Jumanazarova Guljahon Umirzakovna – filologiya fanlari doktori, professor, 1980-yil 21-dekabrda Jizzax viloyati Baxmal tumanida tug‘ilgan. G.Jumanazarova 1987-yilda Jizzax shahridagi 17-maktabning 1-sinfiga o‘qishga bordi, 1998-yili Jizzax shahridagi 7-maktabni tamomladi. 1998-2004 yillari Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetida bakalavr, 2004-2006-yillari shu institutning o‘zbek tili yo‘nalishi bo‘yicha magistratura, 2007-2009 o‘zbek tili yo‘nalishi bo‘yicha aspirantura bosqichida tahsil oldi.
2001-2004 yillari G.Jumanazarova “Boshlang‘ich ta’lim til va adabiyoti” kafedrasi laboranti, 2005-2006 yillari “Boshlang‘ich ta’lim uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchisi, 2009-2010 yillari kafedra katta o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. 2010 yildan 2017-yilgacha shu kafedra dotsenti vazifasini bajaruvchi, 2017-yildan 2018- yilgacha boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri, 2018 -yildan hozirgacha boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. 2018-yil O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” I respublika tanlovining Jizzax viloyat bosqichida g‘olib va respublika bosqichida faol ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlangan. 2008-yili “Shirin bilan Shakar” dostonining lug‘aviy va lingvopoetik xususiyatlari (Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li varianti asosida) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
2017-yil 27- iyul kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DSc.27.06.2017 Fil.19.01 raqamli Ilmiy kengash yig‘ilishida “Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li dostonlari tilining lingvopoetikasi (leksik-semantik, lingvostilistik va lingvostatistik tahlil)” mavzusidagi filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasini himoya qildi. 2019-yilning 26-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan dotsent ilmiy unvoni (diplomi) berildi. G.Jumanazarova 2016-2017 -yillarda bajariladigan yosh olimlar fundamental va amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnika loyihalari tanlovida “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini boyitishda inglizcha-ruscha-o‘zbekcha frazemalar lug‘atini yaratish va amaliyotga tadbiq etish” mavzusidagi amaliy loyihasi bilan ishtirok etib, g‘olib bo‘ldi. G.Jumanazarova U.A.Jumanazarov, B.I.Boltaeva, D.A.Kulboeva, U.U.Jumanazarov, I.I.Yodgorovalar hamkorligida tayyorlangan “Iboralar. Boshlang‘ich sinflar uchun elektron lug‘at” uchun O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi tomonidan elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma qo‘lga kiritilgan (№ DGU 04960).
2021-yilda Jumanazarov U.Ibragimova bilan hamkorlikda "Xalq dostonlari" mobil ilovasi uchun mualliflik ishi (№3939) va Jumanazarov U. bilan hamkorlikda “Традитсионные термины” (№3941) elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida xalqaro guvohnomalar qo‘lga kiritilgan. G.Jumanazarova "International Journal of Social Science and Human Research" xalqaro jurnali, “Science and Education” respublika jurnallarining tahrir hay’ati a’zosi. G.Jumanazarova 2021-yil 23-25- dekabrda Bokuda o‘tkazilgan "Buyuk Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy va G‘arb-Sharq adabiy madaniy hayoti" mavzusidagi xalqaro simpoziumda ishtirok etdi. G.Jumanazarova 2022-yilning 17-iyulidan 17-iyungacha Sankt-Peterburg davlat universiteti ilmiy stajirovkada bo‘lib qaytdi. 2022- yil 21-22-noyabr kunlari Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universitetida Boshlang‘ich ta’limning dolzarb masalalariga doir seminar trening o‘tkizdi. G.Jumanazarova Jizzax davlat pedagogika universiteti, Samarqand davlat universiteti, Farg‘ona davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash va ilmiy seminalarning a’zosi sifatida faoliyat yuritdi. Hozirda Jizzax davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash a’zosi.
G.U.Jumanazarova rahbarligida 2 ta filologiya fanlari bo‘yicha bo‘yicha folsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilingan. G.Jumanazarova jami 200 ta ish e’lon qilgan, shulardan 10 ta tadqiqot-lug‘at, 3 ta izohli lug‘at, 1 ta elektron lug‘at, 12 ta monografiya (bitta monorgrafiya Germaniyada, yana bittasi Turkiyada nashr etilgan), 3 ta o‘quv qo‘llanma, 6 ta risola hamda 200 ta ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar e’lon qilgan. G.U.Jumanazarova o‘z kasbiy mahorati va ma’naviy dunyoqarashini takomillashtirishga katta e’tibor beradi. U o‘zining ilmiy va pedagogik mahoratini oshirish maqsadida tinimsiz ishlaydi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, kasb-hunar ta’limi va boshqa Oliy ta’lim muassasalari professor o‘qituvchilari bilan ilmiy-metodik hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda ular bilan birgalikda ta’lim sohasidagi muammolarni bartaraf etishga va uni rivojlantirishga qaratilgan bir nechta ilmiy-metodik maqolalar tayyorlagan va tavsiyalar ishlab chiqqan. Tirishqoq, talabchan, institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalari orasida katta hurmatga ega.