Olim

MUSLIMOV NARZULLA ALIXANOVICH

Pedagogika fanlari doktori, professor

1961-yil 29-martda Qozog’iston Respublikasi, Chimkent viloyati, Turkiston tumani, Eski Iqon qishlogʻida tugʻilgan. 1978-yil X.Axmad Yassaviy nomidagi umumiy oʻrta maktabni imtiyozli tugatib, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutiga oʻqishga kirgan. 1982-yil mazkur institutni ham imtiyozli tamomlab, umumiy texnika fanlari va mehnat oʻqituvchisi mutaxassisligini egallagan. U 1984-yildan boshlab Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining ilmiy tadqiqot boʻlimida laborant, katta laborant, kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, «Mehnat ta’limi metodikasi» kafedrasi oʻqituvchisi, ma’naviyat-ma’rifat ishlari boʻyicha fakultet dekani oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. N.A.Muslimov 1988-yilda Moskva shahrida Pedagogika Fanlari akademiyasiga qarashli “Mehnat ta’limi va kasbga yoʻnaltirish” ilmiy tadqiqot instituti kunduzgi boʻlim aspiranturaga oʻqishga kirib 1991-yil mazkur ilmiy-tadqiqot institutida nomzodlik dissertаsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega boʻlgan. 1991-yili Toshkent davlat pedagogika institutda «Mehnat ta’limi metodikasi» kafedrasi oʻqituvchisi, 1992-yildan shu institutning «Ishlab chiqarish asoslari» kafedrasi mudiri lavozimida pedagogik faoliyat olib borgan. 1997-2008-yillarda Toshkent davlat pedagogika universitetining Kasb ta’limi fakulteti dekani lavozimida ishlagan.



   N.A.Muslimov fakultet dekani sifatida iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilgan, “Ustoz shogird” dasturi asosida ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, nomdor Davlat (Navoiy, Ulugʻbek) stipendiyalari tanlovida, fan olimpiadalariga tayyorlash hamda turli tanlovlarda ishtirok etishlarini tashkil qilish boʻyicha salmoqli ishlarni amalga oshirgan. Fakultet talabalari Respublika va universitet miqyosida oʻtkazilgan har xil tanlovlarda koʻplab yutuqlarni qoʻlga kiritgan. Uning rahbarligida fakultetda faoliyat olib borayotgan kafedra professor-oʻqituvchilarni Davlat ilmiy-texnik dasturi loyihalari doirasida fan va texnologiyalarni muvofiqlashtirish qoʻmitasi tomonidan e’lon qilinadigan tanlovlardagi ishtiroki sezilarli darajada oʻsgan va salmoqli ilmiy-nazariy, ilmiy-metodik natijalarni qoʻlga kiritilgan.



   Uning rahbarligida 2007-yilda fundamental hamda innovаtsion tadqiqot loyihalari boʻyicha e’lon qilingan tanlovlarda fakultet professor-oʻqituvchilari 2 ta fundamental, 1 ta amaliy hamda 3 ta innovаtsion, jumladan: “Kasb ta’limi oʻqituvchilarini tayyorlashning samarali  zamonaviy oʻquv-metodik majmuasini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish”, “Kasb ta’limi mazmunini modernizatsiyalash asosida oʻqituvchilar kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi”, “Oliy ta’lim muassasalari pedagoglarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi uchun modulli web texnologiya asosida elektron axborot ta’lim resurslarini yaratish va amaliyotga joriy etish” mavzularida loyihalar bajarilgan. Shu orqali fakultetning moddiy texnik bazasi mustahkamlandi hamda professor-oʻqituvchilarning moddiy imkoniyatlari yaxshilangan. N.A.Muslimov 2008-2010-yillarda Universitet “Magistratura” boʻlimi boshligʻi sifatida samarali faoliyat koʻrsatgan. 2010-2012-yillarda Toshkent davlat pedagogika universitetida ilmiy ishlar boʻyicha prorektor vazifasini bajargan. 2013-yildan hozirgacha Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridaga oliy talim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tarmoq markazi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

