkent shaharlaridagi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari va ishlab chiqarish korxonalarida bajargan. Ziyadullayev O.E. tomonidan “Neft-gaz kimyosi va fizikasi” (2014 y.), “Neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi” (2016 y.) nomli darsliklar, “Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi” (2013 y.), “Neft va gazni qayta ishlash korxonalari jihozlari va loyihalash asoslari” (2014 y.), “Neft-gaz kimyosi va fizikasi” (2015 y.) nomli o‘quv qo‘llanmalari, “Atsetilen spirtlari: olinishi, xossalari, qo‘llanilishi” (2017 y.) nomli monografiya nashr qilingan.



   Ziyadullayev O.E. shogirdlari talabalar respublika fan olimpiadasida “Kimyo va kimyoviy texnologiyalar” fanidan Nabiyev B.A. faxrli birinchi o‘rinni (2014 y.) egallagan, Maxatova G.B. “Beruniy” nomli davlat stipendiyasi sohibasi (2014 y.), Ismailov B.M. “Yilning eng yaxshi talabasi-2015” respublika tanlovi g‘olibi, Uzexbergenov A.A. “O‘zbekneftegaz” tomonidan o‘tkazilgan “Yilning eng faol neftchilari” respublika tanlovida “Eng yosh ixtirochisi” nominatsiyasida (2016 y.) g‘olib bo‘lgan. Uning rahbarligida 22 nafar magistrant va 54 nafar bakalavrlar tayyorlangan, hozirgi vaqtda esa uning rahbarligida M.A.Abdurahimov (Pekin Texnologiya universiteti) S.S.Abdurahmonova (TKTI), G.Q.Otamuxamedova (O‘zMU), S.B.Samatov, S.I.Tirkasheva, F.X.Bo‘riyev (TVCHDPI) tomonidan doktorlik dissertatsiyalari tayyorlanmoqda. Bundan tashqari O.E.Ziyadullayevning shogirdlari B.B.G‘ofurov (Junubiy Koreya, 2013 y.), S.Q.Ruziyev (Rossiya, 2014 y.), X.Sh.Bo‘tayev (Ispaniya, 2015 y.), M.A.Ziyayev (Hindiston, 2016 y.), A.B.Parmanov (Polsha, 2018 y.) va M.I.Abdurahimov (AQSH, 2019 y.) mamlakatlarida ilmiy stajirovkalarda bo‘lib kelgan.



   Ziyadullayev O.E. uzoq yillar davomida ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalarda ravishda ishtirok etib, ilmiy tadqiqotlari asosida neft va gaz sanoati qurilmalari biokorroziyasiga qarshi bioingibitorlar, tuz qatlam hosil bo‘lishiga qarshi ionitlar, neft mahsulotlaridan oltingugurtli birikmalarni kompleks ajratib oluvchi preparatlar, rezina-kauchuk sanoati uchun qimatbaho tikuvchi agentlar yaratilgan. Bundan tashqari uning organik va neft-gaz kimyosi fanlariga kiritgan ilmiy yangiliklari asosida Novosibirsk Kataliz instituti, Moskva Davlat universiteti, Lodz texnologiya universiteti (Polsha), Abo Akademiya universiteti (Finlyandiya) va Boku neft-kimyoviy sintez institutida ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishda foydalanilmoqda. Ziyadullayev O.E. ilmiy ishlari asosida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi patentlari olingan, mamlakatimizdagi ilmiy jurnallarda 125 ta, yuqori impakt faktorga ega bo‘lgan (Scopus, Web of Science) xalqaro ilmiy jurnallarda 26 ta ilmiy maqola nashrdan chiqarilgan, respublika va xorijda bo‘lib o‘tgan ilmiy konferensiyalarda 350 dan ortiq ilmiy tezislari nashrdan chiqarilgan, jumladan Rossiya, Polsha, Chexiya, Angliya, Birlashgan Arab Amirligi, Belorussiya, Xitoy, Fransiya, Germaniya, Xitoy, Gretsiya, Italiya, AQSH va Turkiyada bo‘lib o‘tgan xalqaro ilmiy anjumanlarda bevosita ma’ruzalar bilan ishtirok etgan. Organik kimyo, kataliz va nef-gaz kimyosi yo‘nalishlari bo‘yicha xorijiy mamlakatlardagi yetakchi olimlar bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda, jumladan T.Manievski (Lodz University of Technology, Polsha), D.Yu.Mhurzin (Biskopstagan Abo Akademi University, Finlandiya), C.W.Jones (Georgia Institute of Technology, AQSH), S.Descorme (University of Lyon, Fransiya), J.S.Mcindoe (University of Victoria, Kanada), J.Cueto (University of Oviedo, Ispaniya), G.D.Yadav (Mumbai Institute of Chemical Technology, Hindiston), T.Phennar (Innsburg University of Technology, Avstriya), W.Y.Yang (Fushun University of Technology, Xitoy) va Rossiya Federatsiyasining 20 dan ortiq universitetlari va ilmiy tadqiqot institutlarining yetuk olimlari bilan o‘zaro teng manfaatli hamkorlik va mustahkam ilmiy aloqalar o‘rnatgan.



