Maxmudova Dilfuza Meliyevna 1974-yil 4-fevralda Samarqand viloyati Katta – Qo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek. Umumiy o’rta ma’lumotni Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi 35-o’rta maktabda olgan. 1991-yili mazkur maktabni 11-sinfini tamomlab, Toshkent Davlat Universitetining (kunduzgi, хozirgi O’zbekiston Milliy Universitetining) matematika fakultetiga o’qishga kirib, 1996-yilda bilan tamomlagan. Ilk pedagogik mehnat faoliyatini 1998 yildan Toshkent shahar S.Raximov tumanidagi 326-maktab majmuasida matematika o‘qituvchisi, 1999 yildan 2002 yilgacha shu tumandagi 119-maktabda matematika o‘qituvchisi, 2002–2003 yillar Toshkent avtomobil yo‘llari instituti Oliy matematika kafedrasi assistenti, 2003-yildan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshidagi Akademik litseyda matematika o‘qituvchisi, 2007-yildan 2009-yilgacha Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Oliy matematika kafedrasi assistenti, 2009-yildan O’zMU fizika fakulteti Yadro va nazariy fizika kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2015-yil O‘zMU mexanika-matematika fakulteti Geometriya kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2016-2018 yillar O‘zMU tayanch doktoranti, 2018-yildan 2020-gacha yilgacha O‘zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti “Pedagogika va umumiy psixologiya” kafedrasi dosenti v.b. 2020-2021 yillar TVCHDPI Matematika va informatika fakulteti Matematika kafedrasi dosenti v.b., 2021-yildan hozirga qadar CHDPU Matematika va informatika fakulteti Matematika o‘qitish metodikasi va geometriya kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Maxmudova Dilfuza 2018-yil 24-iyulda 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika) ixtisosligi, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi dissertasiyasini “Muammoli masalalar yordamida talabalar ijodiy faoliyatini rivojlantirish metodikasi” mavzusida himoya qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestasiya komissiyasi Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Ilmiy Kengashining tavsiyasiga ko‘ra 2021-yil 30-noyabrda Maxmudova Dilfuza Meliyevnaga 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoni berilgan. D.M.Maxmudova bugungi kunda mustaqil tadqiqot olib borib, “Muammoli ta’lim texnologiyalari asosida talabalarning kreativ faoliyatini rivojlantirish metodikasi” mavzusida 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) ixtisosligi bo’yicha doktorlik (DSc) dissertasiyasini 2022-yil 7-aprelda Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti huzuridagi DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03 raqamli ilmiy kengashda himoya qildi. Pedagogik ish staji 24 yil, o‘qituvchi lavozimida ish staji 11 yil o‘qituvchi, 8 yil katta o‘qituvchi lavozimida, 3 yil dotsent vazifasini bajaruvchi lavozimida 2 yil dotsent lavozimida tashkil etadi.
Maxmudova Dilfuza Meliyevna Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti rektorining 31.08.2021 yildagi №02-799 sonli buyrug‘i bilan “Matematika va informatika” fakulteti “Matematika o‘qitish metodikasi va geometriya” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. D.M.Maxmudova xalqaro Qubahan Academic Journal, European Scholar Journal (ESJ) hamda SCIENCE & INNOVATION ilmiy jurnallarida tahrir hay’ati a’zosi. D.M.Maxmudovaning jamoatchilik asosida institut miqyosida, kafedrada ilmiy ishlar bo‘yicha faoliyat olib borayotganligini ham e’tirof etish o‘rinlidir. Har oyda o‘tkaziladigan fakultet ilmiy seminarlarini, iqtidorli talabalar bilan olib boriladigan ma’ruzalar, doktorantlarning ilmiy ishlari monitoringi, fakultetda bajarilayotgan ilmiy izlanishlarning hisoboti va ularning taqdimotlarini tashkil qilish bo‘yicha ishlarni tizimli yo‘lga qo‘ygan. D.M.Maxmudova kafedra dotsenti sifatida respublikadagi oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv-tarbiya jarayoniga uslubiy yordam ko‘rsatish borasida ham faol ishtirok etmoqda. Kafedrada “Ustoz - shogird” tizimidagi ishlarni yaxshi yo‘lga qo‘yish barobarida, iqtidorli talabalar bilan samarali ishlar olib boradi. Shu kungacha 2 ta shogirdi pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. D.M.Maxmudova ilmiy jamoatchilik faoliyatida ham o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda, jumladan:
- 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi (aniq va tabiy fanlar) ixtisosligi bo’yicha O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.28.12.2017.ped.01.09. raqamli ilmiy kengashning ilmiy kotibi (2019-2020 yillar).