 2007-yil fevral oyida doktorlik dissertаsiyasini himoya qilgan va 2009-yilda professor ilmiy unvonini olishga erishdi. Uning matbuotda 300 dan ortiq ilmiy maqolalari va oʻquv adabiyotlari e’lon qilingan. Shulardan 5 ta monografiya, 6 ta darslik, 22 ta oʻquv qoʻllanma, 26 ta oʻquv metodik qoʻllanma, 10 ta elektron darslik hamda elektron talim resurslari uchun patent idorasidan olingan guvohnoma, nufuzli xorijiy jurnallarda 34 ta, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK roʻyxatidan oʻtgan jurnallarda 65 dan ortiq ilmiy maqolalari e’lon qilingan. 2015-yilda umumiy oʻrta ta’lim maktablari 5 sinflari uchun nashr etilgan “Mehnat ta’limi” darsligi (7 tilda), Pedagogika oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun “Mehnat ta’limi metodikasi” darsliklari shu yili oʻtkazilgan tanlovda gʻolib deb topilgan. Koʻpgina xalqaro (AQSH, Ispaniya, Belgiya, Fransiya, Germaniya, Rossiya Federаsiyasi va Qozogʻiston) va respublika miqyosda oʻtkazilgan ilmiy anjumanlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etgan. N.A.Muslimov 1998-2007-yillarda Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzuridagi 13.00.08 – “Kasb hunar talimi nazariyasi va amaliyoti” ixtisosligi boʻyicha nomzodlik dissertаsiyalarini himoya qilish boʻyicha ixtisoslashgan ilmiy kengash a’zosi sifatida, N.A.Muslimov 2008-2009-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga huzuridagi Oliy Attestаsiya Komissiyasi pedagogika-psixologiya fanlari boʻyicha ekspert kengashi a’zosi sifatida faoliyat olib borgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga huzuridagi OAK ning 2010-yil 6-maydagi 152-I sonli buyrugʻi bilan 13.00.02. – “Aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi va 13.00.08 - Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi ixtisosligi boʻyicha pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertаsiyalar himoyasiga moʻljallangan K.067.18.01 raqamli Birlashgan Ixtisoslashgan kengashga 2010-2012-yillarda raislik qilgan.



    2021-2022-yillarda N.Muslimov Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01 raqamli Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar raisi sifatida, Kasb-hunar ta’limi tizimini innovаtsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc27.06.2017.Ped/P.48.01-raqamli Ilmiy kengashning a’zosi faoliyat olib bormoqda. 2022-yilning sentyabr oyidan boshlab N.Muslimov Innovаsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Pedagogika va psixologiya yoʻnalishi bo’yicha Ilmiy texnik kengashning ekspert a’zosi hisoblanadi. N.А.Muslimov pedаgogikа, didаktikа, mehnаt tа’limi vа kаsb tа’limi nаzаriyasi vа metodikаsi yoʻnаlishlаridа ilmgа chаnqoq, qiziquvchi, iqtidorli yoshlаrni ilmiy ijodiy ishlаrgа yoʻnаltirish borаsidа kаttа ishlаrni olib bormoqdа, bаkаlаvrlаr, mаgistrlаr, tayanch doktorantlar vа mutaxassislik boʻyicha doktorаntlаrning ilmiy ishlаrigа rаhbаrlik qilib kelmoqdа. Uning ilmiy rahbarligida 20 nafar tadqiqotchilar nomzodlik (PhD) va 4 nafar tadqiqotchi doktorlik (DSc) dissertаsiyalarini himoya qilgan. 1998-yilda «Ustoz fondi» orqali AQSHning Nyu-York davlat universitetida va unga qarashli Nyu-Palts kollejida, 2002-yilda «Ustoz» fondida tashkil etilgan «Kanada ta’lim tizimi» boʻyicha bir oylik kursda va 2003-yil Sankt-Peterburgda Pushkin nomidagi Leningrad davlat universiteti va Gertsen nomidagi davlat universitetida 2006-yilda TEMPUS dasturi doirasida Fransiyaning Grenobl, Ispaniyaning Malaga va Belgiyaning Libre universitetlarida 2006 va 2009-yillarda Germaniyaning Frayburg pedagogika institutida, Berlin malaka oshirish instituti, Drezden politexnika institutida, 2017-yil Xitoy Xalq Respublikasi Shan-Si universitetida oʻz malakasini oshirgan.



   N.A.Muslimov 2013-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasini Boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash fakulteti Davlat boshqaruv yoʻnalishini muvaffaqiyatli tamomlagan. N.Muslimov yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash va yosh avlodni tarbiyalash, oliy pedagogik talimni rivojlantirish, ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash hamda ta’lim tizimi uchun yaratgan koʻplab darslik va oʻquv qoʻllanmalari yaratish sohasida olib borgan koʻp yillik samarali xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga binoan, 2006-yilda “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 15-yil” hamda 2011, 2022-yillarda “Xalq ta’limi a’lochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan. N.A.Muslimov oilali, uch nafar farzandning otasi, 7 nafar nabiralarning bobosi.