   Ziyadullayev O.E. bugungi kunda Innovatsion rivlojlanish vazirligi huzuridagi “Kimyo fanlari” bo‘yicha Ilmiy-texnik kengash a’zosi, OO‘MTV huzuridagi “Pedagogika” oliy ta’lim sohasining o‘quv-uslubiy hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha” maxsus Ishchi guruh a’zosi, hamda ”“Pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limlar tashkil etilgan oliy ta’lim muassasalarining o‘quv-metodik faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash” a’zosi, Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi pedogogika institutlari faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash ma’sul kotibi, TVCHDPI Ilmiy Kengash rais o‘rinbosari va ilmiy-uslubiy Kengash raisi hisoblanadi. Bundan tashqari O.E.Ziyadullayev O‘zMU huzuridagi fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengash va ushbu kengash qoshidagi 02.00.03-Organik kimyo ixtisosligi bo‘yicha ilmiy seminar, TKTI huzuridagi fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengash qoshidagi 02.00.08- Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi va 02.00.14- Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy seminar, Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi kimyo va texnika fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengash, va ushbu kengash qoshidagi 02.00.14- Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy seminar a’zosi. Xalqaro doirada esa “Neft kimyosi, ekologiyasi va neftni qayta ishlash jarayonlari” O‘zbekiston-Rossiya ilmiy sektori, “RusSatalysis”, “EuropaCat”, “Catalysis and Organic Synthesis”, “WorldCatalysis”, “Catalysis For Renewable Sources” xalqaro ilmiy kongresslarning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha koordinatori, tashkiliy qo‘mita a’zosi.



   Ziyadullayev O.E. TDPU (2012 y.), TDTU (2013 yil), O‘zR OO‘MTV huzuridagi “Bosh ilmiy metodik markaz” (2013 y.) malakasini oshirgan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Davlat boshqaruvi mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan (2016 y.), Moskva Davlat universiteti (2014 y.), Qozon Federal universiteti (2015 y.) Kaliliningrad davlat universiteti (2016 y.), Nijniy Novgorod Davlat universiteti (2017 y.), Moskva Davlat nozik kimyoviy texnologiyalar universitetida (2019 y.), malakasini oshirib kelgan. Ziyadullayev O.E. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarda, shu jumladan ilmiy labaratoriyalarni jihozlash uchun sotib olinadigan yuqori texnologik asbob-uskunalarda ishlash metodikasini o‘zlashtirish uchun qisqa muddatli ilmiy stajrovkalarga yuborish” bo‘yicha tanlovda o‘tkazilgan g‘olib bo‘lib  2021-yilda 6-oylik muddatga Finlyandiya davlatining Abo Akademiyasida stajirovka o‘tab qaytadi. Shuningdek “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan 2021-yil sentyabr-noyabr oylarida Moskva davlat universitetida malaka oshirib kelishi rejalashtirildi.



   Ziyadullayev O.E. ko‘p yillik samarali va halol mehnati hamda o‘z xizmat vazifasiga bo‘lgan sadoqati uchun OO‘MTV vaziri tomonidan taqdirlangan (2015 y.), TKTI da “Yilning eng faol o‘qituvchisi” sifatida e’tirof etilgan (2016 y.), OO‘MTV tomonidan Respublika OTM kafedra mudirlari reytingida 74-o‘rinda qayd qilingan (2016 y.). Ziyadullayev O.E. Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida o‘quv, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimidagi faoliyati davomida keng qamrovli ishlarga rahbarlik qilib kelmoqda, jumladan institutda elektron ta’lim tizimini joriy etilishi, institut tizimidagi kunduzgi, sirtqi, maxsus sirtqi va kechki ta’lim yo‘nalishlarini (mutaxassisliklarini) tasdiqlangan o‘quv rejalari va fanlar dasturlari hamda tegishli normativ-huquqiy hujjatlarining ishlab chiqilishi, institut o‘quv jarayoniga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislar, o‘qituvchi va olimlarning jalb qilinishi, institutda “Ustoz-shogird” tizimini joriy etilishi, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti tizimidagi ta’lim yo‘nalishlari sferasidagi zamonaviy innovatsion, konstruktorlik va modellashtirish dasturlari asosida yangi pedagogik, psixologik va ishlab chiqarish dasturlarini ishlab chiqilishi, Toshkent viloyati tumanlari hududiga ta’lim muassasalari bilan hamkorlikning o‘rnatilishi va boshqalar. Ziyadullayev O.E. ohirgi uch yil davomida mamlakatimizda ta’limni rivojlantirish bo‘yicha o‘zining taklif va tavsiyalari bilan “O‘zbekiston”, “O‘zbekiston-24”, “Yoshlar”, “Mahalla” va “Dunyo bo‘ylab” telekanallarida o‘z chiqishlari bilan ishtirok etib kelmoqda. Ziyadullayev O.E. fidokor, intizomli, tashabbuskor, mehnatsevar, kamtarin rahbar, yuqori bilim-ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, ma’naviy yetuk, malakali va mohir pedagog, yaratuvchan, intiluvchan va ilmga chanqoq olim sifatida respublikamizda hurmat va e’tibor qozongan yosh mutaxassislarimizdan biridir.