- O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.28.12.2017.ped.01.09. raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar a’zosi (2019-2020 yillar).
- Toshkent viloyat Chirchiq davlat pedagogika instituti huzuridagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi PhD.28.03.2019.Ped.82.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi ilmiy seminar a’zosi - (2019 y.)
- Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Pedagogik texnologiyalar bo‘yicha ilmiy kengash” a’zosi (2020 y.);
- Hozirgi paytda esa 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi (aniq va tabiy fanlar) ixtisosligi bo’yicha Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagogika fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03 raqamli ilmiy kengashning ilmiy kotibi sifatida faoliyat olib bormoqda.
D.M.Maxmudova 2019-2020 yillarda professor A.Xolmo’minov rahbarligida Grant OT-FA-2018-033 muaqqat ilmiy jamoada kichik ilmiy xodim, 2020 – 2022 yillarda FZ-2020010829 “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatini monitoring qilishning dasturiy ta’minotini yaratish” grantida kichik ilmiy xodim lavozimida faoliyat olib borgan. Bugungi kunda A.Xolmo’minov rahbarligidagi 2022-2026 yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Milliy universiteti, Fizika fakulteti qoshidagi A-OT-2021-291-sonli loyihada katta ilmiy xodim lavozimida jamoatchilik asosida faoliyat olib bormoqda. D.M.Maxmudova 2022-yil 16-19 iyul kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida “Alliance for Humanity Youth Peace Forum” yoshlar tinchlik forumida ishtirok etdi. Forumda butun dunyoda bag'rikenglik, inklyuzivlik, ijtimoiy hamjihatlik va tinchlik o'rnatish masalalari bo’yicha yosh liderlar tayyorlash kurslarida o’zining takliflari bilan ko’pchilikning e’tirofiga sabab bo’ldi. U o‘z faoliyati mobaynida 100 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar chop ettirdi. Shu jumladan: 2 ta monografiya (1 ta yakka mualliflikda), 4 ta darslik (hammualliflikda), Scopus bazada 2 ta maqola, 7 ta o‘quv qo‘llanma (ham mualliflikda), 3 ta uslubiy qo‘llanma (ham mualliflikda), Respublika miqyosidagi jurnallarda chop etilgan 18 ta ilmiy maqolalar muallifi, 14 ta ilmiy jurnal xalqaro miqyosdagi, 8 ta tezis xalqaro miqyosdagi, 25 dan ortiq respublika miqyosidagi anjumanlar materiallari to‘plamlarida chop etilgan. Shuningdek, Algebra va sonlar nazariyasi, Matematika o‘qitish metodikasi (umumiy metodika), Matematika o‘qitish metodikasi (xususiy metodika), Fizikada kompleks o’zgaruvchili funksiyalar, Xalqaro baholash tizimlari, Boshlang’ich ta’limda axborot kommunikasion texnologiyalari, Ehtimollar nazariyasi nomli o’quv qo’llanmalaridan Pedagogika oliy ta’lim muassasalari fizika, astranomiya yo’nalishlari talabalari foydalanmoqda. Differensial tenglamalar, Matematika o‘qitish metodikasi (umumiy metodika), Muhandislik va kompyuter grafikasi va Matematik mantiq va algoritmlash asoslari nomli darsliklar muallifi. “Muammoli ta’lim texnologiyalari asosida talabalarning kreativ faoliyatini rivojlantirish metodikasi” va “Педагогическое проектирование смешанной модели обучения в процессе развития педагогической компeтентности студентов” monografiyalarini ham yaratgan. “Qiziqarli matematika va olimpiada masalalari” nomli uslubiy qo’llanmalari nashr etilgan va talabalar o‘quv jarayonida keng doirada foydalanmoqdalar.
D.M.Maxmudova pedagog-olima sifatida universitet rahbariyati, fakultet dekanati va kafedra tomonidan yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajaradi. U o‘z kasbiy mahorati va ma’naviy dunyoqarashini takomillashtirishga katta e’tibor beradi, mamlakatimiz yoshlarini sog‘lom fikrli, fidoyi va intellektual bilimli qilib tarbiyalashga, fan va ta’limda ko‘plab yangiliklar yaratishiga, yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi, mamlakatimiz istiqboli uchun fidokorona xizmat qila oladigan vatanparvar, halol, diyonatli va yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishida o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. D.M.Maxmudova 2022-yil 13-14-oktabr kunlari Qozog’iston Respublikasining M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog’iston universitetida akademik mobillik doirasida qisqa muddatli stajirovka o’tab keldi va “Birinchi tartibli differensial tenglamalar” mavzusida namunali darslar tashkil etdi.