Olim

BOTIROVA SHAXLO ISAMIDDINOVNA

Pedagogika fanlari doktori, dotsent

   Shaxlo Isamiddinovna Botirova 1982-yil 15-sentyabrda Samarqand shahrida tavallud topgan. 2005-yil, Jizzax davlat pedagogika instituti “O`zbek tili va adabiyoti” fakultetni imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 2008-yil, magistraturani muvaffaqiyatli bitirib, 2009-yil “O`zbek adabiyotshunosligi” ixtisosligi bo`yicha aspiranturada o`qigan. “Hozirgi o`zbek romanlarida badiiy psixologizm (Ulug`bek Hamdamning “Muvozanat”, “Isyon va itoat”, “Sabo va Samandar” romanlari misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2021 yil dotsen unvonini olgan. “Аdabiy taʼlim klasterining ilmiy-nazariy asoslari” mavzusida doktorlik (Doctor of Science) dissertatsiyasi ustida izlanib, 2021 yil muvaffaqiyatli himoya qildi. 2022 yil professor ilmiy unvoniga ega bo`ldi.



   Shaxlo Isamiddinovna Botirova ilmiy faoliyati davomida “Roman va psixologizm” (2019 y), “O`zbek adabiyoti tarixi” (2019 y), “O`qituvchi nutq madaniyati” (2020), “Boshlang`ich ta’limda ona tili” (2021), “Adabiy ta’lim klasteri” (2021), “Adabiyot nazariyasini o`qitish metodikasi” (2021), “Теория литературы: введение в литературоведение” (2022), “Методика преподавания предмета «Воспитание» в началных классах” (2022), “Tarbiya” (2022), “Maktabgacha ta’limda tasviriy faoliyat” (2022) monografiya, o`quv qo`llanmalar, darsliklar muallifi. Shuningdek, 50 dan ortiq ilmiy ishlar chop etgan, jumladan 32 dan ortiq ilmiy maqolalar bo`lib, shundan 18 tasi yetakchi xorijiy davlatlar ilmiy jurnallarda nashrlar chop etilgan. Google scholar tizimida hirsh indeksi – 11. Bir qator elektron dasturlar muallifi. 



   Shaxlo Isamiddinovna Botirova shu vaqtga qadar Chirchiq davlat pedagogika universitetining 4 nafar tayanch doktorantlar, Guliston davlat universitetining 1 nafar tayanch doktorantiga, Urgench davlat universitetining 1 nafar tayanch doktorantiga, Nukus davlat pedagogika institutining 2 nafar tayanch doktorantlar hamda 11 nafar erkin tadqiqotchilarning ilmiy rahbari. Shaxlo Isamiddinovna Botirova ilmiy rahbarligida 6 nafar tadqiqotchilar falsafa doktori (PhD) (Toshpulatova Dilorom Bobanazarovnaning “Zamonaviy oʼzbek nasrida muallif ongi va uni ifodalash shakllari (U.Hamdam va I.Sulton asarlari misolida)” mavzusidagi 10.00.02 – Oʼzbek adabiyoti ixtisosligi asosida filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD); Mаvlаnovа Sаidаxon Umаrovnаning “Yoshlаrni mаъnаviy-mаъrifiy vа vаtаnpаrvаrlik ruhidа tаrbiyalаsh texnologiyasini tаkomillаshtirish (Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentlarining ilmiy-siyosiy qarashlari misolida) mavzusidagi 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi pedаgogikа fаnlаri boʼyichа fаlsаfа doktori (PhD); Beketov Nurseit Аlijаn oʼgʼlining “Uumumtа’lim mаktаblаridа tаrbiyaviy ishlаrni tаshkil etish vа boshqаrish texnologiyalаrini tаkomillаshtirish” mavzusidagi 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi pedаgogikа fаnlаri boʼyichа fаlsаfа doktori (PhD); Аchilova Mavluda Saʼdullaevnaning “Qoʼl mehnatiga oʼrgatish orqali oʼquvchilar ijodiy tafakkurini rivojlantirish texnologiyasi (boshlangʼich sinf oʼquvchilar misolida)” mavzusidagi 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi pedаgogikа fаnlаri boʼyichа fаlsаfа doktori (PhD); Mambetaliev Qayrat Anarbayevichning “Zamonaviy o‘zbek va qozoq she’riyatida shakliy- uslubiy izlanishlar va poetik sintelizatsiya hodisasi (Faxriyor, Ulug‘bek Hamdam, Go‘zal Begim, Yeseng‘ali Ravshan, Iran G‘ayib, Aygerim Taji)” mavzusidagi 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi asosida filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD); Bаyzаkov Jаndos Аbdаzimovichning “Zаmonаviy oʼzbek vа qozoq nаsridа poetologik konstruktsiya: ijodkor ideаli vа obrаzlаr bаdiiyati” mavzusidagi 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi asosida filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, ilmiy darajaga ega bo`ldilar.



2018 yilda  Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti О‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi о‘qituvchisi, 2019 yilda Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti О‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, 2021 yilda Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi   kafedrasi mudiri, v.b. professor, 2022 yilda Chirchiq davlat pedagogika universiteti Boshlang‘ich ta’lim fakulteti dekani hamda Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01 raqamli Ilmiy kengashning ilmiy seminar raisi va Ilmiy kengash a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. “Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal” va “Academic Research in Educational Sciences” ilmiy-metodik elektron jurnallariga tahririyat a’zosi. “Scientific Progress” ilmiy-metodik elektron jurnal bosh muharriri.