Olim

XODJAMQULOV UMID NEGMATOVICH

Pedagogika fanlari doktori, professor

   U.N.Xodjamqulov 1977-yil 29-yanvarda Samarqand viloyatida tavallud topgan. 1994-1999 yillarda Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining O‘zbek filologiyasi fakultetida, 1999-2002 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti aspiranturasida tahsil olgan. U 2007-2010 yillarda Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti qoshidagi Mirobod akademik liseyi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 2010-2014 yillarda Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti qoshidagi Mirobod akademik liseyi direktori, 2014-2018 yillarda Toshkent moliya instituti “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi lavozimlarida ishlagan.



   2018-2019 yillarda Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat olib borgan. 2020 yildan hozirgi vaqtga qadar Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti “Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi” kafedrasi professori lavozimida faoliyat olib bormoqda. U.N.Xodjamqulov 80 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi. Jumladan, 3 ta monografiya, 4 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta uslubiy qo‘llanma va 70 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. U.N.Xodjamqulov «Adabiyotshunoslikka kirish», «Adabiyot nazariyasi», «Hozirgi adabiy jarayon» kabi fanlardan ma’ruzalar olib boradi. U.N.Xodjamqulov 2004 yilda professor Gʻaffor Mo‘minov rahbarligida “Mirtemir lirikasida so‘z va obraz” mavzusida nomzodlik, 2020 yilda O‘zbekiston fan arbobi, professor Gʻofurjon Muhammedov ilmiy rahbarligida “Pedagogik ta’lim innovatsion klasterining ilmiy-nazariy asoslari (Toshkent viloyati misolida)” mavzusida doktorlik (DSc) dissertasiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan. U.N.Xodjamqulov 2020-2021 yillarda Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.04.2021.ped.82.01 raqamli ilmiy kengash ilmiy seminar raisi, 2022 yildan ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.04.2021.ped.82.01 raqamli ilmiy kengash raisi sifatida faoliyat olib bormoqda.