Olim

KADIROVA RA’NO MAMADJANOVNA

Pedagogika fanlari nomzodi, professor

   Pedagogika fanlari nomzodi, professor Kadirova Ra’no Mamadjanovna 1949-yilda tavallud topgan. Maktab va universitetni a’lo baholarga imtiyozli bitirgan olima, o‘z ilmiy faoliyatini bakalavrlik davrdayoq boshlagan edi. Ilmga chanqoqlik, pedagogika sohasiga bo‘lgan qiziqish uni 1965˗1976 ˗ yillarda 2-sonli bolalar bog'chasiga yetakladi, u yerda olima o'qituvchi bo‘lib ishladi. Olima Kadirova Ra’no Mamadjanovna 1990 ˗ yilda “Katta maktabgacha yoshdagi bolalar va olti yoshli o‘quvchilarda rus tilida so‘zlashuv nutqini o‘rgatish jarayonida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Keyinchalik Bog‘ishamol tumanidagi maktabgacha ta’lim bo‘limi metodisti,  Chilonzor tumani 112-sonli bolalar bog'chasi psixologi, Nizomiy nomidagi TDPU Pedagogika va psixologiya fakulteti Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri, Yunusobod tumani 122-sonli maktab rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi, 2021-yildan shu kunga qadar TDPU “Umumiy pedagogika” kafedrasi professori sifatida faoliyat yuritdi.



   U olib borgan tadqiqotlari natijasida “Katta yoshdagi maktabgacha yoshdagi bolalarni ona (rus) va ikkinchi (o‘zbek) tillariga o‘rgatishning lingvistik-didaktik asoslari” mavzusida monografiya nashr ettirdi.  R.M.Kadirova tomonidan 60 dan ortiq nomdagi ilmiy-uslubiy va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar (ilmiy maqolalar, namunaviy dasturlar, konsepsiyalar, uslubiy tavsiyalar, qo‘llanmalar va boshqalar) nashr etilgan. U olib borgan tadqiqot ishlari hali hanuz pedagogika sohasiga qiziquvchilar  uchun mahorat maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda.