Raxmatov Murod G‘aybullayevich – buxorolik tarixchi olim. 1980-yil 8-dekabrda Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani Fayzulla Xo‘jayev mahallasida tug‘ilgan. 2001-yilda Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix, davlat va huquq asoslari yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bosqichini, 2006-yilda Navoiy davlat pedagogika institutining Tarix yo‘nalishi bo‘yicha magistraturasini tamomlagan. 2006-yildan Navoiy davlat pedagogika institutining “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ish boshlaydi. 2019-yil 6-iyulda “Turkistondagi ocharchilik va uning oqibatlari (1917-1924-yy)” mavzusida ilmiy izlanishlar qilib, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olgan. Olim 2021-yil 5-martdan buyon “European Scholar Journal” xalqaro ilmiy jurnalining tahririyat a’zosi hisoblanadi.
Oliy ta’limning “Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” ta’lim sohasidagi bakalavriat talabalari uchun “Ijtimoiy ta’minot huquqi” fanidan o‘quv qo‘llanma tayyorlagan. 2022-yil oktyabr oyida Toshkentda bo’lib o’tgan “Renessans” ilmiy markazi va nashriyot uyi tomonidan “Renessans davri Ilmiy tadqiqotlar yetakchisi” Xalqaro konferensiyasida ishtirok etib, maqolasi “eng yaxshi maqola” deb topildi. “Renessans davri Ilmiy tadqiqotlar yetakchisi” Xalqaro konferensiyasi sovrindorlarini taqdirlash marosimida Raxmatov Murod G’aybullayevichga ko’krak nishoni, guvohnoma, diplom, sertifikat, tashakkurnoma va maqolalar to’plami bilan taqdirlangan. Ilmiy tadqiqotlari yuzasidan 2017-yilda Qozog’iston (Turkiston)da, 2018-yil Ozarbayjon(Qusar), 2019-yilda Qozog’iston (Chimkent)da, 2020-yilda Turkiya (Konya)da bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyalarida o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etgan. Uning 80 ga yaqin ilmiy ishlari nufuzli xalqaro va milliy jurnallarda nashr etilgan.