Olim

NEGMATOVA SURAYYO TESHAYEVNA

Qishloq xoʼjaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim

   Negmatova Surayyo Teshayevna 1973 yil 29 martda Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz tumanidagi Muminobod qishlogʼida tugʼilgan. 1980-1990 yillar davomida oʼrta maktabda oʼqidi. 1990-1996 yillarda Qarshi Davlat Universitetining “Biologiya” taʼlim yoʼnalishida tahsil oldi. Ish faoliyatimni 1997-yilda Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani 75- maktabda biologiya fani oʼqituvchiligidan boshladim. 2000-2001 yillar davomida Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, Ulugʼbek nomli biolaboratoriyada agronom boʼlib ishladim. 2002-2009 yillar davomida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida “Umumiy dehqonchilik” mutaxassisligi boʼyicha aspiranturada tahsil oldim. 2011-yilda Oʼzbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti “Аlmashlab ekish va gʼoʼza viltiga qarshi kurash” boʼlimiga ilmiy xodimi sifatida ishga qabul qilindi. 2012-Paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi qishloq xoʼjaligi fanlari doktori (nomzodi) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar himoyasi boʼyicha D.020.44.01 raqamli ixtisoslashgan kengashida “Turli muddatlarda va meʼyorlarda angʼizga ekilgan moshning oʼsishi, rivojlanishi, hosildorligi” mavzusida 06.01.09 - “Oʼsimlikshunoslik“ ixtisosligi boʼyicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildim va 2017 - yilda katta ilmiy xodim unvonini sohibasi. 2018-yilda “Taqirsimon va tipik boʼz tuproqlar sharoitida gʼoʼza hosildorligini oshirishda uning qator oralariga ishlov berish texnologiyasini takomillashtirish” (Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari misolida) mavzusida 06.01.01-Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik ixtisosligi boʼyicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.



   Ilmiy faoliyati  davomida :




  • 2012-2014-yillarda QXА-7-007. “Sugʼoriladigan maydonlarda tuproq unumdorligini saqlash, oshirish hamda gʼoʼza va gʼoʼza majmuidagi ekinlardan yuqori hosil yetishtirishda yangi almashlab ekish tizimlarini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy loyihada ijrochi;

  • 2012-2016 yillarda Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutida -F-5-006 “Аntropogen ifloslanishga uchragan sugʼoriladigan tuproqlarning oʼz-oʼzini tozalash va oʼz-oʼzini saqlash xususiyatini oshirishning nazariy asoslari” mavzusidagi fundamental loyihada ham ijrochi;

  • 2015-2017 yillarda QXА-7-045 “Qashqadaryo viloyatining taqirsimon tuproqlari sharoitida yer, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda paxtadan yuqori hosil va sifatli tola olish maqsadida gʼoʼza qator oralariga chuqur ishlov berishning maqbul agrotexnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihada rahbar;

  • 2017-2018-yillarda I-QX-5-44 “Qashqadaryo viloyati taqirsimon tuproqlari sharoitida takroriy ekin moshning va oraliq ekin tritikalening birlamchi urugʼchiligini tashkil etish hamda intensiv agrotexnologiyalarni fermer xoʼjaliklariga joriy etish” mavzusidagi innovatsion loyihada rahbar;

  • 2018-2020-yillarga moʼljallangan QX-А-QX-343 “Qashqadaryo viloyatining choʼl mintaqasi sharoitida moshning Durdona, Navroʼz va Qaxrabo navlarini takroriy ekin sifatida ekish muddatlari va meʼyorlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihalariga rahbarlik qilganman. Tadqiqotlardan olingan ilmiy natijalar asosida boʼlib oʼtayotgan ilmiy seminar va konferentsiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda.



   Olib borgan ilmiy izlanishlari natijasida 100 dan ortiq ilmiy maqolalar, 12 ta ishlab chiqarishga tavsiyalar va 5 ta monografiya (2 tasi chet elda) chop etildi. 5 ta scopus bazasida hamda 20 dan ortiq ilmiy maqolalarim xorijning nufuzli jurnal va konferensiya toʼplamlarida nashr etilgan. 2019 yil Xitoy Xalq Respublikasi Xarbin shahrida boʼlib oʼtgan “Rus tilida soʼzlashuvchi mamlakatlar uchun moʼljallangan keng koʼlamli va zamonaviy qishloq xoʼjaligini rivojlantirish va boshqarish” mavzusidagi seminarda qatnashgan. АGRO HIDRO NEWS–ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-ommabop jurnalida va “Paxtachilik va donchilik” ilmiy-ommabop jurnalida tahrir hayʼati aʼzosi, Paxta selektsiyasi, urugʼchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining Аgrotexnologiya masalalari boʼyicha Uslubiy kengash aʼzosi, Paxta selektsiyasi, urugʼchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining Ilmiy kengashi aʼzosi, DSc.05/30.12.2019.Qx/B.42.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar kengashi aʼzosi. Hozirda Paxta selektsiyasi, urugʼchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida “Аlmashlab ekish va gʼoʼza viltiga qarshi kurash choralari” laboratoriyasi mudiri vazifasida faoliyat yuritmoqda,  rahbarligida 4 ta mustaqil tadqiqotchi, 1 ta tayanch doktorant, 1 ta magistr turli mavzularda ilmiy ish olib boryapti.