Azamat Saidov 1980-yil 29-iyunda Samarqand viloyati Narpay tumani Chingizkent qishlog‘i “Turon” mahallasida ziyoli oilasida tug‘ilgan. Otasi-Saidov Ismoil Murodullayevich. 1950-yil tug‘ilgan,1996-yilda vafot etgan (Narpay tumani 38-maktab direktori bo‘lib ishlagan). Onasi-Saidova Mavjuda Teshayevna 1954-yil tug‘ilgan. 1987-1997-yilgacha Narpay tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 38-o‘rta maktabda o‘qigan. 1997-2003-yillarda Samarqand davlat universiteti talabasi va magistranti, 2001-2004-yillarda Samarqand shahridagi oziq-ovqat kolleji psixologi, keyinchalik esa Samarqand qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji psixologi, O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti ilmiy tadqiqotchisi, Samarqand qishloq xo‘jalik instituti pedagogika, psixologiya va o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti, Samarqand davlat universitetining psixologiya kafedrasi mudiri, pedagogika fakulteti dekani, Buxoro davlat universitetining akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektori, Samarqand davlat chet tillar institutining talim sifatini nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi, fakultetlararo pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri, 2022-yildan hozirgi vaqtga qadar Samarqand davlat chet tillar institutining Magistratura bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda. A.I.Saidov ilmiy pedagogik faoliyati davomida 100 ga yaqin ilmiy, o‘quv-uslubiy ishlarni chop ettirgan. Jumladan, 1 ta monografiya, 5 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va 100 dan ortiq ilmiy maqolalar (shundan 14 tasi xorijiy xalqaro jurnallarda) nashr ettirgan.