1967-yil 8-yanvarda Samarqand viloyati Paxtachi tumanida tug‘ilgan. 1984-yil o‘rta maktabni muvaffaqiyatli, 1989-yili Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalashtirish injenerlari institutini “Energetika va avtomatika” fakultetini imtiyozli diplom bilan bitirgan. 1989-yildan 1989-yildan Navoiy davlat Konchilik instituti “Energetika” kafedrasi assistenti lavozimidan boshlagan. 1999-2005-yillarda Muborak sanoat kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi, bo‘lim mudiri, 2005-2009-yillarda Toshkent moliya instituti “Informatika” kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2009-2012-yillarda Paxtachi xizmat ko‘rsatish va servis kasb-hunar kolleji direktori, 2012-2017-yillarda Navoiy davlat konchilik instituti Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi dosenti, 2017-2019-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Termiz filiali “Boshlang‘ich ta’lim va aniq fanlar” kafedrasi mudiri, 2019-yil 4-sentabrdan boshlab, bugungi kunda Chirchiq davlat pedagogika universitteti Pedagogika fakulteti “Umumiy pedagogika” kafedrasi mudiri lavozimida ilmiy-pedagogik faoliyat olib bormoqda.
Ernazarova Gulnora 2009-yil 9-aprelda Kasb - hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Kasb – hunar kollejlarida umumkasbiy fanlarni o‘qitishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning uslubiy asoslari (“Elektrotexnika” fani misolida)”mavzusida nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan, pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasi diplomi berilgan. Professor G.Ernazarova 2000-yilda Kanadaning Novo Skotiya shtatida, 2001-yilda Janubiy Koreyaning Seul shahrida, 2004-yilda Germaniyaning Gross Gerau shahrida 2006-yilda Hindistonning Dehli shahrida ilg‘or pedagogik texnologiyalar bo‘yicha malaka oshirib kelgan. G.Ernazarova pedagogika sohasining muhim yo‘nalishlaridan bo‘lgan pedagogik akmeologiya, pedagogik kreativlik masalalari bilan ko‘p yillardan buyon faol shug‘ullanib kelayotgan, mamlakatimiz va bir qator chet el olimlari bilan ilmiy hamkorlik olib borayotgan yetuk mutaxasis-olim sifatida tanilgan. Uning imiy ishlari mamlakatimiz va chet ellarda–AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya, Hindiston, Belgiya, Rossiya, Ukraina kabi davlatlar nufuzli ilmiy nashrlarida chop etilgan.
Professor G.Ernazarova ko‘p yillik ilmiy-pedagogik faoliyati natijasida 180 dan ziyod ilmiy va uslubiy ishlar, shu jumladan 4 ta monografiya, 6 ta o‘quv qo‘llanma yozgan, 20 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlagan. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tavsiyasi bilan 2019-yilda “Pedagogik mahorat”, 2020-yilda “Pedagogik konfliktologiya”, 2021-yilda “Kasbiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanmalari nashr etildi. 2020-yili “Akmeologik yondashuv asosida kasbiy tayyorgarlik”, 2022-yili “Yoshlarni ma’naviy tarbiyalashda musiqiy pedagogikaning ahamiyati” nomli monografiyasi chop etildi va ilm ahli e’tiboriga havola etildi. Professor G.O.Ernazarova xalqaro European Journal of Agricultural and Rugal Edication nomli va Journal NX-A Multidisciplinary Peer nomli ilmiy jurnallarda tahrir hay’ati a’zosi sifatida faoliyat olib bormoqda. Professor G.O.Ernazarova kafedradagi keyingi 5 yillik faoliyati davomida oltita o‘quv qo‘llanma, ikkita monografiya, 2 ta patentlik ixtirosi, 5 ta o‘quv-metodik qo‘llanma tayorladi, shuningdek, u bir necha ilmiy monografiya va ilmiy to‘plamlarga mas’ul muharrirlik qilgan, 40 dan ortiq ilmiy maqola va materiallari Scopus va boshqa nufuzli xalqaro bazalardagi ilmiy jurnallar hamda xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar to‘plamlarida chop etildi. Professor G.O.Ernazarova 35 yildan ziyod ilmiy-pedagogik faoliyati davomida ko‘plab bakalavr, magistr va ilmiy darajali kadrlar tayyorlashga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.